Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot
Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot


Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan.

1. Olma
“Bir kunda 1ta olma- shunda sizga doktor kerak bo’lmaydi” degan oltin naqlni hammamiz bilamiz va haqiqatdan ham shunday. Olmada vitamin va minerallar ko’p bo’lib, u yana kuchli antioksidantlar- flavonoid va polifenolga juda boy. Uni har kuni ertalab turganingizda tanovul qilishga harakat qiling.
2. Banan
Bananlar- kaliyga boy eng yaxshi mahsulot bo’lib, qon bosimini me’yorlashtirishga va yurak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Bananlar po’st bilan qoplangani uchun uni bemalol sumkaga solib yurishingiz mumkin. Bunday yengil ovqatlar, shubhasiz, tushlik vaqtigacha sizning kuch-quvvatingizni oshiradi.
3. Qizil bulg’or qalampiri
Shirin bulg’or qalampiri teri go’zalligi uchun kerakli bo’lgan antioksidant vitaminlar A va Cga juda boy. Jumladan, qizil bulg’or qalampiri tarkibida likopen bo’lib, u saratonning oldini olishga hizmat qiladi. Agar siz to’q yurishni istasangiz, qizil bulg’or qalampiri  yordam beradi.
4. Tabiiy qora shokolad
Agar siz shirinlikka o’ch bo’lsangiz, tabiiy qora shokolad sizni to’la kuch bilan ta’minlaydi. Tarkibida tozalangan kraxmal va kuch-quvvat uchun kerakli vitaminlarni yemiruvchi desertli gazakdan yaxshiroq. Sutlisini yeyishni tavsiya qilmaymiz, aynan tabiiy qora shokolad kuchli antioksidantlarga boy. Ammo uning tarkibida shakar mavjud, shuning uchun 1 kunda 1-2 unsiya (taxminan 57gramm) iste’mol qilish bilan cheklaning.

5. Qovoq urug’lari
Bu urug’ minerallar, magniy, temir, kalsiy, C vitamini va oqsilning koni. Ishontirib aytish mumkinki, qovoq urug’lari yengil ovqat o’rnini bemalol qondiradi, ishlash qobiliyatini oshiradi.
6. Sabzi
Sabzi tarkibida biriktiruvchi to’qimalar ko’p bo’lib, ko’rish uchun foydali bo’lgan beta-karotin shaklidagi A vitaminiga boy. Bundan tashqari, sabzi- boshqa ko’p mahsulotlar bilan “chiqishib ketadi”, uni kun davomida yengil ovqat sifatida iste’mol qilsa bo’ladi.
7. Limon suvi
Bu juda oddiy ko’rinishi mumkin, ammo limon suvini (sovuq yoki qaynoq) oz-ozdan ho’plab ichish usuli sizni kuch bilan ta’minlaydi.Suyuqlik charchoqni tarqatishi uchun uni tomoqda biroz ushlab iching. Limon vitamin va fermentlarga qo’shimcha zaryad beradi.
8. Suli yormasi
Sulida sog’liq uchun kerakli bo’lgan ug’levodlar juda ko’p. Ertalabki nonushtaga suli bo’tqa yeng, 25 daqiqa o’tgandan keyin esa birorta meva iste’mol qiling.
9. Tarvuz
Tarvuz, ayniqsa yozda yengil ovqat uchun ajoyib tanlov. Uning tarkibida likopen mavjud bo’lib, u saraton kasalligining oldini olishda yordam beradi. Tarvuzni och oshqozonga yeyish katta foyda keltiradi. U huddi boshqa yog’siz mevalar kabi tez hazm bo’ladi va yaxshi so’riladi. Hazm bo’lishi qiyin ovqatlardan keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi.
10. Ananas
Ananas yengil o’zlashtirilib, uning tarkibida hazm qilishga yordam beruvchi va tozalash hususiyatiga ega bromelayn fermenti mavjud. Shunday bo’lsa-da, ananasni och qoringa tanovul qilish zarurligini unutmang va uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmang.
11. Quritilgan anjir
Ajablanarlisi shundaki, quritilgan anjir qonni yaxshi tozalaydi, shilimshiq va zaxarlarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi. Tanlayotganingizda unga shakar va boshqa qo’shimchalar qo’shilmaganiga e’tibor qarating. Anjir tarkibida yetarli darajada shakar bor, shuning uchun bir nechta donasi bilan cheklaning.
12. Qulupnay
Qulupnay- tolalarga boy, C vitaminining koni, biotin (teri, soch, tirnoqlar uchun foydali) va foliy kislotasi, antioksidantlarga to’la mahsulotdir.
13. Bodring
Bodring minerallarga boy eng yaxshi sabzavot. Bu mazali, suvli va ozuqaviy yengil poliz ekini barchaga birdek yoqadi.
14. Tuzlangan karam
Tuzlangan karam- probiotiklarga boy.  Kun davomida kuch quvvat bilan ta’minlashda ishtirok etuvchi B vitamini ushbu probiotiklar tarkibida mavjud.

