Tohir Sulton - Hammayoq tinch

Tohir Sulton - Hammayoq tinch
Tohir Sulton - Hammayoq tinch

Tohir Sulton - Hammayoq tinch Текст песни

Burito maromida, kuylarim davomida,
Hammaning yuragida, yuragida, yuragida.
Bir bora kelsang, sen ko‘rasan,
Vatanim tinchligini kelib bilasan.

Ming bora eshitgandan, bir bora ko‘r,
Armonda qolmagin, Vatanim zo‘r.
A nimaga?

Toshkentda hammayoq tinch.
Hammayoq tinch, hammayoq tinch. (x2)

Kunduzi kechalar joyida, osuda ko‘chalar joyida,
Hammada kayfiyat joyida, mehnat-u harakat joyida.
Chunki ishlari jiddiy, harakat jiddiy,
Poytaxtim – “Toshkent siti”.

U yog`i baland, bu yog`i baland,
Qaddimiz kabi qadrimiz baland.
A nimaga?

Toshkentda hammayoq tinch.
Hammayoq tinch, hammayoq tinch. (x2)

Yuzida nurli odamlari ko‘p,
Kelajak sari qadamlari ko‘p.
Tinch, osuda zaminimni ko‘r,
Vatanimni ko‘r, vatanimni ko‘r.

Vodiyda Farg`ona, Namangan, Andijon,
Vohada Samarqand, Buxoro, Surxon.
Vatanimni ko‘r, Vatanimni ko‘r,
Mehmondo‘st xalqimning mehmoni bo‘l.
A nimaga?

Toshkentda hammayoq tinch.
Hammayoq tinch, hammayoq tinch. (x2)

Fikr qo'shish