Rostgo‘ylik ("Atigi uch dollar deb uni yolg‘onga o‘rgatishni istamadim… ")

Rostgo‘ylik ("Atigi uch dollar deb uni yolg‘onga o‘rgatishni istamadim… ")
Rostgo‘ylik ("Atigi uch dollar deb uni yolg‘onga o‘rgatishni istamadim… ")

Bir erkak bolalarini olib, o‘yingohga kelibdi. Bu yerda golf o‘yini o‘tkazilar, u o‘g‘illarini ilk bor tomosha uchun yetaklab olgandi. Chipta olish uchun kassaga yaqinlashib so‘rabdi:

– Chipta necha pul turadi?

– Olti yoshdan kattalar uchun uch dollar, ungacha esa bepul. Xo‘sh, nechta beray?

– Kichigim uch yoshda, kattam yettida. Demak, 2ta chipta olamiz, mana sizga olti dollar.

Chiptachi kulib debdi:

– Janob, agar katta o‘g‘lingizni olti yosh deganingizda men bunga ishongan va siz pulingizni tejab qolgan bo‘lardingiz. Axir ko‘pchilik shunday qiladi. Oltimi, yettimi, bolalarni farqlash qiyin.

– To‘g‘ri, siz buni payqamasdingiz. Lekin o‘g‘lim bilardi-ku? Atigi uch dollar deb uni yolg‘onga o‘rgatishni istamadim…

Fikr qo'shish