Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar

Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar
Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar


Yotoqxona, oshxona, mehmonxonadagi pardalar uslubini o’zgartirish haqida tez-tez o’ylab qolasizmi? Bu barchamiz uchun interyerning oddiygina bir buyumi, ammo aynan u uyingiz dizaynini o’zgartirib yuborishi mumkin. Pardalar saloniga yo’l olishdan avval maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

Har bir xona uchun alohida parda tanlanishi zarur. Ko’pchilik uslub va ranglar gammasini hisobga olmasdan, barcha xonalar uchunbir xil pardalar sotib oladi. Bu juda katta xato!
Parda interyerning muhim tarkiblaridan biri hisoblanadi. Ularning vazifasi xonani faqatgina quyosh nurlari va yelvizakdan himoyalash emas, u uyda qulay muhit hosil qilishi kerak. Pardalar tanlovida rang va bezaklar katta ahamiyatga ega. Ko’k va moviy rang salqin, och jigarrang, sariq va qizil ranglar esa iliqlik hissini beradi. Pardadagi ko’ngdalang chiziqlar xonani kattaroq, uzunasiga tushgan chiziqlar esa balandroq ko’rsatadi. Guldor pardalar sizni zeriktirib, yoqimsiz hissiyotni uyg’otishi mumkin. Eng yaxshisi- pardalarni mebel qoplamasiga mutanosib tarzda tanlashdir.

Derazalar uchun parda tanlash chog’ida bir necha murakkab bo’lmagan holatlarni bilib olsangiz, parda bino uslubi bilan chiroyli tarzda uyg’unlashadi.
Yorqin bezaklarga ega pardalar yoz faslida uyingizga yanada ko’proq go’zallik va ko’rkamlik baxsh etadi. Unutmang, quyoshli xavoda mato kuyib ketadi, shuning uchun bu mavsumda juda qimmat pardadan foydalanmang. Qish vaqtida iliq koloritdagi pardalarni osish maqsadga muvofiq.
Pardalar xonaning dizayniga mos kelishi lozim. Pardaning kengligi deraza kengligidan 3 barobar kattaroq bo’lishi darkor. Ammo parda kengligini juda oshirib yubormang, bunday holatda karniz pardani tutib tura olmasligi mumkin. Mato tanlashda avvalo uning o’ziga hosligi va qimmatligiga emas, ixchamligiga e’tibor qarating.
Yotoqxona shaxsiy bo’lgani va u yerga begonalar kirmagani tufayli pardani avvalo o’zingiz uchun tanlashingiz lozim. Bu xona uchun och jigarrang, shaftolirang, tillaranglar mos keladi. O’ta yorqin ranglar o’ziga e’tibor tortib, tinch uhlashgan halal beradi.
Yotoqxona derazalariga, ayniqsa ular sharq tomonga qaragan bo’lsa, yorug’lik tushmasligi uchun qalin parda tanlash zarur. Ammo ularni iloji boricha baxmal matodan tanlamang, yo’qsa chang to’planib qoladi. Pardalar xona devorlariga mos tushishi va ximoyalashi kerak.

Albert Eynshteyn haqida qiziqarli ma’lumotlar

Eng taniqli fizik Albert Eynshteyn oddiy odam bo’lmagan. Olimning asosiy ishtiyoqi nimada edi, shaxsiy hayotida qanday voqealar yuz berdi, nega u prezident bo'lmadi, olimning ko'zlari va miyasi hozir qayerda? Shu kabi savollarning javobi quyidagi maqolamizda keltirilgan. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Monako knyazligi - Janubiy Yevropada, O’rta dengiz sohilidagi davlat. Poytaxti – Monako shaxri bo’lib, knyazlikda asosan, monegasklar, italyanlar yashaydi....

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Alisher Navoiy haqida ma'lumot

Alisher Navoiy-buyuk O'zbek shoiri, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi. Uning o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bo'lgan iste'dodi va ta'siri shubhasizdir. Alisher Navoiy 1441 yilda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xerat shahrida tug'ilgan. U yoshligidan adabiyot, san'at va ta'limga qiziqish ko'rsatgan. 14 yoshida Arab va fors...

Tushda tuxum ko'rsa nimani bildiradi

Tushda tuxum shaxsiy uchrashuvga, kimnidur kutilmaganda paydo bo‘lishi. Agar siz ko‘pgina tuxum ko‘rsangiz, yaxshi belgimas. Ishdagi ko‘ngilsizlik, bu esa sizni rosa charchatadi....

Nemis fotografining tinchlantiruvchi qish manzaralari

Qattiq sovuq qish o'z pozitsiyalaridan voz kechmaydi. Biz sizni qishki Evropaning sehrli fotosuratlariga sayohat qilishga taklif qilamiz, chunki qor va sovuqning ham o'ziga xos jozibasi bor. Bu suratlarni rehpix taxallusi ostida Instagram akkauntini yurituvchi yosh nemis fotografi David Dethlefs suratga olgan....

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Poldagi changni tozalab olish havodagi mayda zarralarni tozalashdan ancha osonroq ekani barchaga ma’lum. Faraz qiling, uzoq safarga ketish uchun hozirlik ko’ryapsiz. Qaytganingizdan so’ng toza uyda hordiq chiqarish maqsadida xonadoningizni yog’ tushsa yalagudek qilib tartibga keltirdingiz. Safardan qaytgach, barcha deraza va eshiklarning yopiq...

McDonald’sning ilk restoran tarmog’i

Bugungi kunda McDonald’s haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Ho’sh uning ilk tarmog’i qaysi ekanligi ham barchaga oydinmikan? Quyidagi maqolamizda aynan shu haqida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Dunyoning eng mashhur shaharlardagi ko’chalar

Har bir shaharda minglab sonli ko’chalar mavjud. Ammo, shunga qaramay, faqat bittasi yoki ikkitasi mashhurlikka erishmoqda. Negadir odamlar bu ko'chalarga boshqalarga qaraganda tez-tez tashrif buyurishadi. Shunday ko’chalarda bir qanchasini sizning e’tiboringizga havola etamiz....

Bill Geytsning bolaligi tog’risida qiziqarli 8 fakt

1975 yilda Bill Geyts Microsoftga asos solib, bu butun dunyoga katta ta'sir ko'rsatdi. Geyts sayyoradagi eng boy va eng obro'li odamlardan biri bo'lib, xayriya ishlariga ehson qilish bo'yicha rekord o'rnatmoqda. Biz sizni afsonaviy shaxsning bolaligi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib chiqishga taklif qilamiz....

Fikr qo'shish