Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar

Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar


Yotoqxona uchun mebel tanlash jarayonida shoshilmang va bu ishga jiddiy yondoshing. Ko’p funksiyali va kam aksessuarli mebel, dekoratiov buyumlar, parda tanlasangiz yotoqxona tayyor. Agar uni did bilan chiroyli ko’rinishga keltirishni istasangiz, ma’lum qoidalarga amal qilish va ortiqcha xatolarga yo’l qo’ymaslik lozim.

Yotoqxona uchun interyer yaratishda har bir inson mebelni nafaqat zamonaviy va chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi, balki ko’p funksiyali, ichonchli va ekologik toza bo’lishini ham istaydi. Moda tez o'zgaradi, har yarim yilda yotoqxona mebelini o’zgartirishning esa imkoni yo’q. Odatda yotoqxona uslubi ko’p muddat uchun yaratiladi, ammo bu vaqt ichida siz yotoqxonangiz uslubini o’zgartirishni istashingiz mumkin. Shuning uchun mebel tanlash jarayonida iloji boricha har qanday uslubga mos tushadigan to’plam tanlashga harakat qiling. Yotoqxona mebelini tanlash jarayonida faqatgina uning tashqi ko’rinishi- hajmi va shakliga emas, ko’p funksiyali ekanligiga ham e’tibor bering. Yotoqxona uchun qulay va ixcham mebel karavot, karavotosti tumbasi, pardoz stoli va shkafdan iborat. Televizor, kompyuter va boshqa elektron texnika vositalari yotoqxonaga joylashtirilmagani ma’qul. Mebel do'koniga yo’l olishdan avval mebel hajmini to’gri tanlash uchun xonaning taxminiy o’lchamlarini olishga harakat qiling. Kichik xona uchun uni to’ldirib qo’yadigan darajada ulkan, katta xona uchun esa o’ta kichik karavot yoki shkaf tanlay ko’rmang.

Yotoqxona romantik ko’rinishga ega bo’lishi uchun karavotga alohida e’tibor qarating. Bu yerda u qanday materialdan tayyorlangani, shakli, hajmi, rangi ham alohida ahamiyatga ega. Agar yotoqxonangizda dumaloq shakldagi karavot joylashtishish imkoni bo’lsa juda yaxshi. Dumaloq karavot juda chiroyli va romantik ko’rinadi. Keng xonalar uchun podium ko’rinishidagi karavotlar mos keladi.
Karavotosti tumbasi karavot bilan uyg’unlashritilgan bo’lishi lozim, ammo ular mebelning alohida narsalari hisoblanadi. U imkoni boricha mebel uslubini to’ldirib turishi, ko’p funksiyali bo’lishi, mayda narsalar va tungichiroqni saqlashga mo’ljallanishi kerak.
Kichik yotoqxona uchun shkaf-kupelar tanlanganima’qul. Ular juda uzun, kam joy egallaydigan va o’z ichiga ko’p narsa sig’dira olishi lozim.
Turli narsalar va choyshablarni saqlash uchun yotoqxonaga komod joylashtirilgani ma’qul. U klassik garderobga qaraganda kam joy egallaydi, shu bilan birga yetarli darajada ko’p narsalarni sig’dira oladi. Uning ustiga oyna joylashtirilsa paardoz stoli vazifasini ham bajarishi mumkin.
Umuman olganda fen-shuy qoidalariga ko’ra yotoqxonada oyna bo’lmasligi lozim. Ammo oynasiz ayollar burchagini tasavvur qilish mumkinmi? Bu holatda qaytarma oynali pardoz stoli tanlashingiz, oynani karavotni aks ettirmaydigan holatda joylashtirishingiz mumkin.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI. Xozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlarni " o'smirlar" deyiladi. "O'smirlik" bu g'arbga oid termin bo'lib yoshlarning beboshligini xaspo'shlash maqsadida o'ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan: 1. Abdurraxmon Nosir. 21 yosh. Uning...

Oddiy tuzning noodatiy qo’llanilish usullari

Oshxonada tuzdan-da ko’proq ishlatiladigan mahsulotni topish mumkinmi? Biz uni ba’zida sezmay ham qolamiz, bormi bor- foydalangach, unutamiz. Pazandachilikdan tashqari uni yana nimalarda ishlatish mumkin? Aniqlanishicha, undan ko’pgina narsalarda foydalanish mumkin ekan!......

O’z tashqi qiyofasidan qoniqmaydigan 10 nafar Gollivud yulduzlari

Bizga deyarli ideal ko’rinuvchi Gollivud yulduzlari o’zlarining kamchiliklaridan uyalishi to’grisida gapirishgan. Bugungi maqolamiz orqali ko’rinishidan qoniqmaydigan Gollivud yulduzlari haqida keltirib o’tamiz....

Dunyodagi eng baland 5 ta ko’prik

Dunyodagi barcha ko'priklar imkoniyatlari va belgilangan joyiga qarab bir nechta toifalarga bo'linadi. Biroq, barcha toifalar orasida eng baland va eng uzun ko’priklar ham bor......

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan havoni mo’tadillashtirib, tanaga huzur bag’ishlovchi konditsionerning juda ko’pchilikka manzur bo’lishiga shak-shubxa yo’q. Lekin undan to’g’ri foydalanishni bilmaydigan kishilar sog’liqlaridan shikoyat qilishlari ham hech gap emas. Konditsionerdan foydalanish borasida quyidagi yo’l-yo’riqlarimiz sizga...

Ertalabki yomon odatlar

Yettita omadli raqam bo'lsa-da, quyidagi yetti yomon odat ertalabingizni buzishi, barcha rejalar va mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlarga ta’sir etishi mumkin....

ROMANTIKA NIMA

ROMANTIKA NIMA  Romantika - bu siz Qur'on o'qiyotganingizda ayolingiz ko'z yoshlarini to'kib tinglashidir; Romantika - bu tunda namoz o'qish uchun ayolingiz sizni oxista uyg'otishidir; Romantika - bu siz imom, ayolingiz muqtadiy bo'lib taxajjud namozini o'qishingizdir; Romantika - bu ayolingiz bilan birga qo'llaringizni duoga ochib, solix farzand...

Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar

Hukmronlik qadim zamonlardan beri erkaklar qo’lida bo’lib kelgan, ammo shunga qaramay kuchli hukmdor ayollar ham yashab o’tishgan. Ularning ayrimlari siyosat bobidagi donoligi ila ajralib turgan bo’lsalar, boshqalari adolatli ekanligi bilan nom qozongan....

Dunyodagi eng murakkab tillar top 8 reytingi narveg, ivrit, arab tili

Horijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o‘rganish osonroq bo‘lgan til bilan qiziqqan ma’qulroq, bizningcha. O‘rganish uchun eng qiyin tillar qaysi ekanligini bilasizmi?...

Matraslar haqida ko’pchilik bilmagan 5 ta hayratlanarli fakt

Har bir uyda matraslar mavjud, biz bu buyumga o'rganib qolganmiz lekin unchalik ham e’tibor qaratmaymiz. Matraslar haqida siz bilmagan bir nechta dalillar mavjud. Ularni siz bilan bo’lishamiz!...

Fikr qo'shish