Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida

Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida
Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida


Zaytun yog’i qadim zamonlardan beri eng foydali mahsulot sifatida tan olingan. Olimlarning aniqlashicha, zaytun daraxtining vatani qadimgi Misr bo’lib, misrliklar uni sexrli daraxt deya e’zozlashgan.
Foydasi
Zaytun yog’i antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy bo’lganligi sabab uni “suyuq oltin” deya atashgan. Shuningdek, u suyak hamda mushak to’qimalarini, ichak devorlarini mustaxkamlashga yordam beradi.

Zaytun yog’i E vitaminiga boy bo’lib, qanday holatda iste’mol qilinishidan qat’i nazar oshqozonda gastrit va yara paydo bo’lishini oldini oladi. Bundan tashqari, yog’ tarkibidagi xlor ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Zaytun yog’i boshqa o’simlik yog’lariga nisbatan inson organizmidan yengil so’rilib, uni doimiy iste’mol qilishlik arterial bosimni me'yorlashtiradi.


Zaytun yog’i kalsiyga boy bo’lib, uni bolalar ovqatiga qo’shib berish ancha foydali. Mahsulot tarkibida lanolin kislotasi mavjudligi bois, jaroxat va kuygan joylarga surtilsa, tez bitadi.
Go’zallik maqsadida
Zaytun yog’i nafaqat tibbiyotda balki kosmetologiyada ham keng qo’llaniladi. Undan turli krem, surtmalar hamda yuz, soch va teri uchun turli balzamlar tayyorlanadi.

Qadimda ayollar zaytun yog’idan yuz tozalovchi va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalanishgan. Yog’ tarkibidagi fenol moddasi teri qarishini sekinlashtirib, uni yumshoq va mayin qiladi.
Zarari
Zaytun yog’ini o’t pufagi yallig’langanda, ya’ni xolesistitda iste’mol qilmagan ma’qul, sababi, yog’ kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

Aksariyat dietologlar zaytun yog’ini bir kunda 2 oshqoshiqdan ko’p iste’mol qilmaslik kerak, deya ta’kidlaydilar. Chunki u yuqori kaloriyali bo’lib, 100 gr. zaytun yog’ida 900 kaloriya mavjud. Zaytun yog’ini hech qanday termik ishlovlarsiz iste’mol qilish kerak, shunda uning foydasi yaqqol seziladi.
Zaytun yog’i qanday tanlanadi?
Zaytun yog’i ikki xil- rafinadlangan va rafinadlanmagan turda bo’ladi. Barcha foydali moddalar ozroq qizdirilgan va rafinadlanmagan yog’da mavjud.

Mahsulotni sotib olayotganda uning ishlab chiqarilgan sanansiga e’tibor bering, chunki yog’ tarkibidagi foydali moddalar 5 oy davomida saqlanadi, xolos.

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Pitsa haqidagi qiziqarli faktlar

Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u, tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Barchaga birdek yoqib ulgurgan pitsa haqidaku aytmasak ham bo’ladi. Maqolamiz orqali pitsa haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchimiz....

Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa

Shaxmatning qadimgi Hindistonda paydo bo’lganini hamma biladi. Ammo kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan yana bir necha narsalar haqida biz bilmagan edik......

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Poldagi changni tozalab olish havodagi mayda zarralarni tozalashdan ancha osonroq ekani barchaga ma’lum. Faraz qiling, uzoq safarga ketish uchun hozirlik ko’ryapsiz. Qaytganingizdan so’ng toza uyda hordiq chiqarish maqsadida xonadoningizni yog’ tushsa yalagudek qilib tartibga keltirdingiz. Safardan qaytgach, barcha deraza va eshiklarning yopiq...

Issiq yoki sovuq: Organizm uchun qay biri ko’proq xavfli?

Ba'zilar issiqqa, ba'zilar sovuqqa toqat qilolmaydilar. Hech o’ylab ko’rganmisiz, ulardan qaysinisi ko’proq xavfli? Issiqlikdan najot yo'qdek tuyuladi, sovuqda hech bo’lmaganda o'rab, isinishingiz mumkin. Ammo aslida hammasi butunlay boshqacha......

Ro'mol o'rash usullari - zamonaviy va mashhur uslublar, foto va video

Ro’mol o’rashning ko’plab usullari mavjud. Ularning har biri muayyan toifadagi ayollar uchun mos keladi. Sochlari yopiq bo’lgan xotin-qizlar sirli, odobli ko’rinadi, o’ziga ortiqcha e’tibor tortmaydi. Quyida eng chiroyli va mashhur uslublar haqida....

Qimmatbaho zumrad toshi va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Zumrad kristallari salbiy energiyadan xalos bo'lishga yordam beradi, egasini ijobiy tomonga yo'naltiradi, biznes va tashabbuslarda muvaffaqiyat keltiradi. Ushbu noyob toshlar odamga muammolarni hal qilish va hayotdagi qiyinchiliklarni yengish uchun zarur bo'lgan kuchni beradi......

Xurmo foydasi

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. U yer yuzidagi eng shifobaxsh mevalardan biri bu arab xurmosidir. Bu meva oziq moddalarga boy. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini yaxshilaydi. Xolesterinni pasaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o'rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy,...

Oddiy tuzning noodatiy qo’llanilish usullari

Oshxonada tuzdan-da ko’proq ishlatiladigan mahsulotni topish mumkinmi? Biz uni ba’zida sezmay ham qolamiz, bormi bor- foydalangach, unutamiz. Pazandachilikdan tashqari uni yana nimalarda ishlatish mumkin? Aniqlanishicha, undan ko’pgina narsalarda foydalanish mumkin ekan!......

Instagram ijtimoiy tarmog’idagi eng mashxur o’zbek aktyor va honandalari

Bugungi maqolamiz orqali Instagram ijtimoiy tarmog’idagi eng ko’p kuzatuvchilarni o’zida jamlay olgan erkak aktyor va honandalar ro’yxatini sizlar bilan bo’lishamiz!......

Fikr qo'shish