Tush tabiri kitobida nima
Tushda muz ko‘rsa. Kim tushda muz ko‘rsa, yovuz odamlar unga zarar etkazadilar. Kimki tushida tiniq suv yuzida suzib ketayotgan muzni ko‘rsa, hasadgo‘ylar qilgan harakat tufayli uning omadi ketibdi. Tush sohibi muz ustidan ketayotgan bo‘lsa, o‘ngida arzimagan sabab bilan o‘z obro‘siga zarar keltiradi. Qiz bola muz ustida ketayotgan bo‘lsa, o‘ngi da bir ish qilib, sharmanda bo‘ladi. Bo‘g‘otdan osilib turgan sumalak — qashshoqlikka ishora.
Mushukning erkagi. Qiz bola tushida mushukning erkagini ko‘rishi, o‘ngida uzoq kutgan tanishuvga erishadi. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi bu tush sodir bo‘lsa, oddiy- gina masalada yaqin odamingiz bilan umumiy til topisha olmaysiz, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi bu tushni ko‘rsangiz, hayotni o‘rganishingiz sizga ortiqchalik qilmaydi. Agar yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi bu tush ayon bo‘lsa, o‘ngingizda kuchli bir odam bilan tanishasiz va u sizning hayotingizga ham, ishlaringizning rivojiga ham samarali ta’sir o‘tkazadi.
Tushda odam. Tushingizda na ayolligi, na erkakligi ma’lum bo‘lgan odamni uchratsangiz, o‘ngingizda ish joyingiz o‘zgaradi Agar tushdagi odam yuqori bir joyda turgan bo‘lsa, o‘ngingizda hayotingizda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, lekin bu o‘zgarishni yaxshi tomonga burish sizdan ko‘p kuch talab qiladi. Tushingizda yovuz odamni ko‘rsangiz, o‘ngingizda o‘zingiz ham, yaqinlaringiz ham xafachilikni ko‘radi.
Tushda oy. Oyni tushda ko‘rish — uchrashuvga ishora. Agar oy yuzida dog‘ ko‘rsangiz, o‘ngingizda bu uchrashuv sizga quvonch keltirmaydi, agar oy yaraqlab ko‘zni quvontirib tursa, uchrashgan odamingiz sizga quvonch keltirishi mumkin. Oy tutilishi. Agar tushingizda oy tutilishini ko‘rsangiz, o‘ngingizda ehtiyot bo‘ling, biron narsangizni yo‘qotasiz, ammo bu yo‘qotishdan keyin yana o‘sha narsani topishingiz mumkin.
Tushda olma. Tushda olmani ko‘rish hamisha yaxshilikka ta’bir qilinadi. Daraxtning ko‘m ko‘k barglari orasidagi qizil olmani tushda ko‘rish barcha jihatlarda ham ezgulikka deb ta’bir qilinadi. Agar chirigan olmani tushda ko‘rsangiz, o‘ngingizda har qanday holatda ko‘ngilsizliklardan ehtiyot bo‘ling.
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydigan talaba qizlar yoki maktabni bitiruvchi qizlar tushlarida yetilgan olma ko‘rsa, orzu va umidlari ro‘yobga chiqadi. Demak, ular hech qanday to‘siqlardan qo‘rqmay dadil oldinga qadam tashlashlari kerak.
Tushda ota-ona. Tushda ota-onani ko‘rish ko‘p hollarda xayrlikdir. Agar o‘z onasini tushda ko‘rsa, rizqining ortishiga ishora. Otani tushda ko‘rish ham rizqqa taalluqli; agar ota yaxshi holatda ko‘rinsa, rizqi mo‘l bo‘ladi, bemor bo‘lsa, shifo topadi, biron narsasi yo‘qolgan bo‘lsa, topib oladi.
Ota- ona tushda quvnoq kayfiyat bilan ko‘rinsa, o‘zgalar bilan munosabat va muomalalarda yaxshilik bo‘ladi. Ular tushda xotirjam va baxtiyor suratda ko‘rinsalar, hayotda yaxshi o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qiz ota-onasini shu holda ko‘rsa, erga tegishiga va hayotining yaxshi bo‘lishiga ishora.
Ot tushda. Tushingizda og‘ir yukli aravani tortib ketayotgan otni ko‘rsangiz, o‘ngingizda hamma ishni o‘z zimmangizga olmang, yukning bir qismini eringizning ham gardaniga orting.
Tushda oshxona. Bu tush hamma uchun biron narsani anglata- vermaydi, ammo ayol o‘z oshxonasining ozoda va saranjom ekanligini ko‘rsa, o‘ngida atrofdagilarning sevimlisiga aylanadi.
Oshxona jihozi. Hozirda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladiganlar oshxonani mebel bilan jihozlaydilar va o‘sha erda taomlanadilar. Agar tushingizda oshxonada o‘tirib nonushta qilayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda muvaffaqiyatga hamda qarindoshlaringiz bilan murosaga ishora.
Agar oshxona jihozlarining singanligini ko‘rsangiz va bu tush payshanbadan jumaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, oilaviy baxtingiz tugaganligidan dalolat.Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi yoki jumadan shanbaga o‘tar kechasi tushingizda oshxona jihozi sotib olsangiz, o‘ngingizda jiddiy ko‘ngilsizliklar bo‘ladi, ammo do‘stlaringiz bu ko‘ngilsizliklardan qutulishingizda yordam beradilar.
