Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi

Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi
Tushda kumush ko‘rsa nimani bildiradi


Tushda kumush ko‘rsa- kumush tushda ko‘riladigan eng xayrli ma’dandir. Kumush ko‘rish xursandchilik, farovonlik, to‘g‘ri so‘z va xabar, o‘g‘il farzand deb ta’bir qilinadi. Kumush tangalar boylik va o‘g‘il farzand, daragidir. Usti qoraymagan kumush tan- ga ko‘rish yaxshilikka yo‘yiladi. Tushida ko‘rilgan kumush pul xotini homilador erkak uchun farzanddir.

Tushda kumush tanga
Qoraygan, qirilgan kumush dushmanlik alomat . sanaladi. Kumush tanga ko‘pincha, so‘zni anglatadi. Tangalar toza bo‘lsa, ilm va yaxshi so‘zga ishora, deb qabul qilinadi. Kumush tangalar sog‘i xayrli amallar miqdoriga ishoradir. Agar ko‘rilgan kumush tangalar qalbaki bo‘lsa, so‘z va amalda adovat, hiyla, yolg‘on borligini bildiradi.

tushda kitob
Tushda kitob ko‘rish kuch-qudratdir. Shu sababli qo‘lida kitob borligini ko‘rgan kishi iqtidorga ega bo‘ladi. Agar kitob ochiq bo‘lsa, oshkora xabar, yopiq bo‘lsa, yashirin xa- barga ishoradir. Tushda o‘g‘ilning qo‘lida kitob bo‘lishi xushxabar, ayolning qo‘lida bo‘lishi quvonchli ishni kutish, deb ta’bir qilinadi. Tushda kitoblarni ko‘rish g‘amdan qutulish, mushkullarning oson bo‘lishi, g‘aroyib voqealarga guvoh bo‘lishiga ishoradir.


KOTIB

Tushda ko‘rilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida o‘zining kotib bo‘lganini ko‘rsa, ta’birli, hiyla ishlatmoqchi bo‘lgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ladi. Kotib bo‘lgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini ko‘rsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lsa, ishlari yurishadi, o‘zi jannat ahlidan bo‘ladi. Shunday tush ko‘rgan kishi taqvodor bo‘lmasa, yomon- liklardan saqlanishi zarur.

KUYOV

Tushda tanbur, surnay kabi cholg‘u asboblari bo‘lgan joyda kuyovni ko‘rish o‘sha yerda bir kishini vafot yeti- shidir. Biror kishi tushida kuyov borligi, ammo kelinni ko‘rmaganini ko‘rsa, u kishi vafot etadi. Agar kelinni ko‘rsa, uning ismini eshitsa, davlatmand bo‘ladi.

KUL

Tushda ko‘rilgan kul egasini kuydirgan harom mol hisoblanadi. Biror kishi tushida kul ko‘rsa, qiyinchilikka tushadi. Kul xafagarchilik, ko‘z og‘rig‘i yoki hidoyatdan so‘ng yanglish yo‘lga kirishga ishoradir; tushda kulga duch kelgani, uni to‘plaganini ko‘rgan kishi foydasi bo‘lmagan yolg‘on so‘z to‘playdi. Tandirlardan yig‘ib olingan kul sadoqatdan to‘plangan mol yoki foydasiz so‘zlarga ishoradir.

KUFR

Tushda Allohning ne’matlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida ko- fir bo‘lganini ko‘rgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining ne’mati yoki so‘zini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam o‘ldirishga ishoradir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Boja ko'rsa

Tushda bojani ko'rish, oila ichidagi muammolarga va bir do'st bilan tortishuvga ishoradir....

Tushda Daryo yoki ko'lda yuvinish ko'rsa

Tushda daryo yoki ko'l suvida yuvinayotgan bo'lsangiz, sizni ko'plab tashvishlar kutadi, bu......

Tushda Kakku. ko'rsa

Kakkuning ku-kulashini tushda eshitish uzoq umrga ishora. Agar tushingizda kakku......

Tushda PAYG’AMBAR ko'rsa

Payg’ambarlar avliyolar va donishmandlarni tushda ko’rishning qisqacha tabiri quyidagicha......

Tushda BIYA ko'rsa

kimki tushida biya ko’rsa o’ngida barcha istaklari amalga oshadi....

Tushda ILGAK ko'rsa

kimki tushida ilgak ko’rib unga kiyim osadigan joyni topolmasa o’ngida......

Tushda Xiyonat qilganini ko'rsa

O’ngda yaqinlaringiz aldamaydi. Agar turmush o’rtog’ingiz xiyonat......

Tushda Xursandchilik, shodlik ko'rsa

Bu o’ngda g’am va xafalikka dalolat. Do’stlarini shod ko’rsa, yaxshi ishga dalolat....

Tushda uzum nimani anglatadi

Tushda uzum. Miller tush ta’birida. Millerni tush ta’birida eng negativ ta’biri kichkina ko‘ngilsizlik va havotirga deb aytiladi. Shunday qilib uzum shuni bildiradiki ,sizga kelgan muammolarni sizni faqatgina kuchli bo‘lishingizda sizga yordam beradi. Ishlaringizga shubha bilan qarashni brshlaysiz, ammo hammasi sekin asta o‘z joyiga tusha...

Tushda it ko'rish - u quvlasa, tashlansa, tishlasa, qochsa, ta'biri qanday?

Itlar ham vafoli do’st, ham ashaddiy dushman bo’lishi mumkin. Tushda it ko’rish – siz va ishongan do’stingiz orangizda munosabatlar ishonchli ekanligini anglatadi. Tushda yovvoyi it ko’rsa – bir qarashda hal qilib bo’lmas muammoni hal qilishga ishora. Albatta, har ikki holatda ham, tush ta’biri itning qay obrazda ekanligi aksi bo’ladi: yaxshi yoki...

Fikr qo'shish