Muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydigan 7 mahsulot

Muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydigan 7 mahsulot
Muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydigan 7 mahsulot

Mahsulotlar buzilmasligi uchun ularni muzlatgichga qo'yish kerak degan fikrga odatlanib qolganmiz. Biroq, bu fikr har doim ham to’g’ri deya olmaymiz. Bizning kundalik iste’molimizdagi ba'zi mahsulotlarni muzlatgichda saqlash tavsiya etilmaydi. Ularning qaysilar ekanligiga qiziqayotgan bo'lsangiz, maqolamizga diqqatingizni qarating!
Non
Sovutgichda non tezroq eskiradi. Bundan tashqari, u yuqori namlik va yomon havo aylanishidan zararlanishi mumkin. Nonni muzlatgichda saqlashdagi yana bir yoqimsiz narsa, u nohush hid bilan to'yinib qoladi. Hushbo’y isli nonning o’rniga yoqimsiz xidli, sovuq nonni iste’mol qilish biroz g’alati.
Banan
Banan, boshqa tropik mevalar singari issiqlikni yaxshi ko'radi, sovuqda chiriy boshlaydi va o'z ta'mini yo'qotadi. Bundan tashqari,mazali banan pishgan banan hisoblanadi. Sovutgichda esa u pishmaydi. Ularni xona haroratida osilgan holda saqlash yaxshidir.
Piyoz
Birinchidan, piyozni qorong'i joyda saqlash kerak,chunki yorug'lik ta'sirida uning ta'mi o'zgaradi. Ikkinchidan, uni kartoshka yonida saqlab bo’lmaydi- u tezda ko’klab ketadi. Shunday qilib piyozni muzlatgichda saqlamasligingiz kerak. Bundan tashqari, muzlatgichda saqlangan piyoz xarorat tufayli, u bahor keldi deb o’ylab "unib chiqa boshlaydi".
Pomidor
Pomidor sovuqda bo'lganida, u tom ma'noda ta'mini yo'qotishni boshlaydi. Sovuq muhitda pomidor tarkibidagi birikmalar ham yo'q bo’lib ketadi. Pomidor tarkibidagi rezavor meva ta'mi uchun javob beradigan moddalar birinchi bo'lib "o'ladi". Agar siz pomidorni buzmasdan saqlashni istasangiz, ularni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyga qo'yib, xona haroratida saqlang.
Sarimsoq piyoz
Agar siz sarimsoqni xona haroratida va past namlikda saqlashga qaror qilsangiz, u kamida 2-3 oy davomida saqlanadi. Agar siz uni muzlatgichda saqlamoqchi bo’lsangiz u 1 oy ichida yomonlashadi.
Avokado
Avokadolarni xona haroratida saqlash kerak. Yaxshi pishgan avokadolarni hatto nonga surtib yeyish ham mumkin. Agar meva "muzlatgichda"saqlansa, uni sovuq uradi.
Qahva
Qahva qadog’ida bezijga yozilmagan: quruq va salqin joyda saqlang. Aynan sovuq emas, salqin joyda. Qahva qopqog'i to'liq havo o'tkazmasligi kerak, chunki u hidlarni mukammal darajada o'zlashtiradi. Agar siz qahvani muzlatgichda ochiq xolda qoldirsangiz, shu yerda saqlagan narsalarning ta'mi bilan ichimlik ichgandek bo'lasiz.

Fikr qo'shish