Baxt degan inson... uzbekcha sher

Baxt degan inson...
Baxt degan inson...

O‘zim bo‘ldim, o‘zimga sirdosh,
Yelkam uzra sog‘inch, qadrdon.
Yurak kutti quchgancha bardosh,
Siz o‘shasiz, men kutgan inson !

Yillar sochdi ayamay g‘amlar,
Armonlarim to‘plasam, ummon.
Bugun qalbda so‘tildi choklar,
Siz o‘shasiz, qalbdagi inson !

Xayxot, rahim qildimi taqdir,
Yo, sabrimga bo‘ldimi xayron.
Umid xaqdir, muhabbat xaqdir,
Siz o‘shasiz, umidim inson !

Sizni izlab ne yo‘llar kechdim,
G‘iybatlarga bo‘lsamda, qurbon.
Yolg‘izlikka qasamlar ichdim,
Siz o‘shasiz, yolg‘izim, inson !

Mayli dunyo mendan yuz bursin,
Tegram uzra aylansin giryon,
Faqat baxtim yuz burmay tursin,
Siz o‘shasiz, "Baxt", degan inson !!!

Fikr qo'shish