Tushda ko‘z ko‘rsa nimani bildiradi

Tushda ko‘z ko‘rsa nimani bildiradi
Tushda ko‘z ko‘rsa nimani bildiradi


Tushda ko‘z ko‘rsa nimani bildiradi- ish insonning dini va qalb ko‘zi, deb ta’bir qilinadi. Tushda ko‘z ko‘r bo‘lganini ko‘rgan kishini farzandi nobud bo‘ladi. Tush ko‘rgan kishi kambag‘al yoki mahbus bo‘lsa, qilgan ishini qayta qilmasligi kerak.

Falokatda kishi shunday tush ko‘rsa, uni falokatdan qutqaradigan odam topiladi. Shunda ikki ko‘zining birdan quchog‘iga tushganini ko‘rsa, u kishining birodari, o‘g‘li yoki yaqin qarindoshi vafot etadi. Tushda ko‘zlari og‘riganini ko‘rgan kishining diniy amallarida kamchiliklar bo‘ladi.

Tushda ko‘z
Tushida ko‘zlari juda chiroyli bo‘lganini ko‘rgan kishi hidoyat ilm bilan mukofotlanadi. Yonida kasal bolasi, xotini yoki boshqa bir qadrdoni bo‘lsa, shifo topadi.

Tushda ko‘z yoshi
Tushda ko‘rilgan ko‘z yoshi sovuq bo‘lsa, yorug‘liqtsir. Issiq bo‘lsa qayg‘u-alam. Yig‘lamagan holda yuziga ko‘z yoshlari oqqanini ko‘rgan kishiga qarindoshlari haqida yomon so‘zlar aytiladi. Ba’zan ko‘z yoshi yolg‘izlik, g‘urbat, mahbub(a)ga e’tibor tarzida ta’bir qilinadi.


KURSI,O‘RINDIQ

Tushda kursi ko‘rgan kishi shon-shuhrat va martabaga ega bo‘ladi. Avliyolik darajasiga yetadi. Kursi ustida o‘tirganini ko‘rgan kishiga ikki dunyo saodati nasib etadi. Kursidan tushganini ko‘rgan kishi vazifasidan ozod qilinadi. Tushda ko‘rilgan kursi temirdan yasalgan bo‘lsa, quvvat va yordamchiga ishoradir. Yog‘ochdan yasalgan bo‘lsa, nifoq, kuch va yordamchiga ishora qiladi. Kursi ustida o‘tirgan kishiningavliyo yoki merosxo‘r bo‘lishi ta’bir qilinadi

KUFR

Tushda Allohning ne’matlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida kofir bo‘lganini ko‘rgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining ne’mati yoki so‘zini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam o‘ldirishga ishoradir.

KITOB

Tushda kitob ko‘rish kuch-qudratdir. Shu sababli qo‘lida kitob borligini ko‘rgan kishi iqtidorga ega bo‘ladi. Agar kitob ochiq bo‘lsa, oshkora xabar, yopiq bo‘lsa, yashirin xabarga ishoradir. Tushda o‘g‘ilning qo‘lida kitob bo‘lishi xushxabar, ayolning qo‘lida bo‘lishi quvonchli ishni kutish, deb ta’bir qilinadi. Tushda kitoblarni ko‘rish g‘amdan qutulish, mushkullarning oson bo‘lishi, g‘aroyib voqealarga guvoh bo‘lishiga ishoradir.

KOTIB

Tushda ko‘rilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida o‘zining kotib bo‘lganini ko‘rsa, ta’birli, hiyla ishlatmoqchi bo‘lgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ladi. Kotib bo‘lgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini ko‘rsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lsa, ishlari yurishadi, o‘zi jannat ahlidan bo‘ladi. Shunday tush ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lmasa, yomonliklardan saqlanishi zarur.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Yelkan ko'rsa

Yelkan tushda sultondan darak. ...

Tushda Advokat.

Tushingizda advokatni ko’rsangiz, o’ngingizda mulkingizga ega chiqmoqchi bo’lgan hasadchilarning hujumiga duch kelasiz....

Tushda Vampir ko'rsa

Tushingizda vampir (qon so’radigan mahlo’q) ko’rinsa, bilingki, atrofingizdagi......

Tushda Yo'tal. ko'rsa

Tushdagi yo'tal shokoyatga dalolat qiladi. Kim tushida yo'talayotganini ko'rsa,raxbarga aloqasi bor inson ustidan shikoyat qiladi. Yo'talib tomog'I tiqilib qolsa, vafot etadi....

Tushda Diplom. ko'rsa

Agar tushda sizga oliy o'quv yurti yoki boshqa bir muassasada diplom topshirayotgan bo'lsa, o'ngda martabangiz ortadi....

Tushda Kanareyka ko'rsa

Tushda kanareyka ko'rsangiz, o'ngda qarindoshingiz sizga kimni dir g'iybat qiladi....

Tushda Tug’ish ko'rsa

Agar erkak qiz tug’sa yaxshilikka yetiladi. O’g’il tug’ish g’am tashvishga......

Tushda So’rovchi ko'rsa

So’rovchini tushda ko’rish ilm talabidagi kishidir....

Tushda Shikoyat ko'rsa

Kim tushida biror narsa ustidan shikoyat qilsa, o’ngida yaxshi xabar eshitadi....

Tushda Tinglash ko'rsa

Agar rahbar bo’lsa ishdan chetlatiladi....

Fikr qo'shish