Pari va alvasti. Tushda pari va alvastini ko‘rish yolgon gapga deb ta’bir qilinadi. Bu — birinchi ta’bir. Ikkinchidan, bunday tush ko‘rgan odam kimlar bilandir garoyib voqealarga duch keladi. Bu garoyibotlar xor bo‘lishga va tushkunlikka olib keladi. Agar tushida pari va alvasti hujum qilsa, tush sohibasi savdo ishi bilan shugullansa, ishiga zarar etadi.
Oilasida ham notinchlik bo‘ladi. Agar qarib-chirigan qari pari va alvastilar tushga kirsa, bemorlikka dalolat, agar yosh, o‘ynoqilari tushga kirsa, o‘ngda kishi hayratga tushadi. Bunday tushni shaytoniy deydilar. Mag‘ribiyning aytishicha, iblis kishining tushiga turli qiyofalarda kirib vasvasa qiladi, shulardan biri pari va alvasti qiyofasidir.
Tushga soch kirsa. Kimki tushida sochlarining quyuq va uzun bo‘lganligini ko‘rsa, boylik, sharaf va uzoq umr dalolatidir. Kimki sochlari orasida oq ko‘rsa, eri tufayli tashvishga qoladi. Agar ayol kishi boshi ochiqligini ko‘rsa, ketgan eri qaytib keladi, agar ayol turmush qurmagan bo‘lsa, erga tegadi. Agar sochini kimlardir olib tashlayotgan bo‘lsa, eridan taloq oladi. Qizlar tushida soch o‘rsa, turmushga chiqib, hurmat ko‘radi.
Tushda tahorat olish. Kimki tushida tahorat olayotgan bo‘lsa, o‘ngida gunohlardan forig‘ bo‘ladi. Kimki tushida mukammal tahorat olayotgan bo‘lsa, o‘ngida qashshoqlik va gam-anduhdan ketadi. Ibodat oldidan oddiygina tahorat olayotgan odam ungida omonatdorlikdan xalos bo‘ladi.
Tushda tovuq. Agar tushingizda tovuq hovlini chir aylanib yurganini ko‘rsangiz, o‘ngingizda mehmon keladi va uning uchun anchagina sarf qilishingizga to‘gri keladi. Bu tush chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, o‘ngingizda ehtiyot bo‘lishingiz kerak, sizni firibgarlik ishiga jalb etishlari mumkin.
Tush shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, ichingizdagi hamma gapni uchragan odamga aytaverish kerakmasligini anglatadi, agar yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi bu tush voqea bo‘lsa, ishingizda to‘siq paydo bo‘lib, bir o‘zingiz uni engib o‘tolmaysiz.
Tog‘lar tushda. Tushda tog‘larni ko‘rish to‘siqlarni anglatadi. Agar tushingizga tog‘lar kirsa, uzoq vaqt rejalashtirgan ishlaringiz amalga oshmay qoladi. Tushingizda qor bilan qoplangan cho‘qqi ko‘rinsa, o‘ngingizda nima bo‘lganda ham rejalaringizning amalga oshishi uchun harakat qilishingiz, bor kuchingizni shu ishga tashlashingiz kerak.
Agar tushingizda o‘rmalab tog‘ tepasiga chiqib ketayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda maqsadingizga erishishga yaqin qolibdi va mehnatlaringiz o‘z qadrini topadi. Agar tushingizda o‘zingizni tog‘ cho‘qqisida ko‘rsangiz, hayotingizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Turmushga chiqish. Tushingizda o‘z to‘yin- gizga kechikib kelsangiz, o‘ngingizda ziyonga uchraysiz. Qiz bola o‘zining erga tekkanligini ko‘rsa, o‘ngida uning iste’dodini boshliqlar sezib, yuqori o‘rinlarga ko‘taradilar.
Agar bunday tushni ko‘rgan qiz ishlamasa, o‘qiyotgan bo‘lsa, u holda barcha imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, oshirilgan nafaqa oladi. Tushingizda barmogingizda nikoh uzugini ko‘rmasangiz, o‘ngingizda eringiz sizga xiyonat qiladi.
Tushda tufli. Kimki tushida yangi tufli kiysa, o‘ngidagi farovonlikka ishoradir. Jumadan shanbaga o‘tar kechasi bunday tush ko‘rgan odam ungida kim bilandir ziddiyatga boradi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi kimki magazin ko‘rgazmasida tufli ko‘rsa, o‘ngida uni omadsizlik kutadi; pul muammolarini hal qila olmaydi.
Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi kimki tushida tuflini oyog‘iga o‘lchasa va u kichkina bo‘lsa, ungida barcha yaqinlari bilan janjallashadi. Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi kimki bolasiga tufli olayotgan bo‘lsa, o‘ngida yaxshi xabarlarni kutsin.
Qaysiki ayol tushida tuflini teskari kiysa, o‘ngida mahbubi bilan janjallashadi. Chorshanbadan payshanbaga yoki payshanbadan jumaga o‘tar kechasi bunday tush ayon bo‘lsa, o‘ngida adolatsizlikka duch keladi.
