Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti

Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti
Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti


Pxenyan shahri - Shimoliy Koreyaning poytaxti bo‘lib, ushbu hudud aholisining hayoti turli taqiqlar bilan qurshalgan. Hukumat davlatni hamda aholi vakillarini tashqi ta’sirlardan himoya qilishga urinib keladi. Aynan shu sababli ham ular tomonidan joriy qilingan qoidalar o‘ta kulguli va g‘alati tuyuladi.

Ko‘k rangli jinsi
Shimoliy Koreya odamlariga ko‘k rangli jinsi kiyish mumkin emas. Agar aynan shu turdagi matodan libos kiygingiz kelsa, faqatgina qora ranglisini tanlash kerak bo‘ladi. Shimoliy Koreya hukumatining fikriga ko‘ra, ko‘k rangli jinsi xalqaro imperializm timsoli emish.

Ammo, ushbu qoida sayyohlarga tegishli emas. Ular shahar bo‘ylab ko‘k rangli jinsida bemalol sayr qilishlari mumkin. Faqatgina, Kim Ir Sen hamda Kim Chen Ir yodgorliklariga kirish avvalida ushbu libosni o‘zgartirib olish talab etiladi.
Yo‘qolsin, internet!
Shimoliy Koreya odamlari internetdan foydalanish huquqiga ega emas. Ularning "Kvanmen" deya ataluvchi ichki tarmoqlari mavjud bo‘lib, mazkur tarmoqqa minglab saytlar joylashtirilgan. Xalqaro o‘rgimchak to‘riga esa faqatgina yuqori lavozimli amaldorlar ulana olishadi. Ha, aytganday, Shimoliy Koreyada Wi-Fi degan tushunchaning o‘zi yo'q.

Mahalliy valyuta faqat shu yerliklar uchun!
Agar Shimoliy Koreyaga sayohat qilish niyatingiz bo‘lsa, bu yerda sayyohlarga "Shimoliy Koreya voni" deya ataluvchi milliy valyutani ishlatish uchun ruxsat bermasliklari haqida bilib qo‘ying. Sayyohlar mamlakat hududida dollar yoki yevro evazigaharid qilsalar bo‘ladi.

Xorijlik turistlar uchun mamlakatda alohida do‘konlar ochibqo‘yilgan. O‘lkaga kelgan sayyohlar koreyslarning o‘zlari harid qiladigan do‘konlariga kiritilmaydi. 
Xorijga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘q!
Koreyaliklarning mobil telefonlari faqatgina davlat ichidagi aloqalar uchun ishlaydi. Bu yerdagi hech bir odamdan xorijga telefon qilish imkoniyatini beradigan sim-karta topa olmaysiz. Eng qizig‘i, mahalliy odamlar Shimoliy Koreyada bo‘lib turgan xorijlik sayyohga ham qo‘ng‘iroq qila olishmaydi.
"Koka-kola" haqida unuting!
Avvallari"Koka-kola" ichimligini o‘z hududiga olib kirishni taqiqlagan mamlakatlar ikkita - Shimoliy Koreya hamda Kuba bo‘lgan. Ayni vaqtda Kubada mazkur ichimlikni topish imkoni bor, ammo Shimoliy Koreya hududida "Koka-kola" mutlaqo sotilmaydi. 
Sayohat qilish taqiqlangan!
Shimoliy Koreyaliklar uchun mamlakat chegarasidan tashqariga chiqish - yetib bo‘lmas orzu! Bu yerda gap ularning iqtisodiy imkoniyatlarida emas. Shunchaki, mamlakat hukumati fuqarolarga o‘lkadan tashqariga chiqishni taqiqlab qo‘ygan. Hattoki mamlakat ichida harakatlanish uchun ham ularga rahbariyat tomonidan ruxsat berilishi talab etiladi. 

ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA

 ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA Kompliment-maqtov va yahshi gap ayollarga xam, erkaklarga xam birday yoqimli.  Ular buni bajonidil qabul qiladir yoki bunga befarqdek  ko'rinsalar xam qalban o'zlarini mamnun va axamiyatli xis etadilar. Agar umr yo'ldoshingizning  o'ziga ishonchi yanada oshishini va munosabatlaringiz yanada yahshi bo'lishini...

Alisher Navoiy haqida ma'lumot

Alisher Navoiy-buyuk O'zbek shoiri, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi. Uning o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bo'lgan iste'dodi va ta'siri shubhasizdir. Alisher Navoiy 1441 yilda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xerat shahrida tug'ilgan. U yoshligidan adabiyot, san'at va ta'limga qiziqish ko'rsatgan. 14 yoshida Arab va fors...

Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli ma'lumotlar

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning sezgi va genetik xotirasi ko'plab olimlarni qiziqtiradi. Bugungi maqolamiz orqali chaqaloqlar haqida qiziqarli bo'lgan ma'lumotlarni sizlarga taqdim etamiz......

Ortiqcha vaznga ega insonlar haqida qiziqarli faktlar

Hamma ortiqcha vaznning sog'liq uchun va to'liq faol hayot uchun zararli ekanligini yaxshi biladi. Ammo ortiqcha vazn va semirib ketish haqida yana nimalarni bilamiz? Sizga sayyoramizdagi millionlab odamlarni tashvishga solayotgan mavzu bo'yicha bir qator qiziqarli faktlarni taklif etamiz!...

Yer yuzidagi 15 ta eng xavfli yo'llar

Deyarli har bir haydovchi mashina haydash tajribasida xavfli yo'l sharoitlarini boshdan kechirgan. Xavflar turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin, masalan, noqulay ob-havo sharoiti, mast haydovchilar va umuman olganda, sizning sayohatingizni istalgan vaqtda yomon sarguzashtga aylantirishi mumkin bo'lgan inson omili orqali. Boshqa tomondan,...

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyoda juda ko'p millatlar mavjud va ularning barchasi turli tillarda gapirishadi. Bundan tashqari, bitta mamlakat ichida o'nlab va hatto yuzlab turli millatliodamlar bor, shuning uchun mahalliy aholi qo'shnilari bilan aloqa qilish uchun birdaniga bir nechta tillarni bilishi kerak. Tillar ham bir joyda to'xtamaydi, juda tez rivojlanadi. Ushbu...

JUMA KUNINING SIRLARI

JUMA KUNINING SIRLARI Xadisi shariflarda juma namozi uchun ertaroq kelishning o'zi aloxida ta'riflangan. Bu namozga qaysi payt kelgan odamga qanchalik savob yozilishi xaqida batafsil aytilgan.  Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: ...

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi. Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q! Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Karantin paytida tayyorlangan 22 nafar eng noyob himoyalanish niqoblari

COVID-2019 pandemiyasi xukm surayotgan bugungi kunda har birimizda koronavirusdan himoyalanish uchun hech bo‘lmasa bitta tibbiy niqob bor. Ha, bu davr talabi. Biroq, andozaviy tibbiy niqob ta’bini juda tor doira bilan chegaralab qo‘yishini tan olmay, hatto shu og‘ir kunlarda ham o‘ziga xosligini yo‘qotishni istamagan kishilar o‘z qo‘llari bilan...

Atirgullar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot

Atirgul - bu sayyoradagi eng chiroyli gullardan biridir. Sovg'a qilingan atirgul guldastasiga qarab, tabassum qilmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Gullar malikasi haqidagi faktlarimiz orqali u haqda yanada to'liqroq ma'lumotga ega bo'lamiz!......

Fikr qo'shish