Tushda janjal ko`rsa nimani bildiradi

Tushda janjal ko`rsa nimani bildiradi
Tushda janjal ko`rsa nimani bildiradi


MUSHTLASHMOQ

Tushda bir kishi kimnidir tayoq yoki qamchi bilan ursa, kaltak yegan odamga urilgan tayoq yoki qamchi soniga teng miqdorda pul keladi.

Mushtlashuv natijasi tushdagining aksi bo‘ladi. Tushda birovning kaltaklaganini ko‘rgan kishi unga yutqazadi. Tushda kaltaklanish mol-mulkka ega bo‘lish ham deyiladi. Ikki tomonning bir-birini kaltaklashi o‘zaro yordamni ifoda etadi.

Tushda janjal
Notanish kishilar tomonidan kaltaklanish bo‘lsa, yordam oz bo‘ladi. Bo‘ydoq kishining bi- ror qizni kaltaklashi oila qurishlariga ishoradir.

MUSALLO TOSHI
Tushda ustiga o‘liklar qo‘yiladigan musallo toshini ko‘rish xafagarchilik, qiyinchilik, obod yerlarning xarob bo‘lishi, ajrashish, olis safarlarga chiqish, deb ta’bir qilinadi. Shunday tush ko‘rgan kishi qarzdor bo‘lsa, qarzi so‘raladi.

MUSIQA ASBOBLARI

Tushda musiqa asboblarini chalish, tinglash, yasash, so- tish, sotib olish xafagarchilikka ishoradir. Tushida nay chalganini ko‘rgan kishining ko‘ngli g‘amga to‘ladi.


MUSOFIRCHILIK
(YURTDAN UZOQDA BO‘LISH)

Tushda musofir bo‘lish boylikka erishishdir. Musofir- chilik yaxshi ko‘rgan kishilar bilan bir joyda bo‘lish, deb ham ta’bir qilinadi. Musofir ekanini ko‘rgan kishi bir yerdan boshqa joyga ko‘chadi. Musofirlik (xorijda yashash) yolg‘izlik, deb ham ta’bir qilinadi.

MUSHAFI SHARIF (QUR’ON)

Tushida Mushafi Sharifni yo‘q qilganini ko‘rgan kishi og‘ir gunohga qo‘l uradi. Qur’on sotib olib ko‘tarib yurganini ko‘rgan kishi uning hukmlariga amal qiladi. Allohning Rasuli (s.a.v.) huzurlarida Qur’on o‘qiganini ko‘rgan kishi qori bo‘ladi. Qur’onning sahifalarini yega- nini ko‘rgan kishi pora oladi. Biror kishi Qur’onning sahifalari va satrlarini yeganini ko‘rsa, Qur’on o‘qib kun ko‘radi. Kasal kishi tushida yonida Qur’on borligini ko‘rsa, darddan xalos bo‘ladi. Qur’onni o‘g‘irlanganini va yashirganini ko‘rgan kishi namoz o‘qish qoidalariga amal qilmaydi. Qur’onni olib qo‘yilganini ko‘rgan kishi il- midan bexabar qoladi.

MUZ

Yosh erkakning tushida muz ustida sirpanganini ko‘rishi xatoga yo‘l qo‘yishidan dalolatdir. Shunday tush katta yosh- dagilar uchun hiyla va nayranglardan oson qutulish, yosh ayollar uchun uy yumushlarini bajarish katta foyda kel- tirishi va eri bilan baxtli hayot kechirishiga, hammaning mehrini qozonishiga ishoradir.

MO‘YLOV

Mo‘ylov obro‘-e’tibor va ibodat tarzida ta’birlana- di. Mo‘ylovi kesilganini ko‘rgan kishi dinga berila- di. Mo‘ylovi o‘sib, yegan-ichganini ichga kirganini ko‘rgan kishi dinda bid’atlarga erishadi.

MO‘YNA

Qish faslida mo‘ynali kiyim kiyganini ko‘rgan kishi ezgu ishga qo‘l uradi, shu ish orqasidan yaxshi hayot kechiradi. Tushida mo‘ynani teskari kiyganini ko‘rgan kishi behisob mol-dunyoga ega bo‘ladi. Mo‘yna ko‘rish, umuman yaxshilikka yo‘yilmaydi: kibr g‘ururdan darak hisoblanadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Aeroport.

Agar tushda aeroport yo’rganingizni ko’rsangiz, o’ngingizda o’ylagan narsangiz amalga oshmaydi, amalgam oshishini uzoq kutasiz....

Tushda Tadqiqotchi ko'rsa

U munofiq odamlarni qatl qilib, ulardan makr bilan mollarni oladi. Ya’ni tushdagi tadqiqotchi o’ngida shunday odamga dalolat qiladi....

Tushda QUDUQ ko'rsa

— suvi to’la quduq yaxshilikga yo’yiladi agar quduqdan suv toshib chiqayotgan bolsa mulk toplashga ishoradir....

Tushda Lavozim ko'rsa

U tushda yaxshi mansabdir....

Tushda Doska, lavh. ko'rsa

Yoziladigan taxta doskani ko'rish ayol, farzand va ekin ekiladigan yerga......

Tushda Bo’z ko'rsa

U mashaqqatsiz jamlangan moldan dalolat....

Tushda Daftar ko'rsa

U tushda tush sohibining yashash tabiriga dalolat qiladi....

Tushda BO’Y ko'rsa

tushida bo’yi odatdagidan uzunroq ko’rinsa o’limi yaqin. bo’yi past bolganini ko’rsa bu xorlik va zorlikga ishora....

Tushda SOMON ko'rsa

-tushingizda somon ko’rsangiz o’ngingizda bemashaqqat boylik topar ekansiz....

Tushda suv ko'rsa nima bo'ladi

Suv- o‘zgarishning ramzi, qarama-qarshiliklarning yechimi, evolyutsiya, yangilanish, gunohlarni yuvish va unutishdir....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Махфуза регардан
    Махфуза регардан 24 июня 2022 14:43
    Базида куркинчли тушлар кураманки уйгонганимдан кейин уни уйласам юрагим оркага тортиб кетади

Fikr qo'shish