Uzuk tushda. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tushingizda uzuk taqsangiz, bolalaringiz sizga quvonch olib keladilar. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi bu tush sodir bo‘lsa, eringiz bilan munosabatlaringiz iziga tushadi. Jumadan shanbaga )ggar kechasi tushingizda uzugingiz singan bo‘lsa, oilangiz buzilishi kutiladi. Umuman tushda uzuk ko‘rish muhabbat ramzi hisoblanadi.
Uy tushda. Bu tush sizni ham ogohlantiradi, ham sevintiradi: agar boshqa uyga ko‘chayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda ishlaringiz yurishmay qolishi mumkin. Tushingizda biron uy egasi- ni ko‘rsangiz, zshgingizda boy kishilar bilan sheriklik qilib katta foyda olasiz. Avvalgi uyni ko‘rish — yaxshi xabarlar ramzi.
Avvalgi uyingiz orasta bo‘lsa, uzoq vaqt rohat-farog‘atda yashaysiz. Qiz tushida uyidan ketib qolsa, o‘ngida asab buzar g‘iybatga qoladi. Tushingizda o‘z uyingizni topolmay sarson bo‘layotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda odamlarga bo‘lgan ishonchingizni batamom yo‘qotasiz.
Tushda uy almashtirish. Bu tush muhabbatga xiyonat, deb ta’bir qilinadi.
Folchi. Tushingizda folchini ko‘rsangiz va uning gaplariga quloq solsangiz, o‘ngingizda botil va foydasiz narsalar bilan shug‘ullanar ekansiz. Tushda ayol o‘z-o‘ziga fol ochayotgan bo‘lsa, qachondir boshlanib qolib ketgan bir ish uni bezovta qilyapti. Balogatga etgan qiz o‘z-o‘ziga fol ochayotgan bo‘lsa, o‘ngida kelayotgan sovchilardan birini tanlashi kerak.
Tushda xarsangtosh. Tushingizda xarsangtosh ayon bo‘lsa, o‘ngingizda hamkasblaringiz xizmat pillapoyalaridan ko‘tarili- shingizga xalal beradilar. Agar xarsangtosh yo‘l chetida tur- gan bo‘lsa, o‘ngingizda sizga xalal beruvchilarning niyatlari ko‘pda amalga oshmaydi.
Yo‘l ustida turgan bo‘lsa, hushyor bo‘lishingiz kerak ekan. Agar tushingizdagi xarsangtoshning ustida qirralar bo‘lsa, qarindoshlaringiz bilan munosabatlaringiz taranglashadi, oilada tinchlikni o‘rnatish uchun har qanday urinish ular tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinadi. Xarsantosh usti silliq bo‘lsa, munosabatlarni yaxshilash sizga bogliq.
Tushda xotin. Agar tushingizda kimningdir xotini bo‘lsangiz, o‘ngingizda boshlagan, ammo tashlab qo‘ygan ishingizni davom ettirishingiz lozim ekan, lekin bu sizdan kuch va gayrat talab qiladi. Tushingizda kimningdir xotini bo‘lsangizu, ammo yuzingiz cho‘tir bo‘lsa, o‘ngingizda katta boylikni qo‘lga kiritasiz.
Agar tushingizda baxtiyor xotin bo‘lsangiz, o‘ngingizda har qanday tavakkal ishni qilishingiz mumkin, har bir ishingiz muvaffaqiyatli yakunlanadi. Agar nuqul eringiz bilan janjallashadigan xotin bo‘lsangiz, o‘ngingizda hammadan dakki eshitasiz.
Tushda xo‘roz. Agar tushingizda xo‘roz qichqirsa, bilingki, ashula aytishga iste’dodingiz bor ekan. Agar xo‘roz tovuq bilan don olishsa, demak, o‘ngingizda shaxsiy hayotingiz joyida bo‘ladi. Tushingizda xo‘roz sizni cho‘qisa, ungingizda kimdir sizga allaqachon unutib yuborgan bir ishni eslatadi.
Bunday tush haftaning juft kunlari ro‘y bersa, siz bir ixtironi amalga oshirasiz va bundan hamma xursand bo‘ladi, agar tush haftaning toq kunlari ro‘y bersa, narsalaringizni o‘g‘irlatishdan ehtiyot bo‘ling.
Tushda chelak.
Kimning tushida uyidagi chelagi suvga to‘la bo‘lsa, o‘ngida yaxshi ishlarni amalga oshiradi, chelak bo‘sh bo‘lishi ko‘ngilsizlikka olib keladi. Chelak suvning ichida bo‘lsa, yorug‘lik va obro‘dir.
Tushda chivin. Behuda gaplarni eshitishga yo‘yiladi.
Tushda chiroq. Kimki tushida yonib turgan chiroqni ko‘rsa, salo- matlik va uzoq umr ko‘rishiga ishoradir.
Tushda choyshab. Juftlik munosabatlarining barqarorligi.
Tushda chumoli. Tushda chumoli inini buzish — o‘ngdagi falokatga ishora. Agar tushingizda chumolilar har tomonga tarqab ketayotgan bo‘lsalar, hayotingizdagi noxush kunlar tugaganidan dalolat.
