Qo’lda kir yuvishning afzalliklari

Qo’lda kir yuvishning afzalliklari
Qo’lda kir yuvishning afzalliklari


Kir yuvish mashinalari ixtiro qilingach, qo’lda kir yuvishning ahamiyati susaygandek bo’ldi. Ammo barcha yumushlaringizni texnika “qo’l”iga topshirish ham yaramaydi.

Qo’lda kir yuvish bir qancha afzalliklarga ega. Odatda, uy bekalari qimmatbaho va nozik matodan ishlangan liboslarni kir yuvish mashinasiga ishonmay yeng shimarib ishga kirishadilar. Kirni qolda yuvish buyumlaringizga ziyon yetkazmay tozalash imkonini beradi.

Qo’lda kir yuvish og’ir mehnat talab qilsa-da, ayrim hollarda siz istagandek natija bermay ranjitadi. Unutmang: kir libos va buyumlar qancha ko’p vaqt qoldirilsa, uni tozalash shuncha qiyinlashadi. Bundan tashqari to’plangan kirga nohush hid o’rnashib qoladi.
Ishga kirishishdan avval kirlarni rang va mato turiga ko’ra saralab oling: oq liboslarni rangli matolardan, sun’iy gazlamalarni tabiiylaridan ajratib olish lozim. Bundan tashqari, saralash chog’ida ularning ularning qay darajada kir bo’lganligini ham hisobga oling. Kirlarni suvga solishdan avval cho’ntaklarni tekshirish yoddan chiqmasin.

Odatda, kir yuvish ivitib qo’yishdan boshlanadi. E’tibor bering, faqatgina o’z holatini o’zgartirmaydigan buyumlarni ivitish mumkin. Rangli buyumlarni oq libosdan alohida ivitiladi. Kir buyumlar iliq suvda kir yuvish kukunini sepib bir necha soat qoldiriladi. Eng kir bo’ladigan sohalar (yoqa, manjet va hokazo)ni oldindan sovunlab qo’yish mumkin. Suv kirdan o’n barobar ko’p bo’lishi lozim.

Qoidaga ko’ra, avvalo, yengil kir bo’lgan, so’ngra o’rtacha, ohirida eng kir liboslar yuviladi. Yupqa buyumlarga ziyon yetkazishni istamasangiz ularni qo’lda yuvishingiz talab etiladi.
Rangi chiqadigan matolarni qanday tozalash kerak?
Bunday buyumlarni tozalashda kir yuvish kukuni eritmasidan foydalanish darkor (4 litr iliq suv uchun 2 oshqoshiq kir yuvish kukuni va 3 oshqoshiq sirka).

Buyumni ushbu eritmaga solib, bir nech bor (aylantirmasdan) siqing, iliq suvda chayib toza matoga o’rang.
O’ta kir va rangi chiqadigan buyumlarni tozalash uchun ularni oldindan osh tuzi eritmasida ivitib qo’yish lozim (bir chelak suv uchun 1 oshqoshiq tuz).

Tozalangan libosni suv to’liq toza bo’lguniga qadar chayish lozim. Rangli liboslarni chayishda bir chelak suvga 3-5 oshqoshiq sirka solib yuborish mumkin. Sirka libosning rangini ochib, unga yaltiroq tus beradi.
Turli matolardan tayyorlangan mahsulotlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Jundan to’qilgan buyumlarni sovunli iliq suvda ichki tomonidan tozalanadi, chayishda biroz gliserin va bir necha tomchi novshadil spirti qo’shilgan suvdan foydalaniladi. Jundan ishlangan buyumlar chayib bo’lingach yaxshilab siqiladi, biroq ularni aylantirib burash mumkin emas. Bunday buyumlar tekis yuza ustiga to’shalib, ustiga paxmoq sochiq yoyilgancha quritiladi.
Trikotaj matolarini iliq sovunli suv yoki kir yuvish kukunidan foydalangan holda yuvib, avval iliq, so’ng sovuq suvda chaying. Chayish jarayonida yengil siqib, namlikni tortib olishi uchun yumshoq matoga o’rab qo’ying.

Sun’iy matodan tayyorlangan liboslar (neylon, kapron va hokazo) sovunli iliq suvga bir necha marta botirib olinadi. Buyum avval iliq, so’ng sovuq suvda chayiladi. Uni yarim soat oldin kir yuvish eritmasiga botirib qo’ygancha o’sha suvning o’zida sovunsiz yuvish mumkin. Kir bo’lgan qismlar cho’tka yordamida tozalanadi.

Ichki qo‘rquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani ko‘rdingiz?

