Tushda inson ko‘rsa nimani bildiradi

Tushda inson ko‘rsa nimani bildiradi
Tushda inson ko‘rsa nimani bildiradi


Biror kishi tushida notanish insonni ko‘rsa, bu inson hech kimga o‘xshamasa, tush ko‘rgan kishining nafsi, deb ta’bir qilinadi.

Tushda chiroyli libosdagi kishilarni ko‘rgan odam biror narsadan xursand bo‘ladi, davlatdan kutganiga erishadi. Sevgan kishisining bo‘yi o‘sganini ko‘rish yaxshilikka yo‘yiladi. Boshi yuvilganini ko‘rgan kishi dushman- laridan ustun keladi. Tushda soch qirqish yaxshilik alomati emas. Bunday tush ko‘rgan ayolning eri vafot etadi yoki er-xotin ajrashadi.

Biror kishi tushida soqoli yulinganini ko‘rsa yoki ularni o‘z qo‘llari bilan yulsa, ishlari izga tushadi. Tushida soqoli oqarganini ko‘rgan kishining obro‘yi ortadi. Soqoli kindigagacha tushganini ko‘rgan kishi qo‘shnisiga qarshi ish kerak. Shunday tush ko‘rgan yosh kishi merosga ega bo‘ladi. Soqolidan tuklar kamayganini ko‘rgan kishining davlati kamayadi, tinchi yo‘qoladi. Oyoqlarida tuklar juda ko‘pligini ko‘rgan kishining birodarlari va farzandlari ko‘p bo‘ladi.


Badanni tuk bosgan kishining o‘ta sodiq o‘g‘li bo‘ladi. Badanidagi tomirlarni ko‘rgan kishi ota-onaning boyligi bilan qudratli bo‘ladi. Biror kishi tushida qornidan et yoki teri chiqqanini ko‘rsa, boyiydi. Biror kishining yuragini chiqarib yeganini tush ko‘rgan odam mol-mukka ega bo‘ladi. Boshidan qon oqqanini ko‘rgan kishi ham shunday.

Tushda odam ko‘rsa nima
Badanini tuk o‘smaydigan joylarini tuk bosganini ko‘rish boylik va obro‘ga ishoradir. Beldan yuqoridagi tana a’zolarida kamchilik borligini ko‘rgan kishi azobda qoladi. Ayol kishi shunday tush ko‘rsa, eri bi- lan ajrashadi. Tushida rangi oqarganini ko‘rgan kishi kasal bo‘ladi. Tanasining biror joyida ortiqcha a’zo borligini ko‘rgan kishi boyiydi.

Tushda semiz odam
Semirganini ko‘rgan kishi dushmanidan ustun keladi. Sochi uzun bo‘lib ketganini ko‘rgan kishi farzandli bo‘ladi. Sochini qo‘li bilan kesgan ayolning eri ko‘p o‘tmay vafot etadi. Tushida inson go‘shtini yeyish g‘iybat, yomon so‘zdir.

IP

Tushda ko‘rilgan ip ahd va shartnomadir. Osmonda osi- lib turgan ip Qur’oni Karimdir. Ip — din. Shuning uchun bu ipga osilganini ko‘rgan ishi Allohning ipi bo‘lgan haq dinga yopishgan kishidir. Ipni bukib, birovning bo‘yniga otish uylanishga ishoradir.

IPAK

Tushda ipak ko‘rish erkak uchun harom mol va xotin; ayol uchun obro‘-e’tibor, er va amaldir. Qora ipak xafagarchi- likdir. Tushda ipakli mato ko‘rish ham ipak kabi ta’bir qilinadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Bir ko’zli odam ko'rsa

Agar tushda tog’da yugurib yurgan bir ko’zli odamni ko’rsangiz, orzularingiz......

Tushda Go'dak ko'rsa

Go'dak g'am tashvishdir. Agar go'dakni kasal ayol tug'sa, shifo topadi......

Tushda ovqat tannavul qilsa nima bo`ladi?

Ovqat haqida tushda — tushda ko‘pgina taomlarni ko‘rsangiz – erkaklar uchun bunday tush ularni jinsiy moyilligi oshib bormoqda va yonmoqda. Shu bilan birga agar shu erkak chiroyli bir qizni ko‘rsa u o‘zini thxtata olmaydi. Kam miqdordagi taomlar tanish bilan uchrashuvga deyiladi....

Tushda O’tin. ko'rsa

O’tin dindagi munofiq kishilarga dalolat.Agar o’tin yorsangiz, o’ngda......

Tushda Tovush ko'rsa

Tovush. Tovush kishining odamlar orasidagi faxri va obro’sidir....

Tushda DORIXONA ko'rsa

agar bemor kishi tushida dorixona ko’rsa demak o’ngida shifo topar ekan sog’lom odamga bu tush xechnarsani anglatmaydi....

Tushda Xushro’y bola ko'rsa

Bu muhabbatga ishoradir....

Tushda Arslon ko'rsa

Tushda arson ko'rish davlat boshqaruvchisi bilan tag'bir qilinadi. Arslon tishlasa mol-dunyodan ko'riladigan zararga, arslonning quvlashi qo'rquvga, arslon ko'rish uzoq umr ko'rishga, bemor inson uchun olamdan o'tishiga ishoradir....

Tushda ZILZILA ko'rsa

kimki tushida zilzila bolganligini korsa o’ngida unga xukmdordan jazo yetib keladi....

Tushda ZOVUR ko'rsa

tushingizda zovurdan sakrab o’tsangiz avvalgi gunoxlaringiz odamlar......

Fikr qo'shish