Chumchuq tushda. Noma’lumlik va hodisalarning almashinuvini anglatadi. Agar tushda uni kimdir o‘ldirsa, o‘ngdagi falokatga ishora. Agar uni qafasga solayotgan bo‘lsangiz o‘ngdagi kasal bo‘lishingizdan dalolat. Chumchuqning chirqillashini tushingizda eshitsangiz, o‘ngingizda shaxsiy muammolaringizning hal bo‘lishida to‘sqinliklar bo‘ladi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasidagi tushingizda chumchuq ko‘rsangiz hech narsani anglatmaydi.
Cho‘l tushda. Tushingizga qaqragan cho‘l kirsa, o‘ngingizda anchadan beri ko‘rmoqchi bo‘lgan odamingizni uchratishga bo‘lgan intilishingiz behuda ketadi. Agar cho‘l ko‘kalamzor bo‘lsa, o‘sha odam bilan uchrashuvingiz tez orada sodir bo‘ladi va umidlaringiz ro‘yobga chiqadi.
Cho‘chqa tushda. Tushingizga cho‘chqa kirsa, bilingki, hayotingizga kimdir aralashmoqchi. Agar tushingizda cho‘chqa yugurayotgan bo‘lsa, shuni esda tutingki, bolalar u yoqda tursin, hatto eringizga ham hamma narsani gapiravermang.
Bu tush dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi voqe bo‘lsa, o‘ngingizda oilada ham, ishxonada ham o‘z mavqeingizni suiste’mol qil- mang. Qiziq bir dalil: dengizchilarning suhbatida agar cho‘chqa haqida gap ketsa, uning nomini boshqacha ataydilar.
Tushda sham. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi tushingizda derazadan sham yorug‘ini ko‘rsangiz, bu shgingizdagi baxtiyor keksalikka ishora bo‘ladi. Dushanbadan seshanbaga yoki yak- shanbadan dushanbaga o‘tar kechasi tushingizda sizga yonib turgan sham bilan shamdon sovg‘a qilsalar, o‘ngingizda eng qiyin damlarda g‘oyibdan yordam olasiz.
Shamol tushda. Agar tushingizda shamol turganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda yaqin o‘rtada hayotingiz uchun muhim bo‘lgan voqealar sodir bo‘ladi. Tushingizda sovuq shamol turgan bo‘lsa, o‘ngingizdagi ziyonga ishoradir.
Agar tushingizda yoqimli shamol esayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda barcha ishlar sizning foydangizga hal bo‘ladi. Agar tushingizda shamol yordamida qayiqda suzib ketayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda imkoniyatlarni qo‘ldan bermas ekansiz. Tushingizda shamolga qarshi borayotgan va shamol sizni chayqatayotgan bo‘lsa, o‘ngingizdagi barcha urinishlaringiz chippakka chiqadi.
Tushda sharshara. Tushingizda sharshara ko‘rsangiz, o‘ngingizda hech esingizdan chiqmaydigan bir ziyofatda inggirok etasiz.
Tushda shippak. Tushda shippak ko‘rish — muhabbat masalalarining muvaffaqiyatsiz tugashidan dalolat. Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizda shippak ko‘rsangiz, o‘ngingizda ziyofatlarda ishtirok etib, vaqtingizni xush o‘tkaza siz, ammo keyinchalik bu xursandchiliklar burningizdan chiqadi.
Seshanbadan chorshanbaga yoki chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushingizda o‘ng shippakni chap oyog‘ingizga, chap shippakni o‘ng oyogingizga kiysangiz, o‘ngingizda sizning nozu karashmangiz nomussizlik va sharmandalik bilan xotimalanadi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi tushingizda bir oyog‘ingizga shippak kiyib, ikkinchi oyogingizda bo‘lmasa, o‘ngingizda rashkka hadaf bo‘lasiz.
Tushda emizikli ona. Kimki tushida emizikli onani ko‘rsa va u bolasini emizayotgan bo‘lsa, tush sohibasining o‘ngida ishlari o‘nglanishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi. Tushda enaga. Tushda enaga ko‘rish — kutilmagan yordamga ishora, bemor odam bu tushni ko‘rsa sog‘ayadi, qarzdor ko‘rsa, tez orada qarzidan qutuladi, qashshoq bo‘lsa, biron joydan yordam etadi. Mushkulliklar ichida qolgan odamning mushkullari oson bo‘ladi.
Tushda erkak kishini ko‘rsa—agar tushingizda notanish erkakni ko‘rsangiz, o‘ngingizda qaltis bir ishga qo‘l urasiz. Tushingizda o‘zingizni erkak sifatida ko‘rsangiz, o‘ngingizda zavqli bir holatni boshdan kechirasiz, ammo buning oqibati keyinchalik bilinadi. Agar tushingizda ko‘rgan erkak hibsda bo‘lsa, o‘ngingizda anchadan beri o‘ylab yurgan rejangizni amalga oshirasiz.
