Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Havodagi changni tozlash mumkinmi?
Havodagi changni tozlash mumkinmi?


Poldagi changni tozalab olish havodagi mayda zarralarni tozalashdan ancha osonroq ekani barchaga ma’lum. Faraz qiling, uzoq safarga ketish uchun hozirlik ko’ryapsiz. Qaytganingizdan so’ng toza uyda hordiq chiqarish maqsadida xonadoningizni yog’ tushsa yalagudek qilib tartibga keltirdingiz. Safardan qaytgach, barcha deraza va eshiklarning yopiq bo’lganiga qaramay, buyumlar ustida chang qatlami hosil bo’lganini ko’rib hafsalangiz pir bo’ldi. U qayerdan keldi deysizmi? Albatta, havodan.

Quyosh yorug’ligida millionlab mayda chang zarralarini kuzatish mumkin. Ular mikroskopik tekstil tolalari, nobud bo’lgan teri zarralari, ko’chadagi qorakuya, gul changlari, mog’or, halok bo’lgan hasharot  parchalari va boshqa minglab moddalardan tashkil topgan. Changlar muntazam ravishda uyning pastki qismiga cho’kib boradi.
Divan, to’shak va yostiqlarni mikroskop orqali kuzatganingizda, ko’zingizga uyqu kelmay qolardi, balki. Choyshab va yumshoq mebellar chirigan moddalar bilan oziqlanuvchi jo’laklarning sevimli makoni hisoblanadi. Ushbu mikroskopik hasharotlar har bir uyda istiqomat qilib, o’lgan to’qima zarralari bilan oziqlanadi. Ular issiq va qorong’u yerlarni hush ko’rgani sabab mebel jildi va yostiqlar ostida yashashga odatlangan. Jo’laklar yostiqlar va choyshablar ostida yilllar davomida yashab, o’sha yerning o’zida halok bo’ladi. O’lgan hasharot parchalari allergiya keltirib chiqaradi.

Changga allergiyasi bor insonlar aslida ushbu hasharotlardan aziyat chekadilar. Ushbu mayda zararkunandalar bilan kurashish uchun yumshoq mebel tanlash borasida teridan ishlangan jihozlar sotib olishga harakat qiling.
Quruq havodagi yengil chang uzoq vaqt davomida uyning pastki qismiga tushmaydi. Odatda, namlik darajasi yuqori bo’lgan havo quruq havodan tozaroq bo’ladi. Inson uchun mukammal namlik darajasi 40-60 foizni tashkil etgani bilan uylardagi namlik darajasi 20-25 foizdan yuqoriga ko’tarilmaydi.
Akvarium va uy ichiga o’rnatilgan dekorativ fontanlar chiroyli ko’rinish beribgina qolmay, namlik darajasini ko’tarishga yordamberadi.

Nam havoda chang ivib qoladi va tezlik bilan polga tushadi, changni poldan tozalab olish esa qiyinchilik tug’dirmaydi.
Uyda chang yig’uvchi buyumlar qancha ko’p bo’lsa, changni tozalash shu qadar qiyinlashadi. Haykalcha, ramkaga solib qo’yilgan rasm, oynasiz shkaflarga terilgan kitob, yumshoq o’yinchoqlar, ko’p qavatli parda va paxmoq gilamlar changni magnit kabi o’ziga tortib oladi. Agar mayda buyumlarsiz uyingiz befayz bo’lib qolgandek tuyulsa, ularni oynavand shkaflarga joylab qo’ying. Texnika vositalari ishlayotgan vaqtida juda ko’p chang tortib olgani sabab, televizor va kompyuterni ochirish yoddan ko’tarilmasin.
Turg’un havo turli zamburug’, jo’lak va chang ko’payishi uchun juda qulay. Bundan tashqari uni jihozlashda foydalanilgan ba’zi buyumlar yillar davomida zararli toksinlar ishlab chiqarishda davom etadi.

