Tushda namoz o‘qisa nimani bildirishi haqida

Tushda namoz o‘qisa nimani bildirishi haqida
Tushda namoz o‘qisa nimani bildirishi haqida


Tushda namoz o‘qisa-Tushdagi ibodat (u goh farz bo‘lsin, xoh sunnat) to‘g‘ri yo‘lga kirish, ikki dunyo saodatiga erishishga ishoradir.

Allohdan boshqasiga ibodat qilganini ko‘rish ishlarning teskari ke- tishi, Allohninig g‘azabiga uchrash, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishdan darakdir. Ba’zi ta’birchilar ibodatni Alloh ishqi, hidoyat yo‘li, rizqnasiba, mol-mulkka erishish, dushmanga qarshi g‘alaba qozonish, deb ta’bir qiladilar.

Tushda ibodat
Tushda ibodat qilish maqsadida ehromga kirganini ko‘rish ma’naviy poklanishga ishoradir. Ibodatxona qurdirganini ko‘rgan kishi kutilmagan joydan yordam oladi, boyib ketadi.

Tushda cherkovda ibodat
Tushida cherkovda ibodat qilayotganini ko‘rgan kishi erkak bo‘lsa, zinokor ayol bilan topishadi. Masjidda ibodat qilganini ko‘rgan kishi esa ezgu ishlar qiladi. Erkak kishi shunday tush ko‘rsa, nomusli ayolga uylanadi. Do‘konda ibodat qilganini ko‘rgan kishi daromadi ortishi uchun yelib-yuguradi.

IGNA
Tushida igna, ip, g‘altak kabi narsalarni ko‘rish kiyim tikish kuch-qudrat deb ta’bir qilinadi. O‘zining ip bilan bog‘langanini ko‘rgan kishining imoni, taqvosi mustahkamlanadi. Shunday tush ko‘rgan kishi bo‘ydoq bo‘lsa, uylanadi; musofir bo‘lsa, yurtiga qaytadi. Igna-ip ko‘rgan kishi murodiga yetadi.


ilon
Tushda ilon ko‘rish dushman, deb ta’bir qilinadi. Katta, uzun ilonni ko‘rish qo‘rquv, xavotirga ishoradir. Biror kishi tushida ko‘rgan, ammo qo‘rqmagan ajdarho u kishi- ning davlati, qudrati hisoblanadi. Ilon badavlat kishiga ishoradir.

Tushida ilonni uyiga olib kirganini ko‘rgan kishi dushmanlarining makriga uchraydi. Ilonni ushla- ganini ko‘rgan kishiga dushman tomonidan mol-davlat keladi. Tushida ilonni o‘ldirganini ko‘rgan kishi dushma- nidan ustun keladi.

Tushida ilon chaqqanini ko‘rgan kishi dushmanidan aziyat ko‘radi. Tushda ilonlarning ko‘chalarda yurganini ko‘rish urush chiqishiga ishoradir. Qora ilon eng kuchli, ayyor dushman hisoblanadi. Ilon sel va boylikka ishoradir. Tushda biror uydan ilon chiqqani ko‘rilsa, u uy yiqiladi. Kasal kishining og‘zidan ilon chiqsa, u vafot etadi.Uy iloni qo‘shni; cho‘l iloni qaroqchiga ishoradir.

imom
Tushda masjid imomi bo‘lganini ko‘rish biror narsaga kafillik, deb ta’bir qilinadi. Tushda imomni ko‘rish yo‘lboshchilik, so‘zi o‘tadigan kishi, deb ta’bir qilinadi. O‘zining imom bo‘lgani, tahoratli holda qiblaga qarab, jamoatga nuqsonsiz namoz o‘qitganini ko‘rgan kishi do‘stlarga xiyonat qiladi va bid’at to‘qiydi.

O‘zining erkaklarga imomlik qilayotganini ko‘rgan ayol vafot etadi. Birbr kishi o‘zi tik turgan, jamoat o‘tirgan holda imomlik qilganini ko‘rsa, u kishining jamoat haqiga rioya etgani, jamoaning esa uning haqiga rioya etmagani anglashiladi.

