O’g’il bola tarbiyadagi nozik jihatlar

O’g’il bola tarbiyadagi nozik jihatlar
O’g’il bola tarbiyadagi nozik jihatlar


Farzand tarbiyasi nozik masala, o’g’il bolaning tarbiyasi esa ikki barobar ko’proq mehnat va e’tiborni talab etadi. Chunki erkak kishi oila boshlig’i, har qanday sharoitda hamma og’irlikni o’z bo’yniga olishi va muammoni hal qilish yo’llarini bilishi lozim. Quyida ushbu mavzuga oid ba’zi maslahatlar beriladi.

1.O’g’il bolaning tarbiyasi bilan ota shug’ullanishi lozim. Tug’ilishi bilanoq. Ha, aynan o’zining tug’ilishi bilan. Chunki oiladagi tarbiya – bu avvalambor nasihat emas, namunadir. O’g’il bola otasining gapiga kirmaydi, u otasining xulqi, yurish-turishi va gap-so’zidan andoza oladi.

Onalarga savol – o’g’lingiz otasiga o’xshashini xohlarmidingiz?

2. “Haqiqiy erkak” deganda nima tushuniladi? Erkak deganda kuchli jins vakili tushuniladi. Kuchli degani esa qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda javobgarlikni o’z bo’yniga olishni bilishi kerak,degani.

Ota-onalarga savol – o’g’lingiz mustaqil qaror qabul qilishni va ular uchun javobgarlikni bo’yniga olishni biladimi?
3.Qaror qabul qilish bilan javobgarlikni bo’yniga olish – bu bir tanganing ikki tomonidir. Birini bajarsa, ikkinchisini ham eplashi kerak. Masalan, erkak kishi qaror qabul qilsa-yu, uning uchun ayol kishi javob bersa, bu onasining bolasi, hisoblanadi. Yoki bo’lmasa, erkak kishi qaror qabul qilmaydi, biroq buning uchun javob bersa, unda u ayol kishining gapidan chiqmaydigan erkak bo’lib qoladi.


4.Erkinlik o’zini tiya bilishdan boshlanadi. Sharq maqollaridan birida shunday deyiladi: “Avvalambor suvni tuya ichadi, chunki uning qo’llari yo’q. Ikkinchi bo’lib, erkak kishi ichadi, chunki uning sabri yo’q. Uchinchi galda esa ayollar suv ichadi”.

Bizning tarbiya tizimimizda esa quyidagicha navbat bo’ladi: “Eng birinchi navbatda – onaga, chunki u ayol kishi, ikkinchi o’rinda himoyasiz jonivorlarga. Va nihoyat uchinchi o’rinda erkak kishiga, chunki erkak kishi oliyjanob bo’lishi kerak”.
5. Bola necha yoshidan boshlab erkak kishi hisoblana boshlaydi? Aqlini tanishi bilanoq, ya’ni uch yoshdan boshlab. Ha, ajablanmang, aynan uch yoshdan.

Aynan shu yoshdan boshlab bolaga “Sen – erkak kishisan!”, deb qulog’iga quyish lozim. Ayan shu yoshdan boshlab bolaga “Bajarishing shart!”, deb uqdirish lozim. Afsuski, atrofga nazar solganda o’zini biror narsaga majbur eta oladigan erkaklarni topish amrimahol. Axir erkak kishi hamma narsani bilishi va bajara olishi shart.

Ya’ni, erkak kishi chidamli bo’lishi, o’z nafsini yenga olishi, xato qilsa, uni tuzata bilishi, mehribon bo’lishi, qattiqqo’l, qo’pol bo’lishi, so’ziga javob bera olishi lozim. Umuman erkak kishi hamma narsani bilishi va har qanday sharoitda o’zini yo’qotib qo’ymasligi lozim.
6.O’g’il bolaga tug’ilishi bilanoq erkak kishiga qilgandek muomala qilish kerak. Go’dak bolangiz qo’lingizda yig’lasa, uni “Erkak kishi ham yig’laydimi?” deb ovuting.

