Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi

Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi
Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi


Tushda kumush ko‘rsa- kumush tushda ko‘riladigan eng xayrli ma’dandir. Kumush ko‘rish xursandchilik, farovonlik, to‘g‘ri so‘z va xabar, o‘g‘il farzand deb ta’bir qilinadi. Kumush tangalar boylik va o‘g‘il farzand, daragidir. Usti qoraymagan kumush tan- ga ko‘rish yaxshilikka yo‘yiladi. Tushida ko‘rilgan kumush pul xotini homilador erkak uchun farzanddir.

Tushda kumush tanga
Qoraygan, qirilgan kumush dushmanlik alomat . sanaladi. Kumush tanga ko‘pincha, so‘zni anglatadi. Tangalar toza bo‘lsa, ilm va yaxshi so‘zga ishora, deb qabul qilinadi. Kumush tangalar sog‘i xayrli amallar miqdoriga ishoradir. Agar ko‘rilgan kumush tangalar qalbaki bo‘lsa, so‘z va amalda adovat, hiyla, yolg‘on borligini bildiradi.

tushda kitob
Tushda kitob ko‘rish kuch-qudratdir. Shu sababli qo‘lida kitob borligini ko‘rgan kishi iqtidorga ega bo‘ladi. Agar kitob ochiq bo‘lsa, oshkora xabar, yopiq bo‘lsa, yashirin xa- barga ishoradir. Tushda o‘g‘ilning qo‘lida kitob bo‘lishi xushxabar, ayolning qo‘lida bo‘lishi quvonchli ishni kutish, deb ta’bir qilinadi. Tushda kitoblarni ko‘rish g‘amdan qutulish, mushkullarning oson bo‘lishi, g‘aroyib voqealarga guvoh bo‘lishiga ishoradir.


KOTIB

Tushda ko‘rilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida o‘zining kotib bo‘lganini ko‘rsa, ta’birli, hiyla ishlatmoqchi bo‘lgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ladi. Kotib bo‘lgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini ko‘rsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lsa, ishlari yurishadi, o‘zi jannat ahlidan bo‘ladi. Shunday tush ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lmasa, yomon- liklardan saqlanishi zarur.

KUYOV

Tushda tanbur, surnay kabi cholg‘u asboblari bo‘lgan joyda kuyovni ko‘rish o‘sha yerda bir kishini vafot yeti- shidir. Biror kishi tushida kuyov borligi, ammo kelinni ko‘rmaganini ko‘rsa, u kishi vafot etadi. Agar kelinni ko‘rsa, uning ismini eshitsa, davlatmand bo‘ladi.

KUL

Tushda ko‘rilgan kul egasini kuydirgan harom mol hisoblanadi. Biror kishi tushida kul ko‘rsa, qiyinchilikka tushadi. Kul xafagarchilik, ko‘z og‘rig‘i yoki hidoyatdan so‘ng yanglish yo‘lga kirishga ishoradir; tushda kulga duch kelgani, uni to‘plaganini ko‘rgan kishi foydasi bo‘lmagan yolg‘on so‘z to‘playdi. Tandirlardan yig‘ib olingan kul sadoqatdan to‘plangan mol yoki foydasiz so‘zlarga ishoradir.

KUFR

Tushda Allohning ne’matlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida ko- fir bo‘lganini ko‘rgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining ne’mati yoki so‘zini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam o‘ldirishga ishoradir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Bashara (yuz) ko'rsa

Kimning yuzi qora bo’lsa va oq kiyim kiyib olgan bo’lsa, qiz farzandli bo’ladi....

Tushda Xachir ko'rsa

Bu tushda insonning sa’y harakatidir. Xachirlarning eng......

Tushda Uzukning ko’zi ko'rsa

Bu farzanddir. Agar bu ko’z javohir yoki qimmatbaho bo’lsa, bu aqlli va mol......

Tushda Kalykulyator ko'rsa

Agar tushda uni sotib olsangiz, nasihatga quloq solmas ekansiz....

Tushda ari ko'rish - hasharot chaqishi, uning uyasi va boshqalar ta'biri

Ari — shafqatsiz dushmanlarni aks ettiradi. Agar tushda kishini ari chaqib olsa — bu raqobatchilarning hasad va nafratini anglatadi. Ularni o’ldirish — dushmanlar ustidan g’alaba qozonishga. Ba’zan bunday tush uzoq davom etgan do’stlikning buzilishi yoki moddiy yo’qotishlar deya talqin qilinadi....

Tushda Yoqimli hid ko'rsa

Yoqimli hid- foyda...

Tushda GAPLASHMOQ ko'rsa

foyda, yomonlik xaqida gaplashmoq korsag’am, basharasi nomalum odam bilan gaplashmoq korsayaqin odamini yo’qotishga dalolat....

Tushda Vaqt ko'rsa

Vaqt -Kecha va kunduzning biron vaqtini ko’rilsa, o’sha vaqt miqdoricha yoki darajasigacha pulga erishadi....

Tushda O’rdak. ko'rsa

Uni tushda ko’rish, semiz va chiroyli xotinlarga va boylikka dalolat. Kim......

Tushda Askar ko'rsa

Tushda uniformali yoki yuksak unvonli askarni ko'rish shon-shuxratdan dalolat beradi. Askar ayni vaqtda quvvat demokdir....

Fikr qo'shish