Tushda oyoq kiyim ko'rsa niamni bildiradi

Tushda oyoq kiyim ko'rsa niamni bildiradi
Tushda oyoq kiyim ko'rsa niamni bildiradi


Tushda oyoq kiyim ko‘rish ish, kasb, rafiqa, g‘am-anduh demakdir. Boshmoq kiyganini, ichidan oyog‘i chiqib turganini ko‘rgan kishi hamma havas qiladigan darajada davlatmand bo‘ladi. Tor oyoq kiyim qiyinchilik; keng va teshikli oyoq kiyim manfaatli ish, mo‘may daromad, yaxshi haq to‘lanadigan kasb demakdir.

Tushda oyoq kiyim
Etik ko‘rish oila qurishga ishoradir. O‘zining etigini kiyganini ko‘rgan erkak ayol tufayli baloga qoladi. Chap oyog‘ida teskari kiyilgan oyoq kiyim borligini ko‘rgan kishi unutilmas, javobsiz ishqqa duchor bo‘ladi. Oyoq kiyimni yo‘qotib qo‘yish qiyinchiliklardan qutulish, oyoq kiyimning yirganini ko‘rish esa xotini bilan ajrashishga ishoradir.

NEFT

Tushda ko‘rilgan neft xayrsiz, zinokor ayolga ishoradir. Neftni harom mol, deb ta’birlovchilar ham bor. Tushda gaz va boshqa neft mahsulotlarini ko‘rish mashaqqat bi- lan qo‘lga kiritiladigan moldir. Mazut, benzin ichganini ko‘rgan kishi erosti boyliklaridan foydalanadi. Tushda ko‘rilgan neft yomonlik, zulm, jang, deb ta’bir qilinadi.


NILUFAR

Tushda ko‘rilgan nilufar yashirinishga, uyalishga yoki dengiz sayohatiga chiqishga ishoradir. Dengiz sayohatiga chiqqan kishining tushida nilufar ko‘rishi cho‘kishi demak- dir. Nilufar ko‘rish toat-ibodat yo‘lida sarflanadigan halol molga ishora hisoblanadi.

NIHOL (KO‘CHAT)

Tushda nihol ko‘rish chaqaloqqa ishoradir. Bog‘iga nihol ekkanini ko‘rish oilali bo‘lsa, farzand ko‘rishiga, turmush qurmagan bo‘lsa, nikohga dalolat qiladi.

NOG‘ORA

Nog‘ora ko‘rish yolg‘on xabarga ishoradir. Nog‘orasi bo‘lgan kishi fitnakor yoki sharob sotuvchi shaxs tarzida ta’birla- nadi. Qo‘lida nog‘ora bilan o‘ynagani, baqirib-chaqirganini ko‘rgan kishi musibatga yo‘liqadi. Vaqtni bildirish uchun chalingan nog‘orani ko‘rish haddan ziyod kibrlangan boy odamni ko‘rishga ishoradir. Turli ovozlar, shovqin chiqaruvchi narsalar xasis davlatmandlarga ishoradir.

NUR (YOG‘DU)

Tushda nur ko‘rish yashashning osonlashishi va porloq istiqboldan darakdir. Shuningdek, nur ilmu irfon, iqtidor ham.

NUTQ

Tushda nutq so‘zlaganining ta’biri xutba o‘qishniki singari. Faqat tushda ko‘rilgan nutqda siyosiy jihat ko‘proq, to‘g‘ri so‘zlilik kamroqdir. Hech kim bo‘lmagan joyda nutq so‘zlaganini ko‘rgan kishi qadri anglashilmasdan dunyo- dan o‘tadi. Juda ko‘p kishilarga nutq so‘zlaganini ko‘rgan odam siyosatda muhim o‘rin tutadi, davlat taqdirini hal qilishda ishtirok etadi. Nutq so‘zlagani va uni hech kim tinglamayotganini ko‘rgan kishi boy bo‘lsa, mol-davlatdan, qobiliyatidan, kuchidan ayriladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Guldasta ko'rsa

Ayol kishi tushida kimdandir guldasta olsa, o'ngda sevgisining barqarorligidan dalolat....

Tushda JUFTLIK ko'rsa

kimki tushida muxabbat og’ushida bolsa o’ngida g’am tashvishda qoladi...

Tushda Dushman ko'rsa

Tushda Dushman ko'rsa Tushda dushmanlaringiz ishlaringizga halal berishmoqchi......

Tushda Kaft. ko'rsa

Agar tushda kaftlaringizda qadoq ko’rsangiz, o’ngda ko’p mashaqqat chekish kerak bo’ladi....

Tushda Yo'lak. ko'rsa

Tushda Yo'lak. ko'rsa Tor joy-siqilish va qashshoqlik ramzi. Xar kim tushda yo'lak ko'rsa yoki yo'lak orqali yursa, qashshoqlik va og'ir mehnatga ishora....

Tushda Bexi ko'rsa

Tushda bexi ko'rish, kasalliklar alomatidir. Kasal insonnnning bexi ko'rishi kasallikdan qutulishga ishoradir....

Tushda Bitmoq (yara haqida) ko'rsa

Kim tushida tanasida yara ko’rsa, u mol-dunyoga erishadi....

Tushda O’QIY OLMASLIK ko'rsa

— kimki tushida kitob o’qiy olmayotganini ko’rsa, o’ngida mashaqqatli ahvolga tushadi....

Tushda BOYQUSH ko'rsa

tushda boyqushni ko’rish o’lat yoki qirg’indan dalolat....

Tushda Bukri ko'rsa

Tushda bukri odamni yoki tush sohibining o’zi bukri bo’lganini ko’rish o’ngdagi boylikka ishora....

Fikr qo'shish