Yopiq binoda ushbu zararli moddalar ta’siri yanada ortadi. Shu bois ertalab va uyqudan oldin honalarni shamollatib yuboring.
Uyni har bir kvadrat metrida yiliga 8 grammdan chang yig’iladi. Changdan butunlay halos bo’lish usuli mavjud bo’lmasada, yuqoridagi usullar yordamida uy tozaligini ta’minlash va salomatligingiz haqida qayg’urishdan charchamang.

Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar

Kino olamida epidemiyalar haqida hikoya qiluvchi filmlar haddan tashqari ko‘p. Ammo, ularning aksariyat qismi fantastika namunalari bo‘lib, real hayot tushunchasidan butunlay yiroqda......

Bolani tez va tinch uxlatish: Ota-onalar uchun 6 samarali yo‘l

Bola kechasi uxlamay, tunlari sergak yursa, bu faqat bolaning sog‘lig‘iga emas, balki butun oila muhitiga ta’sir qiladi. Ko‘p holatlarda ota-onalar chaqaloqdan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni qanday uxlatishni bilmay qiynaladi. Quyida sizga bola uyqu muammolarini hal qilishga yordam beruvchi 6 ishonchli yo‘lni taqdim etamiz....

Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari

Ushbu betakror shahar haqida juda ko’p bor eshitganingiz aniq. Uning o’ziga hos ko’rinishi butun dunyo sayyohlarini gul shirasi kabi o’zi tomon tortib turadi. Shu sababli ham bugungi maqolamizni aynan mana shu mo’jizaviy shaharga bag’ishlash niyatidamiz....

Telegramda spamdan chiqish uchun nima qilish kerak - yo'riqnoma

Ko’p hollarda foydalanuvchi spam uchun telegrammda «bloklab» qo’yiladi, bunday vaziyatda nima qilish kerakligini esa aslo bilmaydi. Agar siz har kuni o’nlab foydalanuvchilarning tinchini buzadigan kishi bo’lmasangiz, telegram administratorlari sizga albatta bu muammoni hal qilishda yordam beradi....

Oqilami yoki makkor?! Ayollar haqida ajoyib statuslar

O’zini go’zal hisoblagan ayol boshqalarni ham shunga ishontira oladi. Ayol kishi erkak kishini tabassumi bilan ilinntirib oladi, yig’isi bilan esa ushlab qoladi....

Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan......

Mo'g'ul haqidagi qiziqarli faktlar

Mo'g'uliston - aksariyat odamlar maktab tarixidagi kitoblardan faqat vahshiy ko'chmanchilar guruhi bilan eslanadigan diyor. Bir vaqtlar hammasi aynan shunday edi, ammo zamonaviy Mo'g'uliston o'tgan asrlardan bu qadar o'zgarmadi. Ufqdan ufqqa cho'zilgan cheksiz dashtlarni yana qayerda ham ko'rish mumkin? Faqat bu yerda va Argentina pampasida ham....

O’rik mevasining foydali hususiyatlari

Tarkibida qand miqdori ko’p bo’lsa-da, o’rik kam kaloriyali meva sanaladi. Ozish istagida bo’lganlarga ham o’rik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko’pchillikka ma’lumki, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’riganlarga o’rik tavsiya etiladi. Ushbu meva tarkibidagi mikroelementlar yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi....

Balkon intereri uchun ajoyib g’oyalar

Ko’p qavatli uylardagi har bir balkon- o’ziga hos ombor vazifasini bajaradi. Bu yerda ko’pchilik keraksiz buyumlarni saqlaydi. Hamma bu narsalar qachonlardir kerak bo’lib qoladi degan fikrda, albatta. Ba’zi uy bekalari balkon qanchalar foydali joyga aylanishi mumkinligini tasavvur ham qilisholmaydi....

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

Ko'p jihatdan qushlar o’z go'zalligi uchun patlardan qarzdor. Ularning sharofati bilan odamlar qushlarni turlarga ajrata olishadi, lekin shu bilan birga ularning xususiyatlari haqida juda kam bilishadi. Biz tabiatning yana bir mo'jizasi bo'lgan va ko'pincha odamlar hayotning eng kutilmagan sohalarida ishlatadigan patlar haqida qiziqarli...

Fikr qo'shish