Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi sevgi haqida sher

Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi

Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi
Ollohdan qatra nur so‘rolsam edi,
Seni nigohimga o‘rolsam edi.
Ko‘zingdan ko‘z uzmay turolsam edi,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Uzoqdan gul yuzing ko‘rsam yetardi,
Dildagi armonlar, g‘amlar bitardi,
Bilmadim xudodan nima ketardi,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Mayli, kunduzlarni ko‘rmasin ko‘zim,
Mayli, yulduzlarni ko‘rmasin ko‘zim.
O‘zing izlaganim, o‘zing yolg‘izim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Menga bahorlarning rangi kerakmas,
Sensiz, kechalarning tongi kerakmas.
Qalbimda bir tilak boshqa tilakmas,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Diling aytmaganni bilib olardim,
Tiling aytmaganni bilib olardim,
O‘zingga termulib mangu qolardim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Bosh urib boraymu ostonasiga,
Bag‘ritosh taqdirning peshonasiga.
Jonimni berardim shukronasiga,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.

Taqdir jahonimni, borimni olsin,
Boshimga ming turfa savdolar solsin.
Faqat seni ko‘rmoq, imkoni qolsin,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi...

Fikr qo'shish