Tushda kasal ko‘rsa nimani bildiradi

Tushda kasal ko‘rsa nimani bildiradi
Tushda kasal ko‘rsa nimani bildiradi


Kasallik haqidagi tushlar yaxshilikka yo‘yilmaydi. Kasal bo‘lgani holda qiynalmaganini ko‘rgan kishi shu yil vafot etmaydi. Bundan tashqari har yil yara-chaqalar, kasallik boylik tush ko‘rgan kishining hayoti bilan bog‘liqdir. Biror kishi tushida xotinining kasal ekanini ko‘rsa, bu o‘sha ayolning sog‘lig‘i yoki iymonida kamchilik borligiga ishoradir. Erkak uchun ham shunday ta’bir o‘rinlidir.

Tushda kasal
Tushida o‘zining ko‘rligini ko‘rgan kishi ishonchi,iymonidan ayriladi. Oyog‘i singanini tush ko‘rgan kishi kambag‘allashadi. Boldiri singanini ko‘rish undan ham yomon. Tushida yuqimli kasallik tarqalganini ko‘rish qo‘zg‘olon va jang-jadaldan darakdir. Bunday tush zilzila yoki yong‘indan xabar berishi ham mumkin.

KASALXONA
Kasalxona ko‘rinishining ta’biri turlichadir. Kasalxonaga kirganini ko‘rgan kishi shahid bo‘ladi. Kasalxona ovqatidan yeganini ko‘rgan kishi kasal bo‘lsa, tuzaladi, sog‘ bo‘lsa, kasal bo‘ladi. Shifokor bilan suhbatlashganini ko‘rgan kishi o‘z oilasidagi bemorlarga qaraydi. Kasalxonaning toza, tartibli ekanini ko‘rgan kishi shifo topadi.


Kasalxonada qah-qah urib kulganini ko‘rgan kishi aqldan ozadi yoki yaqinlaridan judo bo‘ladi. Ruhiy xasta- liklar kasalxonasini tush ko‘rish ko‘ngilochar joylarga, ma’nisiz gap-so‘zlarga, boylikning qo‘ldan ketishi va bola-chaqadan ayrilishiga ishoradir.

Tushingizga kasal do‘stingiz kirsa
KAFAN

Tushda kafan ko‘rishning foydali tomoni ham, zararli tomoni ham bor.

KA’BA

Tushda Ka’bani ko‘rish davlat boshlig‘i, vazir, qo‘mondon, oila, xavfsizlik, obro‘-e’tibor, kuch-qudrat, baxt-saodat demakdir. Tushida Ka’bada namoz o‘qiganini ko‘rgan kishi mashhur davlat arboblariga yaqin bo‘ladi. Ka’bada ko‘riladigan noxushliklar, kamchiliklar tush ko‘rgan kishining, shuningdek, yaqin munosabatdagi davlat arbobining nuqsonlaridan darakdir.

Ka’ba devorining yiqilgani yoki yorilganini ko‘rish ko‘ngilsiz voqealar bo‘lishidan xabar beradi. Tushda Ka’baga qarash qo‘rquv va xavotirlardan xalos bo‘lishga ishoradir. Biror kishi Ka’bada namoz o‘qiganini ko‘rsa, oqsoqol yoki imomdan kuch oladi, dushmanning yomonligidan omon qoladi, yorug‘likka chiqadi. Tushida Ka’baning o‘z uyida ekanini ko‘rgan kishi doimo davlatdan, xalqdan hurmat-e’tibor ko‘radi.

Ka’bada biror xato qilganini ko‘rgan kishm Allohning rasuli (s. a. v.) sunnatiga zid ish tutadi. Tushida Ka’baning xarob bo‘lganini ko‘rgan kishi namozni tark etadi.

KЕKSA AYOL

Tushda keksa ayolni ko‘rish ojizlikka ishoradir. Ba’zida keksa ayol qo‘ldan ketgan boylik, oxirat, xafagarchilikka ishora bo‘lishi ham mumkin. Notanish keksa ayol ocharchilik daragi hisoblanadi. Tushida uyiga keksa ayol kirganini ko‘rgan kishi boyiydi. Uyidan keksa ayol chiqqanini ko‘rgan kishining moddiy ahvoli yomonlashadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda O’ldirish va qotillik. ko'rsa

U tushda dushman tomonidan bo’lsa, halok qiladigan chigirtka, fasod......

Tushda Daryo yoki ko'l tubi ko'rsa

Daryo yoki kulning tubida yerni, baliq, o'simliklarini ko'rsangiz, o'ngingizda siz......

Tushda Kalamush. ko'rsa

Kim tushida uni ushlasa, uz shahridan boshqa shaharga ko'chadi. Agar ko'chmasa, mol-mulkini sotadi. Kim......

Tushda TO’NG’IZ ko'rsa

-kimki tushida o’ziga to’ng’iz xujum qilganligini ko’rsa o’ngida siyosatchilar xaqida yomon xabar eshitadi....

Tushda Televezor ko'rsa

Yolg’on, g’iybat va tuxmatga ishora....

Tushda YONG’IN ko'rsa

tushda yong’inni o’chirish tartibsiz isyonning uyushgan xarakatga aylanishiga......

Tushda SABZI ko'rsa

-tushda sabzi ko’rish gullab yashnash va sog’likga ishora qiz bola sabzi yesa yaxshi xonadonga kelin bo’ladi....

Tushda SOTUVCHI ko'rsa

-kim tushida mato sotayotgan sotuvchini ko’rsa ulug’vorlikga erishadi ko’ylak sotib yurgan sotuvchini ko’rish janjal bo’lishiga ishora....

Tushda Yashin, momaqaldiroq. ko'rsa

Bu o'ngdagi shov-shuvga sabab bo'ladigan muvaffaqiyatga erishadi.yana dushmanlar bo'lsa zarar keltira olmaskan....

Tushda Novvos ko'rsa

Agar yaylovda o’tlab yurgan novvoslarni tushda ko’rsangiz, ular......

Fikr qo'shish