Tushda yomg‘ir yog‘sa nimani bildiradi

Tushda yomg‘ir yog‘sa nimani bildiradi
Tushda yomg‘ir yog‘sa nimani bildiradi


Tushida yomg‘ir yoqqanini ko‘rgan kishining qo‘liga halol mol tushadi.

Momoqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, go‘fon ko‘tarilib, osmon qop-qora bo‘lgan holda yomg‘ir yoqqanini ko‘rish yurtda falokatlar bo‘lishiga ishoradir.

Tushda yemg‘ir
Bu falokatlar yuqimli kasallik, ommaviy qirg‘in va ocharchilik deb ta’bir qilinadi. O‘z vaqtida va mavsumida ko‘rilgan yomg‘ir baraka va quvonchga, boshqa paytdagi yomg‘ir esa qiyinchilikka ishora hisoblanadi.

YER

Tushida yam-yashil, sersuv joylarni ko‘rgan kishining iymoni mustahkam bo‘ladi. Shunday joyga uy qurganini ko‘rgani kishi baxtli hayot kechiradi. O‘zini bepoyon sahroda ko‘rgan kishi safarga chiqadi. Yerini haydagani, bog‘ini qaziganini ko‘rgan kishi xotini bilan yaxshi kelishadi. Yeridan mo‘l hosil olganini ko‘rgan kishining farzandlari, nabiralari ko‘p bo‘ladi.

YERTO‘LA

Tushda ko‘rilgan yerto‘la homilador ayolga ishoradir. Yerto‘laning ko‘milib qolganini ko‘rgan kishining onasi kasal bo‘lsa, vafot etadi. Notanish yerto‘la, chuqurga tushganini ko‘rgan kishi kasal bo‘lsa, dunyodan o‘tadi. Kema yoki igunga o‘xshash narsada bo‘lsa, cho‘kadi. Yo‘lovchi bo‘lsa, safarda bo‘lsa, yo‘li yopiladi. Dushmanlik holida bo‘lsa qamaladi. Agar bunday holatlarda bo‘lmasa, ichiga kirish maqul bo‘lmagan hammomga yoki zinakor ayolninguyiga kiradi.


Tushda do‘l
Tushda do‘l yoqqanini ko‘rish xukmdorning fuqarolarga azob berishi, mol-mulkini talon-taroj qilishi, ba’zilarga tan azobi berishi tarzida ta’birlanadi. Bemavrid qor yoki do‘l yoqqanini ko‘rgan kishi kasallikka yo‘liqadi, kasal bo‘lsa darddan tezda qutuladi. Ustiga do‘l yoqqanini ko‘rgan kishining moli qo‘ldan ketadi. Vaqtida yoqqan qor va do‘l g‘amlar barham topishi, dushmanlar va xoinlarning yo‘qolishini bildiradi.

DORI-DARMON

Tushdagi dori-darmon imonning butligidir. Dori ichga- nini ko‘rgan kishi dindor bo‘lsa, dinda to‘g‘rilikka erishadi. Din bilan aloqasi bo‘lmasa, dunyosi obod bo‘ladi.Tushda dori ichish ilm, nasihat va bulardan foydalanishga ishora- dir. Tushda dorini rad etish, ichmaslik haq yo‘ldan qaytish, yo‘ldan ozish nafsining istaklarini afzal ko‘rishdan darakdir. Hapdori dunyoga hirs qo‘yish, dorining ichil- gani rizq-nasiba, yutilgani isyonkor uchun ilmdan hazar qilishdir. Tushda pilik ishlatish so‘rab-surishtirish, sirli narsalarni bilishga qiziqish alomatidir. Ko‘ziga dori tomizganini ko‘rgan kishi diniy hayotga yanada ko‘proq ahamiyat beradi. Yutish qiyin bo‘lgan, tomoqdan o‘tishi mushkul bo‘lgan dori tez tuzaladigan kasallikdir.

DOYA

Doya yordamchi va o‘rinbosardir. Go‘zal va yosh doya ko‘rgan kishiga umrining oxirigacha davom etadigan do‘stlik na- sib etadi. Ba’zi ta’birchilarning fikricha, doya ko‘rish qizli bo‘lishga, keksa va xunuk doya tush ko‘rgan kishining farzandlari o‘ta zakovatli bo‘lishiga ishoradir.

DUO qilish

Tushda duo qilish duo qilganning duosi qabul bo‘lishi, hidoyat, rizq va buyuk zotlar yonida maqtanishiga ishoradir. Tushdagi duo maqsadga yetish va farzanddan darak. Umuman olganda, duo yaxshi bir tushdir. Har bir duo nima maqsadda qilingan bo‘lsa, shunday ta’bir qilinadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Balkon ko'rsa

Bir insonning tushda uying balkonida o'tirganini ko'rishi, qo'rquvdan halos bo'lishiga ishoradir. Tushda yangi balkonda o'tirganini ko'rish yuksalishga, boylikka va ne'matga dalolatdir....

Tushda Toj ko'rsa

Aytilishicha, uortiqcha mol, ilm va boladir. Tushda Toj korsa Bu boylik, ilm va farzand. Erkaklar uchun omadsizlik....

Tushda ARRA ko'rsa

kimki biron narsani arralab turganini korsa o’ngida mushkul bir ishi osonlikcha bitadi....

Tushda BALIQ ko'rsa

bittami ikkitami baliq xotinga ishora agar tushda ko’p baliq......

Tushda Tutun ko'rsa / Тушда Тутун курса

Tushda quyuq tugun ko'rish - katta vulqon otilishidan darak beradi. Ehtimol bu otilishdan vulqonga yakin aholi punktlari zarar ko'radi. Agar tushingizga qora tugun kirsa, demak, vaqti kelib kishilarning katta qismi nikotinga butunlay qaram bo'lib qoladi. Tamakiga qaramlik shunday darajaga yetadiki, zo'rlab davolashga talab paydo bo'ladi....

Tushda DAFTAR ko'rsa

tushingizda daftar ko’rsangiz o’ngingizda albatta ish topasiz....

Tushda DARVOZA ko'rsa

ochiq turgan darvozani ko’rsa baxtga muyassar bo’ladi agar darvozani kuch bilan itarib ochayotgan bolsa o’ngida ishlarida omad yor bo’ladi....

Tushda Shovqin suronli shamol ko'rsa

Agar shovqin suronli shamol bo’lsa, azob va mashaqqatdir....

Tushda Dubulg'a ko'rsa

Tushda Dubulg'a ko'rsa dushmandan omon bo'lish, mol, ayolga dalolatdir....

Tushda Arislonning ukirishi. ko'rsa

Arislon (asad)ning ukirishi podshoh zulm xavfidan darak beradi....

Fikr qo'shish