Botir Qodirov - O’zim aylanay

Botir Qodirov - O’zim aylanay
Botir Qodirov - O’zim aylanay

Botir Qodirov - O’zim aylanay Текст песни

Ey hurmalak, ey gulpari,
Dilda hislar senga bari. (x2)
Aqlim olib qo‘yding mani,
O‘zim aylanay. (x2)

Kulgichlaring oldi jonim,
Qalbimga ishq soldi, jonim.
Vasling dilda qoldi, jonim,
O‘zim aylanay.

Vasling dilda qoldi jonim,
O‘zim aylanay.

Ko‘nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko‘rolmay.
Sening shahlo ko‘zingdan-yey
O‘zim aylanay.

Yuzing to‘sib turgan ro‘mol,
Husning yopib etmoqda lol.
Ko‘nglim olib qo‘yding behol,
O‘zim aylanay.

Asta mayin kulishlardan,
Jon desam, lab burishlardan,
Ming nozlanib yurishlardan,
O‘zim aylanay. (x2)

Ko‘nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko‘rolmay.
Sening shahlo ko‘zingdan-yey
O‘zim aylanay.

O‘sha kundan bo‘lib bedor,
Yurak-bag‘rim bo‘lmoqda zor. (x2)
Senday suluv guldan, ey yor,
O‘zim aylanay. (x2)

Ko‘nglim yarim, rizqim yarim,
Yuzing ko‘rolmay.
Sening shahlo ko‘zingdan-yey
O‘zim aylanay. (x2)

Sening shahlo ko‘zingdan-yey
O‘zim aylanay. {x2}

Fikr qo'shish