Tushingizda ko‘rgan erkak artist bo‘lsa, o‘ngingizda do‘stlaringiz bilan arazlashib qolasiz. Tushingizdagi erkak do‘xtir bo‘lsa, o‘ngingizda kasalga chalinasiz. Agar tushingizda orzuingizdagi erkakni ko‘rsangiz va u bilan quvnab gaplashsangiz, o‘ngingizda arzimagan nasra- lar uchun ko‘p yig‘laysiz. Tushingizda bo‘yi pastroq odam o‘zidan kuchli kishi bilan urishayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda arzimagan
Tushda yulduzlar ko‘rsa. Tushingizda yulduzlarni ko‘rsangiz, o‘ngingizda hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lishiga ishoradir. Agar yulduzlar sovuq va ko‘kimtir tusda bo‘lsa, o‘ngingizdagi hodisalar ijobiy bo‘ladi.
Boshqa samo mavjudotlari sizga bunchalik quvonch keltirmaydi. Agar tushingizda yulduzlar pirpiramasdan tiniq miltillab tursa, bu yaxshilikka ta’bir qilinadi. Agar yulduzlar dam yonib, dam o‘chib tursa, hayotingizda sodir bo‘ladigan voqealar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tushda yasanmoq. Ayol tushida yasansa, o‘ngida o‘ylamay bosgan qadamidan pushaymon bo‘ladi.
Tushda yashil. Agar tushingizda yashil rangli narsalarni ko‘rsan giz, bilingki, murodingizga etasiz.
Tushda o‘rgimchak. Tushingizda o‘rgimchak yuzingizga tushgan bo‘lsa, xonadoningizda «yangi mehmon» paydo bo‘ladi. Agar tushingizda o‘rgimchak siz tomonga qarab o‘rmalayotgan bo‘lsa, o‘ngin- gizda kasal bo‘lsangiz, tuzalib ketasiz.
Tushda o‘rmon. Tushingizda o‘rmon ichida yangi ekilgan daraxtlar orasidan ketayotgan bo‘lsangiz va maysalar sizga qarab intilayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda yaqin o‘rtada sizning orzularingiz amalga oshadi.
Qurigan daraxtlar — qayg‘uga ishora. Qalin daraxtlar bilan qoplangan o‘rmon — omad yor bo‘lishiga dalolat. O‘rmonda barglari to‘kilgan daraxtlarni ko‘rsangiz, o‘ngingizda ishlaringizning orqaga ketganligini anglatadi. Agar oilali ayol o‘rmon ichida adashib qolsa, bu eri bilan kelisholmasligini bildiradi.
Tushda o‘choq. Tushida kishi o‘choq ko‘rsa, o‘ngida badavlat ro‘zgorli bo‘lishga ishoradir. Agar tush sohibasining tushida o‘choq buzilgan bo‘lsa, o‘ngida ne’mat va rohatini yo‘qotadi.
Tushga o‘g‘ri kirsa— Agar uyingizga o‘g‘ri tushsa, bu tush o‘tmishda qilgan gunohlaringizni va bu gunohlar uchun vijdon azo- bini tortayotganingizni anglatadi. O‘tmishda qilgan xatolaringizni tuzatmaguningizcha, vijdon azobi sizni qiynayveradi. Aks holda siz uchun katta xavf bor.
Tushingizda o‘g‘rini tutib olsangiz, demak, sizning tog‘ni tal- qon qiladigan kuchingiz bor, uni to‘g‘ri ishga ishlatishingiz kerak. Agar imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermasangiz, sizga omad hamisha yor bo‘ladi. Tushingizda o‘gri biron qimmatbaho narsangizni o‘g‘irlagan bo‘lsa, demak, atrofingizda sizni aldaydigan odamlar bor.
Siz o‘ngingizda o‘sha aldoqchini topishingiz kerak, aks holda, tinchligingiz buziladi. Agar tushingizda o‘g‘irlangan narsani sotib olayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda sizga tegishli narsani kimdir o‘zlashtirar ekan. Ehtimol bu tushdan keyin uzoq vaqt yashirib yurgan siringiz ochilar.
Atir tushda. Tushda atir iskamoq ungdagi yaxshi xabarga ishoradir. Kimki tushida atir sotib olsa, o‘ngida uni kimdir sevar ekan. Agar ayol kishi tushida o‘ziga atir sepsa, o‘ngida jamiyatda nufuzli o‘rin egallaydi.
Tushda beva. Tushingizda beva bo‘lib qolsangiz, demak, hayotda kundoshingiz bor. Erkak kishi tushida bevaga uylansa, o‘ngida meros olishiga ishora. Agar bo‘ydoq tushida bevaga uylansa, o‘ngida mahbubasi uni tashlab ketadi.
Tushda bemorlik. Tushingizda o‘zingizni quvvatsiz sezib, mazangiz qochgan bo‘lsa, o‘ngingizda sog‘lig‘ingizga e’tibor berishingiz kerak. Shuningdek, bu tush o‘ngdagi ko‘ngilsiz gaplarga ham ishora.
Agar qochoqlar va jinoyatchilar bunday tush ko‘rsalar, jazodan qutulib qolishlari mumkin. Bo‘ydoqlar bunday tush ko‘rsalar, o‘nglarida nikohlari baxtsizlik bilan tugaydi. Keksalarga bu tush o‘ngdagi yordamni anglatadi. Qiz bola tushida tuzalmas kasal bo‘lsa, o‘ngida turmushidan ko‘ngli to‘lmaydi.
