Bollivudning eng mashhur beshta juftligi

Bollivudning eng mashhur beshta juftligi
Bollivudning eng mashhur beshta juftligi


Bollivud insonlarga ko’pincha real hayotda sodir bo’lmaydigan voqealarni taqdim etadi. Go’zal muhabbat tarixlari ushbu kinoindustriyani mashhur qildi. Tomoshabinlar qahramonlarni chin qalblari bilan sevib qoldilar. Barcha zamonlardagi Bollivudning maftunkor juftliklariga bir nazar tashlab ko’raylikchi!

Raj Kapur – Nargis
Bu ikki inson oilali bo’lishlariga qaramasdan, ularning o’rtalarida qandaydir bog’liqlik borligini payqash qiyin emas edi. Raj Kapur va Nargis o’z rollarini shunchalik qoyilmaqom qilib o’ynashgan ediki, ularning hayotda haqiqiy sevishganlar, degan mish-mishlar yurar edi. Bu juftlik hind kinoindustriyasining “oltin juftligi” bo’lib qoladi.

Amitabx Bachchan – Rekxa
Ularning muhabbati Bollivud muxlislari orasida eng ko’p muhokama qilinadigani edi. Amitabxning rafiqasi Jaya ishtirokidagi ushbu sevgi uchburchagining sir-asrori maxfiyligicha qoladi. Nima bo’lgan taqdirda ham Amitabx va Rekxa juftligi hamisha muxlislarning olqishiga sazovor bo’lib kelgan.

Dhamendra – Xema Malini
Keyinchalik oila qurgan Xema va Dharam – bir vaqtlar Bollivudning eng muvaffaqiyatli juftliklaridan biri bo’lgan. Uddaburon yigit va sohinjamol qiz ajoyib ishqiy juftlikni yaratdilar. Boshqa juftliklardan farqli o’laroq ular bir-birlarini hayotda ham haqiqatdan sevar edilar.

Rishi Kapur – Dimpl Kapadiya
Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya mashhur “Bobbi” filmidayoq tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan edilar. Mazkur film bir pasta xit darajasigacha ko’tarildi. Bu juftlik yana bir necha marotaba birga sevishganlar obrazini talqin etdilar.

Shoxruhxon – Kajol
Nisbatan yoshroq avlodni oladigan bo’lsak, sevishganlar rolini Shohruhxon va Kajolchalik hech kim o’ynay olmaydi. Yuqorida nomi tilga olingan “oltin davr” vakillaridan keyin kino ixlosmandlari orasida aynan Shohruhxon va Kajol yuqori maqomga erisha oldilar.

Bizning tanamizda qanday jumboqlar yashiringan? Inson organizmi haqida hayratlanarli 15 ta fakt

Bizning tanamiz – jumboqlar va mo’jizalar mamlakatidir. Ajabtovur, sehrli, sirli va qiziqarli mamlakatdir. Ushbu maqolada inson tanasi haqida qiziqarli faktlarlar haqida ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin......

Katta tezlikda yugura oladigan eng chopag’on hayvonlar TOP 5 taligi

Ushbu maqolamizda beshta eng chopag’on hayvonlar haqida gapirib o’tamiz. Qani ko’raylikchi, eng tezi kim ekan?......

RO‘ZA TUTISH (OG‘IZ YOPISH) DUOSI

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'aalaa, Allohu akbar. Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat...

So’nggi koreys malikasining fojiali taqdiri

Lu sulolasining vakilasi bo’lgan tarixdagi so’nggi koreys malikasining taqdiri barchani lol qilishi tabiiy. Siyosiy o’yinlar, xiyonatlar va yolg’izlik malika Tok Xeni butun umr davomida taqib qilgan. Ammo hech bir narsa uning irodasini buka olmadi, Vataniga bo’lgan muhabbatini so’ndirmadi. Chosonni idora qilgan yigirma oltinchi hukmdorning qizi...

Afrikalik go'zal va eng mashhur Supermodellar

Afrika qit'asi moda olamiga ko'plab qoratanli go'zallarni berdi. Ushbu qizlarning yutuqlarini kuzatib boring, shuningdek ularning jamoat hayotidagi hissasini baholang! Biz beshta afrikalik marvaridlarni ajratib ko'rsatamiz....

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

Ko'p jihatdan qushlar o’z go'zalligi uchun patlardan qarzdor. Ularning sharofati bilan odamlar qushlarni turlarga ajrata olishadi, lekin shu bilan birga ularning xususiyatlari haqida juda kam bilishadi. Biz tabiatning yana bir mo'jizasi bo'lgan va ko'pincha odamlar hayotning eng kutilmagan sohalarida ishlatadigan patlar haqida qiziqarli...

Zakot berishga qodir insonlar

Zakot berishga qodir insonlar zakot va sadaqotlarini eng avvalo ushbu ko'rsatilgan kishilarga berishdan boshlashlari kerak. Ulardan «dillari oshno qilinuvchilar» mansuh  etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga xam berilar edi, bu bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq, Islom rivoj...

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Foydali nonushta formulasi

Nonushta uchun umumiy qoida mavjudmi? Bizni har qanday holatda ham ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka undagan Amerikla va Britaniya olimlari bu savolga javobni yaqindagina taqdim etdilar. “Vaqtim yetmaydi”, “Ertalab ishtaxam yo’q”, “Semirib ketishdan qo’rqaman” yoki “yegim kelmayabdi” kabi bahonalar qabul qilinmaydi....

JUMA KUNINING SUNNATLARI

JUMA KUNINING SUNNATLARI : 1.  G'usl qilish;  2.  Hyshbo'ylanish;  3.  Misvok;  4.  Chiroylik kiyimlarni  kiyish;  5.  Kaxf surasini o'qish.; ...

Fikr qo'shish