Ulug’bekning g’oyib bo’lgan kutubxonasi yohud Sharqning yechimi topilmagan jumbog’i

Ulug’bekning g’oyib bo’lgan kutubxonasi yohud Sharqning yechimi topilmagan jumbog’i
Ulug’bekning g’oyib bo’lgan kutubxonasi yohud Sharqning yechimi topilmagan jumbog’i


Kutubxonalar qadimda antik davr madaniyatining butun ilmini o’zida mujassam etgan manba hisoblangan. Uni donishmandlik xazinasi, fikrlar makoni deya ta’riflashar edi. Qadimda kutubxonalar ko’p bo’lgan, biroq ularning ko’pchiligi dushmanlar tomonidan yo’q qilingan, ba’zailari esa shunchalik mohirlik bilan berkitib qo’yilgan-ki, hali-hanuz topib bo’lmaydi.

O’z davrining buyuk sarkardasi Amir Temur Samarqandning nomini butun dunyoga yoyib, uni arxitektura va madaniyat markaziga aylantirdi. Sarkarda yurishlardan o’ljalar bilan birga Kichik Osiyodan, Turkiya, Hindistondan qimmatbaho kitoblarni olib kelar edi.

Amir Temurning vafotidan keyin uning imperiyasi ikkiga bo’lindi: Hirotni sarkardaning o’g’li Shohruh boshqargan bo’lsa, Movaraunnaxrda Shohruhning o’g’li Ulugbek hukmronlik qildi. Ulug’bekka bobosidan kutubxona ham meros bo’lib qoldi.

Ulug’bek o’rta asr davrining ma’rifatli hukmdorlaridan biri edi. U o’z atrofiga Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi sharqning buyuk olimlarini yig’gan edi. Katta davlatning hukdori bo’lishiga qaramasdan Ulug’bek umrining asosiy vaqtini ilmiy ishlarga bag’ishlar va ko’p vaqtini o’zi qurdirgan observatoriyada o’tkazar edi.


Otasining o’limidan keyin Ulig’bek Timiriylar sulolasining yagona hukmdori bo’ldi. Uning ilm bilan shug’ullanishi ko’pchilikka yoqmas edi. Ulug’bekka qarshi fitna uyushtirildi, dushmanlar hatto uning o’g’lini ham o’z tomonlariga og’dirib oldilar.
Yaqinlashib kelayotgan fitnani sezgan Ulug’bek hukumat tepasiga keladigan jaholat vakillari uning yaratgan ilm maskanini vayron qilishlarini bilar edi. Rasadxona yo’q qilinish arafasida edi, ammo kutubxonani qanday bo’lmasin saqlab qolish kerak edi. Olim o’z fikrini shogirdi Ali Qushchiga bildirdi, u esa buning yo’li borligini aytdi. Ali Qushchi Kesh qishlog’idan bo’lgan, shu qishloq yaqinida tog’da ko’plab g’orlar borligini va o’sha yerda kitoblarni yaxshilab berkitib qo’yish mumkinligi ham qo’shib o’tdi. Ulug’bek shunday qildi ham – bir necha yuz tomdan iborat kitoblar sandiqlarga joylanib, yashirin ravishda olib ketildi.
Buning orasida 1449 yilda Samarqandda fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ulug’bek hiyonatkorona o’ldirildi, uning rasadxonasi vayron qilindi. Ustozining o’limidan keyin Ali Qushchi ham Turkiyaga o’tib ketdi. Aytishlaricha, u o’zi bilan birga kitoblarning ozgina qismini olib ketgan, qolgani esa maxfiy berkitilgan joyda qolib ketdi. Ali Qushchi Movaraunnaxrga boshqa qaytib kelolmadi, kitoblarning berkitilgan joyini esa faqatgina u bilar edi. Shu tariqa kutubxonaning izlari ham yo’qoldi, uning joylashgan joyi hozirda ham Sharqning yechimi topilmagan jimbog’i bo’lib qolmoqda.

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Bollivud insonlarga ko’pincha real hayotda sodir bo’lmaydigan voqealarni taqdim etadi. Go’zal muhabbat tarixlari ushbu kinoindustriyani mashhur qildi. Tomoshabinlar qahramonlarni chin qalblari bilan sevib qoldilar. Barcha zamonlardagi Bollivudning maftunkor juftliklariga bir nazar tashlab ko’raylikchi!...

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalar

Alxamdulillax, barcha mo'min-musulmon yil davomida kutadigan muqaddas ramazon oyi xam kirib keldi. Ro'za tutish qur'oni  karimda keltirilgan musulmonlarning farzlaridan biridir. Bu muqaddas farzni ato etishning ko'pgina qoidalari bo'lib, bugun biz saxar va iftorlik taomnomasiga e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan taraflarga to'htalib o'tamiz....

Mamlakatlar bo'yicha sayyohlarni eng ko'p hushlamaydigon 7 ta joy

Britaniyaning taniqli The Independet gazetasi kichik tadqiqot o'tkazdi va dunyoda turistlarni juda yoqtirmaydigan joylarni aniqladi. Keling, ushbu ro'yxatda qaysi mamlakatlar borligini ko'rib chiqamiz....

Nemis fotografining tinchlantiruvchi qish manzaralari

Qattiq sovuq qish o'z pozitsiyalaridan voz kechmaydi. Biz sizni qishki Evropaning sehrli fotosuratlariga sayohat qilishga taklif qilamiz, chunki qor va sovuqning ham o'ziga xos jozibasi bor. Bu suratlarni rehpix taxallusi ostida Instagram akkauntini yurituvchi yosh nemis fotografi David Dethlefs suratga olgan....

Atirgullar to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot

Atirgul - bu sayyoradagi eng chiroyli gullardan biridir. Sovg'a qilingan atirgul guldastasiga qarab, tabassum qilmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Gullar malikasi haqidagi faktlarimiz orqali u haqda yanada to'liqroq ma'lumotga ega bo'lamiz!......

Top-10: Dunyodagi eng baland daraxtlar

Bugun biz sizga eng baland daraxtlar haqida gapirmoqchmiz!...

Yoshi jihatidan erkakdan kattaroq bo’lgan mashhur juftliklar

Zamonaviy jamiyat standartlardan voz kechadi. Erkaklar va ayollar endi bo'yi, holati yoki yoshi kabi konventsiyalarga e'tibor berishmay qo’yishdi. Bugungi kunga qadar qanchadan qancha oilalar bunyod etilgan. Ularning ichida yosh jihatidan ayol kattaroq bo’lgan oilalar ham mavjud. Quyida shunday mashhurlar oilasining bir nechtasi haqida gapirib...

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Yoshlik va go’zallikni saqlab qolish hamda qarish jarayonini sekinlashtirish uchun ayollar taomnomalarida quyidagi mahsulotlar bo’lishi lozim....

Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan......

Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari

Krishtianu Ronaldu nafaqat taniqli sportchi, balki aksariyat yoshlar uchun muvaffiyat timsoli hamdir. Sportchi qimmatbaho mashinalarni juda ham yaxshi ko‘radi, har safar yangi mashina sotib olganida buni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga namoyish qiladi. Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi bisotida 20 dan ortiq mashina bor. Ular...

Fikr qo'shish