Tushda bilakuzuk. Agar tushingizda bilagingizda bilakuzuk ko‘rsan giz va bu bilakuzuk juda chiroyli bo‘lsa, shaxsiy hayotingizda xursand bo‘ladigan katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yoshlarga bu tush o‘ngda tez va shoshqich turmush qurishni anglatadi.
Tushda uzum. Tushda uzum ko‘rish — baxt, farovonlik, hosildorlik va sevgidagi muvaffaqiyatga ishora. Erkak kishi tushida uzum ko‘rsa va uni esa (agar uzum nordon bo‘lmasa), quvonchga ishoradir, shu bilan birga ayollar bilan muomaladan foyda olishga dalolat bo‘ladi. Tushda urug‘siz uzumni ko‘rish ziyondan darak beradi. Agar uzum uzilib, yig‘ilayotganini ko‘rsangiz, o‘ngingizda barcha orzularingiz amalga oshadi.
Tushda uy. Agar tushingizda hamma tomoni yaltirab turgan yoki tilla bilan qoplangan uyni ko‘rsangiz, o‘ngingizda kungilsiz voqealarga duch kelasiz. Tushda uy sotib olish — o‘ngdagi hayotning o‘zgarishiga ishora.
Tushingizda uy qurayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda jamiyatdagi o‘rningiz barqaror bo‘lishi va farovon yashashingiz uchun ko‘p mehnat qilishingizga tug‘ri keladi. Bu mehnat ham aqliy, ham jismoniy bo‘lishi mumkin.
Falaj. Tushingizda falaj bo‘lib yotib qolgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda yomon tushkunlikka tushasiz. Uz sog‘ligingiz haqida qayg‘urishingiz kerak.
Folbin. Tushda folbinning valdirashini eshitish — o‘ngdagi muvaffaqiyatsizlikka ishora. Agar tushingizda o‘zingiz fol ochayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda biron narsaga ega bo‘lasiz.
Xarita. Agar kimki tushida geografik xaritani sinchiklab qarayotgan bo‘lsa, uni xorijiy safar kutadi. Bundan tashqari tush egasining hayotida o‘zgarishlar ham bo‘ladi; turar joyini o‘zgartirishi mumkin. Agar bunday tushni savdogar ko‘rsa, aylanma daromadi ko‘payadi va moli xaridorgir bo‘ladi.
Xaskash. Og‘ir turmushni anglatadi, ammo siz bu qiyinchiliklardan girromlik bilan chiqib ketishni istar ekansiz. Agar qo‘lingizda xaskash bilan dalaga borayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda o‘zgalarning etishtirgan hosilidan ustalik bilan foydalanasiz.
Xiyobon. Kimki tushida go‘zal, daraxtlar bilan o‘ralgan xiyobonda sayr qilib yursa, tez orada xorijiy safarga ketadi yoki hayotida quvonchli hodisalar ro‘y beradi. Agar tushdagi xiyobon qorongi bo‘lsa, o‘ngdagi ishlar chalkashib ketadi.
Xiyonat. Agar tushingizda birontasi sizga xiyonat qilgan bo‘lsa, yaqinlaringiz o‘ngingizda aldamaydi. Uzingiz kimgadir tushingizda xiyonat qilgan bo‘lsangiz, }shgingizda sizni baxtsiz hodisa kutadi.
Tushingizda kimgadir qora ishlarida yordam bersangiz, o‘ngingizda ahmoqona ishlaringiz tufayli kimdir jafo ko‘radi. Tushingizda mahbubangiz xiyonat qilsa, o‘ngingizdagi rashk olovi so‘nadi va munosabatlaringiz avvalgidek qalin bo‘ladi.
Choyshab. Tushingizda choyshab yuvayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizdagi xafachilikka ishoradir; oilangizda janjal bo‘lib, turmushingiz buzilishgacha boradi. Kambagal odam tushida yuvilgan va dazmollangan choyshab ko‘rsa, o‘ngida ro‘shnolik ko‘radi.
Agar birovlar o‘z choyshablarini yuvayotganlarini ko‘rsangiz, o‘ngingizda siz janjalga aralashib qolib, obro‘yingazga putur etadi. Agar tushingizda yuvilgan choyshabni dorga osayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda boy merosga ega bo‘lasiz.
Chopon. Tushingazda keng va uzun choponga o‘ralib olgan bo‘lsangiz, o‘ngangazda sizni kasallik kutadi, bundan tashqari ishlaringizda muammolar tug‘iladiki, ularni bartaraf qilishingiz qiyin kechadi. Agar tushingazda uni yo‘qogsangaz yoki o‘girlab ketishganini ko‘rsangiz, u holda o‘ngingazda barcha muammolar changalidan osongina chiqib ketasiz.
Chumchuq. Agar tushingizda ko‘p chumchuqlarni ko‘rsangiz, o‘ngingizda, bilingki, hech narsani osongina qo‘lga kirita olmaysiz, birovlarning yordami sizga etishmaydi. Chumchuq chirqillashi , g‘iybatga ishora.