Bu bilan siz o’zingizni ham, uni ham shunga o’rgatib borasiz. Ha, bolaga huddi kattalarga qilgandek, muomala qilish lozim. Bu go’dak bilan o’ynamaslik, uni erkalamaslik va mehr bermaslik kerak, degani emas, albatta.

7.Bola yanglishishiga qo’yib berish kerak. Mayli, yanglishib u tevarak atrofini o’rganadi, uning chegarasini topishga harakat qiladi. Bolani xatolari uchun jazolash kerak emas, ularni tuzatishni o’rgatish lozim. Bola o’z xatosini o’zi mustaqil holda, faqat sizning yordamingiz bilan tuzatishni o’rganishi kerak.

Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar

Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz....

O’rik va uning foydali jihatlari

O’rikning yangi uzilgan, quritilgan, ishlov berilgan ko’rinishlarida ishlatish insonning umumiy holatiga o’z ijobiy aksini ko’rsatadi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, oshqozon ichak tarakti va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlar o’rikka jiddiy e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi....

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Yesugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan og’liga Temuchin deb ism berdi....

Arxitektorlarning xatolari

Me'morlar juda murakkab muammolarni hal qilishadi. Me'morning ishidagi har qanday xato ob'ekt qurilganda aniq bo'ladi. Arxitektura xatolarining yorqin misollarini ushbu maqolamizdagi suratlarda ko’rishingiz mumkin. Suratlarga boqib ikki fikr hayolingizga kelishi tabiiy: birinchisi arxitektorlar juda hazilkash, kkinchisi ushbu kasb ular uchun emas....

Kelajakning nufuzli kasblari

Bugungi kunda texnologiya shunday jadallik bilan rivojlanib bormoqdaki, 5-10 yildan keyin hech kimning hayoliga ham kelmagan kasblar paydo bo’lishi mumkin. Hozirda obro’li hisoblanganlariga esa ehtiyoj ham qolmaydi......

Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar

1997 yilda ekran yuzini ko’rgan Titanik filmi 11 ta Oskarni oldi va 12 yil davomida kino tarixidagi eng kassabop film unvonini egalladi. Dunyoga esa yosh aktyor Leonardo Di Kaprioni tanitdi. Titanik filmi haqida qancha gapirsak shuncha kam. Agar bu filmdagi kadrlar qanday suratga olinganligi bilan qiziqsangiz, bizning maqoladagi fotosuratlarga...

Bo’rilar haqida qiziqarli faktlar

Bo’ri dunyo xalqlarining ertak va afsonalarida ishtirok etadi. Bir zamonlar bu yirtqich juda keng tarqalgan hayvon edi. Hozirgi kunga kelib uning soni keskin kamaygan......

Matraslar haqida ko’pchilik bilmagan 5 ta hayratlanarli fakt

Har bir uyda matraslar mavjud, biz bu buyumga o'rganib qolganmiz lekin unchalik ham e’tibor qaratmaymiz. Matraslar haqida siz bilmagan bir nechta dalillar mavjud. Ularni siz bilan bo’lishamiz!...

Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar

Uyali telefonlar bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun ishlab chiqaruvchilar yangidan yangi g'oyalarni o’ylab topmoqdalar, qo'shimcha funktsiyalarni taklif qilib, dizaynni yangilamoqdalar. Bugungi maqolamizda esa aynan ushbu asrda sotilgan eng g’aroyib 5 ta uyali telefon haqida keltirib o’tamiz......

Dunyodagi eng murakkab tillar top 8 reytingi narveg, ivrit, arab tili

Horijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o‘rganish osonroq bo‘lgan til bilan qiziqqan ma’qulroq, bizningcha. O‘rganish uchun eng qiyin tillar qaysi ekanligini bilasizmi?...

Fikr qo'shish