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Yoshlik va go’zallikni saqlab qolish hamda qarish jarayonini sekinlashtirish uchun ayollar taomnomalarida quyidagi mahsulotlar bo’lishi lozim....

Yoshi jihatidan erkakdan kattaroq bo’lgan mashhur juftliklar

Zamonaviy jamiyat standartlardan voz kechadi. Erkaklar va ayollar endi bo'yi, holati yoki yoshi kabi konventsiyalarga e'tibor berishmay qo’yishdi. Bugungi kunga qadar qanchadan qancha oilalar bunyod etilgan. Ularning ichida yosh jihatidan ayol kattaroq bo’lgan oilalar ham mavjud. Quyida shunday mashhurlar oilasining bir nechtasi haqida gapirib...

"Salt Bae"- Nusret Gokche aslida kim?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga yaxshi tanilib ulgurgan turk oshpazi Nusret Gokche tuz sepish usuli bilan shov-shuvga aylandi. Bugungi maqolamiz orqali u haqidagi ma'lumotlarni siz bilan bo'lishmiqchimiz!......

Dunyodagi eng chiroylik va romantik joylar

Biz ko'plab shaharlar va joylarni romantikaga bog'laymiz. Ushbu to'plamda siz sayyoradagi eng romantik joylar haqida bilib olasiz. Ushbu fotosuratlardagi har qanday joy romantik sayohat uchun idealdir....

Kichik bo’lgan yuvinish xonasi uchun 11 ajoyib g’oya

Hatto eng kichik bo’lgan hammomni ham shinam va qulay yuvinish xonasiga aylantirish mumkin. Sizdan talab etiladigan narsa interyer dizayniga ahamiyat berish joylashuvdan to’g’ri foydalanishdir. Kichik hammomda kerakli buyumlarning barchasini qanday joylashtirishning eng muvaffaqiyatli namunalarini e'tiboringizga havola etamiz!...

Orhideya guli haqidagi 19 ta qiziqarli ma'lumotlar

Orhideya, ehtimol dunyodagi eng keng tarqalgan guldir. Ular juda mashhur bo’lib, ko'plab havaskor gul shaydolari ularni uyda yetishtirishadi. Aksariyat orhideyalar tuvakda ham yaxshi ko’karadi. To'g'ri ular ko'pincha juda ehtiyotkorlik va ehtirom bilan g'amxo'rlik qilishni talab qiladilar, chunki harorat sharoitlariga yoki namlik darajalariga...

Ertalabki yomon odatlar

Yettita omadli raqam bo'lsa-da, quyidagi yetti yomon odat ertalabingizni buzishi, barcha rejalar va mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlarga ta’sir etishi mumkin....

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Ko'ylak lozim fasonlari - zamonaviy milliy liboslar katalogi. Rasmlar 25

Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar va ba’zan ko’tarilib turadigan yoqaga ega. E’tiborli jihati, bunday fasonlar urfda bo’lganligi bilan, milliyligini bugungi kunda ham yo’qotmagan. Ularni bayram tantanalariga kiyib borish ham yoqimli....

Baqlajonning foydali hususiyatlari haqida qiziqarli 5 ma’lumot

Baqlajonning asl vatani Hindiston bo’lib, u mazkur hududning tropik sharoitlarida ilk bor yetishtirilgan. Boshqa o’lkalarga esa keyinroq tarqalib, o’zgacha iqlim sharoitlariga ham osonlik ila ko’nika oldi. Botanika nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, u sabzavot emas rezavordir. O’zining foydalilik jihatlari bilan esa ko’pchilik mahsulotlarni...

Fikr qo'shish