100 ming so'm pul

100 ming so'm pul
100 ming so'm pul

Bola, cho‘ntak xarajatlari uchun dadasidan olgan pullarini vaqtidan avval yeb qo‘ydi. Yaqinda ta’til boshlanadi. Maza qilmaydi. Yo‘lini topish kerak. Qo‘liga tushgan jurnalda, har bir xizmat uchun haq to‘lanishi lozimligini o‘qib, ko‘zlari charaqlab ketdi. Bu mantiqqa ko‘ra, oilasi uchun qilgan ishlarining har biriga haq olishi kerak! Do‘kondan non keltirishni besh yuz so‘mga, ahlat to‘kishni ming so‘mga, onasi bilan bozorga borib kelishini 3000 so‘mga baholasa, qimmatga tushmaydigandek edi.

Xuddi shunday qildi. Bir varaqqa oy davomida bajargan ishlarini yozib narx qo‘ydi. Umumiy summa 100000 so‘mni tashkil etdi. Xatni sekingina onasining yoniga solib qo‘ydi. Boyish yo‘lini topganidan boshi osmonda!

Ertalab dars stoli ustidan 100000 so‘m pul va bir enlik xatcha topdi:
«Seni o‘lim bilan olishib dunyoga keltirganim, yillar bo‘yi ustingni toza tutganim, ming bir azob bilan o‘stirayotganimning haqi — faqat sevging va yonog‘ingdan olganim birgina o‘pichdir! Ishlab topgan pulingni o‘ynab-kulib ishlat, bolajonim!..»

Fikr qo'shish