Shovqinning eshitish qobiliyatiga ta’siri haqida

Shovqinning eshitish qobiliyatiga ta’siri haqida
Shovqinning eshitish qobiliyatiga ta’siri haqida


Eshitish organi bo’lgan quloq insonning muhim a’zolaridan biri ekanini ta’kidlashning hojati bo’lmasa kerak. Afsuski, hozir ko’cha-kuyda, jamoat joylarida qulog’iga quloqchin (naushnik) taqqan odamlarga, ayniqsa yoshlarga ko’p duch kelyapmiz. Ular go’yo atrofida hech kim yo’qdek gap sotishadi yoki baland ovozli musiqa tinglashadi. Shu o’rinda haqli savol tug’iladi: musiqani baland eshitishning, to’g’rirog’i shovqinning quloqqa salbiy ta’siri yo’qmikan?

Quloq odamning eshitishi va muvozanatini saqlovchi organ hisoblanadi, agar quloq orqali eshitish imkoniyati bo’lmaganida, odamlar bosh aylanishidan aziyat chekkan va notekis harakatlanishdan qiynalgan bo’lardi. Ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzidagi har o’nta odamdan bittasi kar bo’lib, ularning ko’pchiligi maxsus eshitish moslamasidan foydalanadi.
Har qanday odam uchun qulay tovush miqdori 45-50 detsibell atrofida bo’ladi. Buni yoningizdagi odam bilan o'rtacha ovozda suhbatlashganingizda chiqadigan ovoz balandligiga qiyoslasa bo’ladi.
Organizm past tovushlarga u qadar kuchli reaksiya bermaydi. Ammo ayrim hollarda tovushlar tushunib bo’lmas bezovtalik, quloq va umurtqa pog’onasidagi og’riqlarga sabab bo’ladi. Ayniqsa, kun bo’yi shovqin chiqarib ishlovchi mexanizmlar quloq uchun yashirin xavf sanaladi. Kezi kelganda takidlash joizki, ayollar tovushlarni erkaklarga qaraganda yaxshiroq ilg’aydilar. Shu sababli ham ayollar hamsuxbatining ovozidan uning kayfiyatini tezda anglab oladilar.

Uzoq vaqt davom etgan yoki juda baland shovqin inson sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Transport va sanoatning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish hamda turmushda yangi texnikalarning keng qo’llanilishi shovqin manbalarining ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
Bugunga kelib shovqin kasalliklar sonini ko’paytiruvchi omil sifatida e’tirof etilmoqda. Olimlar asab, yurak, qon-tomir kasalliklarining ko’payib borayotganini shovqin ta’siridan, deya baxolashmoqda. Odam qulog’ining eshitish hujayralari va asab tolalariga salbiy ta’sir etadigan kuchli shovqinga qarshi hozircha hech qanday sun’iy himoya vositasi yo’q. Shovqin markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatib, bosh miya po’stlog’i hujayralarini holdan toydiradi. Natijada odam yaxshi uhlay olmaydi, tez charchab qoladi, diqqati susayadi, harakat uyg’unligi gavda muvozanati buziladi, umumiy ish faoliyati pasayadi. Shovqinning inson organizmiga uzoq vaqt ta’sir etishi markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi va gipertoniya kasalligini keltirib chiqaruvchi omillardan biridir.
Yana bir gap: shovqin organizmda stress holatini paydo qiladi. Shu bois shovqin kuchayganda, qonda stress gormonlarining miqdori keskin oshib, yurak urushi tezlashadi va qon quyuqlashib, tomirlarda spazm hosil bo’ladi.
Mutaxassislarning fikricha, atrofimizdagi har bir daraxt 20 detsebellgacha bo’lgan shovqinni yuta olar ekan. Demak, tevarak-atrofni ko’kalamzorlashtirish va daraxtlar sonini ko’paytirish nafaqat shovqindan himoyalanishga, balki kislorodga to’yingan havodan baxramand bo’lishga ham yordam beradi.

Behi mevasining foydali hususiyatlari hamda kosmetologiyadagi o’rni haqida

Mavsumiy mevalardan biri bo’lgan behini barchamiz sevib iste’mol qilamiz. Undan tayyorlanadigan murabboyu, sharbatlar qishda zaiflashgan organizm uchun darmondori bo’lishi ham rost. Ushbu ajoyib mevadan xalq tabobati va kosmetologiyadan ham foydalanish mumkin....

Senga gap olib kelgan odam sendan xam gap olib ketad

☝️Senga gap olib kelgan odam sendan xam gap olib ketadi. ☝️Foydangga guvoxlik bergan odam zararingga xam guvoxlik beradi. ☝️Foydangga jur'at qilgan odam zararingga xam jur'at qila oladi....

Arxiv: Buyuk Britaniya qirollik oilasining yorqin 18 fotosuratlari

Lord Entoni Armstrong-Jons Snoudon taniqli fotograf va qirolicha Yelizaveta II ning singlisi bo’lgan malika Margaret Rouz Vindzorning sobiq turmush o’rtog’i. U 60 yil davomida Vogue jurnali bilan ishlagan, ammo uning eng taniqli asarlari qirollik oilasining fotosuratlari. U 86 yoshida vafot etdi va butun dunyoga Buyuk Britaniyadagi asosiy oilaning...

Antarktida to'g'risida ko’pchilik bilmagan qiziqarli faktlar

1820 yil yanvar oyida Taddey Bellingshauzen va Mixail Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi Antarktidani kashf etdi, uning mavjudligi haqida ilgari ham taxmin qilingan edi. Bugun biz siz uchun eng chekka janubiy qit'a - yer yuzidagi eng baland, eng quruq, shamolli, aholisi kam va eng sovuq joy haqidagi qiziqarli hamda kam ma'lum bo'lgan...

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Bilasizmi? Allox sizga omadni xamrox qilgan! Xozir sizga buni isbodlab beramiz!

Bilasizmi? Allox sizga omadni xamrox qilgan! Xozir sizga buni isbodlab beramiz!...

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

Ko'p jihatdan qushlar o’z go'zalligi uchun patlardan qarzdor. Ularning sharofati bilan odamlar qushlarni turlarga ajrata olishadi, lekin shu bilan birga ularning xususiyatlari haqida juda kam bilishadi. Biz tabiatning yana bir mo'jizasi bo'lgan va ko'pincha odamlar hayotning eng kutilmagan sohalarida ishlatadigan patlar haqida qiziqarli...

Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari

Ushbu betakror shahar haqida juda ko’p bor eshitganingiz aniq. Uning o’ziga hos ko’rinishi butun dunyo sayyohlarini gul shirasi kabi o’zi tomon tortib turadi. Shu sababli ham bugungi maqolamizni aynan mana shu mo’jizaviy shaharga bag’ishlash niyatidamiz....

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Yoshlik va go’zallikni saqlab qolish hamda qarish jarayonini sekinlashtirish uchun ayollar taomnomalarida quyidagi mahsulotlar bo’lishi lozim....

Tushda tuxum ko'rsa nimani bildiradi

Tushda tuxum shaxsiy uchrashuvga, kimnidur kutilmaganda paydo bo‘lishi. Agar siz ko‘pgina tuxum ko‘rsangiz, yaxshi belgimas. Ishdagi ko‘ngilsizlik, bu esa sizni rosa charchatadi....

Fikr qo'shish