Ayollarga namoz o‘qitganini ko‘rgan kishi qoloq qavmining ishlarini boshqaradi. Tushida o‘zining insonlarga imom bo‘lgani, ammo Qur’on o‘qishga qodir emasligini ko‘rgan kishi orzusiga erisha olmaydi. Biror kishi o‘zini tom- da namoz o‘qitayotganini ko‘rsa, shahar xalqiga yaxshilik qiladi va bergan puli, sadaqasi, qarzi evaziga insonlar orasida nom chiqaradi.

INJU (MARVARID, DUR)
Tushda inju ko‘rish farzand, ilm, hikmat, boylik, Qur’on, deb ta’bir qilinadi. Sochilgan injularni ko‘rish farzand va davlatdir. Tushda ko‘rilgan tizilgan inju ilm, hikmat va Qur’ondir. Hovuchida bir.-ikkita inju borli- gini ko‘rgan kishining injular soniga teng solih far- zandlari bo‘ladi. Yerga sochilgan, to‘kilgan injular o‘rnini topmagan yaxshilik va o‘rgatilmagan ilmga ishoradir.

Tuzilgan inju ma’naviy go‘zallika, tizilmagan inju mol-davlatga, farzandlarga ishora hisoblanadi. Og‘ziga inju solganini tush ko‘rgan kishi g‘oyatda taqvodor bo‘ladi. Tushida injuga ega bo‘lganini ko‘rgan kishi oila quradi. Tushda injuni omonatga olish umri qisqa farzandga ishoradir. Tushda ko‘rilgan inju har bir narsaning kamoli va husnidir. Biror kishi o‘zini inju sanaganini ko‘rsa, mashaqqatlarga duchor bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Yetim ko'rsa

Yetim- omad va omadsizlik...

Tushda Garanglik ko'rsa

Tushda Garanglik ko'rsa Aldov va do'stlarning munofiqligi ramzidir. Agar tushda garang odamni uchratsangiz, o'nga ishongan odamingizdan hafsalangiz bir bo'ladi....

Tushda MEVA ko'rsa

mo’l ko’lchilik ramzi...

Tushda Dorixona ko'rsa

Tushda Dorixona ko'rsa Tushda dorixonaga kirsangiz, o'ngda sizni......

Tushda ilon ko'rsa nima bo'lishi xaqida to'liq ma'lumat

Ilon ko‘rsa Tushda ilon ko‘rish yashirin dushman. Ayol, farzand, beklik, kundalik hayotning yaxshilanishiga ishora. Yostig‘i yoki yotog‘i ustida ilon o‘ldirish xotinining vafot yetishi bilan ta’bir qilinadi. Bu tush turli-xil yomonlikni ham anglatadi. Agar tashlangan otilgan ilonni ko‘rsa xayot uchun kurashni anglatadi. Yana vijdonizga ham...

Tushda Televezor ko'rsa

Yolg’on, g’iybat va tuxmatga ishora....

Tushda Asalari uyasi ko'rsa

U tush egasi uchun xoindir. Uning arisi nasldir, asali moldir. Ba’zida u g’am tashvishlardan holi bo’lishda dalolat....

Tushda Zurriyot. ko'rsa

Tushda Zurriyot. ko'rsa U yaxshi maqtovdir....

Tushda Doska, lavh. ko'rsa

Yoziladigan taxta doskani ko'rish ayol, farzand va ekin ekiladigan yerga......

Tushda Yer ko'rsa

Kim tushda yerga ega bo'lsa, uning katta kichikligi keng torligi miqdoricha dunyoga dalolat qiladi....

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Маржона
    Маржона 5 февраля 2025 15:37
    Ассаломалейкум ва рахматуллохи ва баракату тушимга катта бир масжид ундан минглаб одам намоз укигани и ман бир алохида хонага кириб киблага караб тахоратда пешин намозини укийотканимни и бу адашмасам жума намозини укиб йотишканди атрофимдагила ман тулигинча неччи ракат нима укиганимгача эслеман осмон шунака чиройли кум кукиди и хамма кучада намоз укиганини курдим таъбири нималигини билолмадим
  2. Офлайн
    Asal
    Asal 14 февраля 2023 20:36
    narmalni malumot beringlar iltimos

Fikr qo'shish