Chuqurlik. Kimki tushida chuqurlik ichida bo‘lib qolsa, o‘ngda ishlarning yurishmasligadan dalolat, bundan tashqari tush ko‘ruvchining qiziquvchanliga yaxshilikka olib bormasligini anglatadi. Agar chuqurdan chiqib olsa, kutilmaganda omad yor bo‘ladi.
Cho‘milish hovuzi. Tushingizda hovuzda cho‘milayotgan bo‘lsangiz, boz ustiga hovuzdagi suv tiniq bo‘lsa, o‘ngda ishlaringiz yaxshi bo‘lib, jamiyatdaga mavqeingiz mustahkamlanadi.
Shamol. Tushda shamolning qattiq esishi — o‘ngdagi tez o‘zgarishlarga va zudlik bilan yuborilgan xabarga ishora. Agar tushingizda shamoldan yiqilishdan qo‘rqib bir narsani ushlab turgan bo‘lsangiz, o‘ngangizda qiyinchilik bilan qashshoqlikdan chiqib olasiz.
Shamol tegirmoni. Tushingizda shamol tegirmonini ko‘rsangiz, o‘ngingizda tabiat qo‘ynida tarallabedod qilib yurasiz. Agar tushingizda shamol tegirmoni yurayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda sizni omad kutadi.
Sharmandalik. Tushda o‘zni sharmandali ahvolda ko‘rish — o‘ngdagi befarqlik tufayli muhim bir hujjatni yo‘qotishga ishora.
Sharshara. Tushingizda tiniq suvli sharsharani ko‘rsangiz, o‘ngingizda uyingizga baxt kirib keladi, bolalaringiz soglom bo‘ladi.
Sharob saqlanadigan erto‘la. Bo‘m bo‘sh erto‘lada bo‘lib qolish, sevishganlar uchun o‘ngda baxtiyorlik nishonasidir. Bevalar tushlarida sharob saqlanadigan erto‘lada bo‘lib qolsalar, o‘nglarida ikkinchi marta turmush quradilar, ammo bu turmush sovigan oshdek bo‘ladi. Agar erto‘lada sharob to‘la xumlarni ko‘rsangiz, o‘ngingizda boylik topasiz.
Shahar. Tushda katta shaharni ko‘rish katta maqsadlar va intilishlar ramzidir. Katta shaharga tushingizda kelgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda shaxsiy rejalaringiz amalga oshadi. Qishloq odamlari tushlarida katta shaharni ko‘rsalar, orzulari puch ekanligiga, agar shaharliklar ko‘rsa, daromadlarining oshishiga ishora.
Kimki tushida katta shaharda ishlayotgan bo‘lsa, o‘ngida mehnati behuda ketadi. Agar katta shahar qurilishida ishtirok etayotgan bulsangiz, o‘ngingizda foydali loyihada qatnashasiz va bu narsa sizning kelajagingiz uchun foydali bo‘ladi.
Yuzparda. Agar ayol kishi tushida yuziga yuzparda tutib yurgan bo‘lsa, demak, uning o‘ngida bir siri borki, oshkor bo‘lishidan qo‘rqadi. Tushdagi qora parda azadorlikka, dafn marosimlariga, xafachilik va qayguga ishoradir.
Yuk. Tushingiyeda yuk ko‘rsangiz o‘ngingizda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelasiz. Agar boshqalar yukni ortayotganlarini ko‘rsangiz, o‘ngingizda o‘zingizning engil tabiatingiz va hushyor emasligingiz tufayli katta janjal bo‘ladi.
Tushingizda o‘eingiz ogir yuk ko‘tarib ketayotganingizni ko‘rsangiz, o‘ngingizda osonlik bilan tirikchilik qilolmaysiz, o‘z yogingizga o‘zingiz qovrilib, atrofda nimalar bo‘layotganligini sezmaysiz. Tushda yukingizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, oilangizda ko‘ngilsizliklar bo‘ladi. Kimdir tushingizda yukingizni ko‘tarishda yordam berayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda ishonchli do‘st orttirasiz.
Yutuq. Tushingizda biron narsada yutib chiqsangiz, merosga ega bo‘lasiz, ammo biron o‘yinda girromlik bilan yutsangiz, o‘ngingizda bor narsangizni qo‘ldan chiqarasiz.
Yalangoyoqlik. Tushingizda yalangoyoqligingizni ko‘rsangiz, o‘ngingizda ko‘p tashvishlarni boshingizdan kechirasiz. Agar oyoqlaringizni ayab bosayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda do‘stlaringiz mushkul paytlaringizda qo‘llab-quvvatlar ekanlar. Agar yalangoyoqbo‘lib uzoq yo‘lga ketayotgan bo‘lsangiz, u holda o‘ngingizda sizni boylik va martaba kutadi.
O‘g‘ri. Kimki tushida o‘g‘rini jinoyat ustida ushlab olsa, o‘ngida aldov va firibni fosh qiladi va ortiqcha tashvishlardan qutuladi.
Qaytish. Tushingizda uzoq yo‘q bo‘lib ketgan odamning qaytganini ko‘rsangiz, o‘ngingizda umidingizni uzgan bir ishdan yaxshigina daromad olasiz.