Oramizdagi har bitta insonda turli fobiya hamda ichki qo‘rquvlar mavjud. Buni o‘zingiz ham anglamagan holatda bo‘lishingiz mumkin, ushbu hayotda nimadandir qattiq qo‘rqish uning qarshisida qo‘rquv mavjud emasligini bilan o‘lchanmaydi. Odatda bunday qo‘rquv ong ostiga chuqur joylashgan bo‘ladi. Biz hayot davomida qanday ichki qo‘rquvlar...

Karantin paytida tayyorlangan 22 nafar eng noyob himoyalanish niqoblari

COVID-2019 pandemiyasi xukm surayotgan bugungi kunda har birimizda koronavirusdan himoyalanish uchun hech bo‘lmasa bitta tibbiy niqob bor. Ha, bu davr talabi. Biroq, andozaviy tibbiy niqob ta’bini juda tor doira bilan chegaralab qo‘yishini tan olmay, hatto shu og‘ir kunlarda ham o‘ziga xosligini yo‘qotishni istamagan kishilar o‘z qo‘llari bilan...

Koronavirus haqida nimalarni bilish kerak

Sayyoramizda koronavirusning tarqalishi haqidagi yangiliklar asosiy yangiliklarni va sarhisobni egallaydi, ko'plab davlatlar karantinga kirishmoqda. Ba'zan odamlar o'zlarini beparvo tutishadi - ular ommaviy ravishda hojatxona qog'ozi, grechka va boshqalarni sotib olishadi. Ammo vaziyat haqida ko'proq xabardor bo'lish va koronavirus umuman...

Yoshi jihatidan erkakdan kattaroq bo’lgan mashhur juftliklar

Zamonaviy jamiyat standartlardan voz kechadi. Erkaklar va ayollar endi bo'yi, holati yoki yoshi kabi konventsiyalarga e'tibor berishmay qo’yishdi. Bugungi kunga qadar qanchadan qancha oilalar bunyod etilgan. Ularning ichida yosh jihatidan ayol kattaroq bo’lgan oilalar ham mavjud. Quyida shunday mashhurlar oilasining bir nechtasi haqida gapirib...

20 ta kolibri: mayda qushlarning ajoyib go'zalligi

Qushlar haqida gap ketganda, "kuchli" yoki "chiroylik" kabi atamalar kuchli burgutlar yoki ajoyib tropik to'tiqushlarning tasviri ko'z oldimizga keladi. Biroq, ular uchun ham, boshqalar uchun ham bu ta'riflar uchun raqib kichik bo'lib. Agar siz ushbu yozuvni o'qiyotgan bo'lsangiz, demak, kimdir vatanda.com dan ushbu maqolani olgan. Hummingbirds...

Juda qimmat bo’lgan ammo biror naf keltirmaydigan 10 ta buyum

Dunyoda ko’plab qimmat va ahamiyatsiz narsalar mavjud bo'lsa-da, bizning ro'yxatimizdagi bu 10 tasi juda hayratlanarlidir. Ularning ko’rinishi juda nozik bo’lgani bois mo’ljallangan maqsad uchun ishlatmaslini maslaxat beramiz....

Android sirlari - 90% foydalanuvchi xabarsiz bo'lgan 7 ajoyib funktsiyalar

Bugungi kunda cho’ntagida sevimli va ajralmas smartfoni bo’lmagan kishi bo’lmasa kerak. Va ayni paytda insoniyatning eng foydali ixtirolari qanday qobiliyaga ega ekanligini biladiganlar sanoqli. Ushbu maqolada Android platformasida ishlaydigan smartfonlarning 7 eng qiziqarli funktsiyalari haqida batafsil....

Tez uxlash usullari

Uyquni boshqarish hayotimizning eng muhim jihatlaridan biridir. Uyquning sifati va davomiyligi jismoniy va ruhiy salomatligimiz, kayfiyatimiz va kundalik faoliyatimizdagi umumiy samaradorligimizga bevosita ta'sir qiladi. Ammo uyqu yo'qolganda va biz charchaganimizda va sifatli va yaxshi dam olishga muhtoj bo'lganimizda nima qilish kerak? Ushbu...

Har sohadan bir shingil: Turli tuman qiziqarli faktlar

Aytishlariga qaraganda inson ochlikka 2 oy chidashi mumkin. Amerikalik Charlz McNab 123 kun ovqatsiz yashab jahon rekordini o’rnatgan. U shu kunlar davomida faqat suv va qahva ichgan. Quyida yana shu kabi qiziqarli faktlarimizdan bir qanchasini siz uchun jamladik. Marhamat, ular bilan tanishib chiqing!......

Qo’lda kir yuvishning afzalliklari

Kir yuvish mashinalari ixtiro qilingach, qo’lda kir yuvishning ahamiyati susaygandek bo’ldi. Ammo barcha yumushlaringizni texnika “qo’l”iga topshirish ham yaramaydi......

Fikr qo'shish