Qarg‘a. Tushda qarg‘ani ko‘rsangiz, o‘ngingizda zinokorlik ishlaringiz tufayli oilangizda janjal sodir bo‘ladi. Agar boshingizda qarga aylanayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda xavfu xatar bor. To‘da qarg‘alarni ko‘rish — aldovga ishora.
Qashshoq. Tushda qashshoq yoki bir nechta juldurvoqi kiyingan odamlarni ko‘rish — o‘ngdagi tashvishlarga ishora.
Qish. Tushingizda yoz oyi bo‘lsayu unda qish sovugini ko‘rsangiz, o‘ngingizda ishlaringiz va savdoingizda to‘siqlar paydo bo‘ladi. Umuman, agar harbiy kishilar tushlarida qish bo‘lganini ko‘rsalar,o‘ngda kunlarini ko‘ngilli o‘tkazadilar, dehqon esa o‘ngida mo‘l hosil oladi. Uylanish yoki turmushga chiqish arafasida turgan yoshlar tushlarida qish sovug‘ini ko‘rsalar, o‘nglaridagi munosabatlari ham sovuq bo‘ladi.
Qo‘y. Agar tushingizda o‘tlab yurgan qo‘y podasini ko‘rsangiz, o‘ngingizda orzularingiz amalga oshadi. Qo‘ylarning ma’raganlarini eshitsangiz, ungingizda oilaviy baxt va hurmat- e’tiborga dalolat.
Qo‘rquv. Tushda nimadandir qo‘rqsangiz, o‘ngingizda tashvish tortasiz, ammo bu tashvishlar yaxshilik bilan tugaydi. Agar tushingizda qo‘rqmayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda ishlaringiz tez rivojlanib ketadi.
G‘azab. Agar tushingizda g‘azablanganingizni ko‘rsangiz, o‘ngingizda ko‘ngilsiz bir suhbatda ishtirok etasiz yoki biron janjalga boshchilik qilasiz.
G‘am-anduh. Tushingizda g‘am-anduh cheksangiz, o‘ngingizda taqdiringiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.
Hamyon. Tushda hamyon ko‘rish — o‘ngdagi faryuvonlik va oilaviy tinchlikka ishora. Agar hamyon topib olsangiz va uning ichida to‘la pul bo‘lsa, o‘ngingizda boyib ketishingizdan dalolat.
Hammom. Agar hammomda ayol kishini ko‘rsangiz, o‘ngingizda tushkun kayfiyatga tushasiz, erkak kishini ko‘rsangiz, moddiy jihatdan qiiinchilik bo‘ladi.
Hid. Tushdagi yoqimli hid — o‘ngdagi yaxshi xabarlarga, qo‘lansa hidlar — o‘ngdagi tashvish hamda muammolarga ishora. Agar yoqimli hidli narsalar sovg‘a qilinsa, yaxshi xabarga dalolat. Agar tush sohibi xushbo‘y narsalarni sepgan bo‘lsa, o‘ngida hurmat va sharafga ishora.
Ammo tush sohibi sochiga xushbo‘yliklar sepgan va uni bo‘yagan bo‘lsa, o‘ngdagi ko‘ngilsiz voqealardan xabar beradi. Kimki tushida hidli narsalarni tayyorlab, kimlargadir sovg‘a qilsa, o‘ngida manfaat oladi.
Tushingizda homilador bo‘lganligingizni ko‘rsangiz— Tushda homiladorlikni ko‘rish — o‘ngdagi yangi rejalar bilan bogliq tashvishlarga ishora. Agar kimki tushida chiroyli homilador ayolni ko‘rsa, o‘ngida ter to‘kib qilgan mehnatiga yarasha foyda ko‘radi. Homilador bo‘lgan xunuk, badbashara ayolni ko‘rish buning aksidir.
Agar yosh juvonlar tushlarida homilador bo‘lganlarini ko‘rsalar, arazlashib qolgan qalliqlari bilan yarashib, baxtli hayot kechiradilar, qari xotinlar o‘zlarini homilador ko‘rsalar, o‘nglarida kasalga chalinadilar, bemorlar bunday tush ko‘rsalar, o‘limga ishoradir.
Agar ayol kishi tushida homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘sa, o‘ngidagi hamma ishlari yaxshi bo‘ladi. Qarzi ko‘p bo‘lgan odamlar tushlarida homilador ayolni ko‘rsalar, o‘ngdagi holatlari biroz engillashadi. Turmushga chiqmagan qizlar o‘zlarini homilador ko‘rsalar, o‘nglarida sharmandali holat sodir bo‘ladi.
Tushda ho‘kiz ko‘rish— Tushda ho‘kizni ko‘rish — o‘ngdagi sadoqatli do‘stga ishora. Qo‘shga qo‘shilgan ho‘kizni tushingizda ko‘rsangiz, o‘ngingizda mushkul paytlaringizda do‘stlaringiz sizni yolg‘iz qoldirmasliklariga guvoh bo‘lasiz. Agar ho‘kiz yuk tortayotganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda ko‘p muammolarga duch kelasiz. Agar ular g‘ayrioddiy harakat bilan oldinga siljiyotgan bo‘lsalar, o‘ngingizda muhabbat masalasida omad.
Izohlar 2