Tush ta’biri o‘zbek tilida

Tush ta’biri o‘zbek tilida
Tush ta’biri o‘zbek tilida


Tush ta’biri haqida

Insonlar tush ko‘rishlari toki ular hayotda yashar ekanlar bu tush ko‘rishlar davom etadi. Tush ta’birlari ham shunga qarab ta’birlanadi. Tush hammasi ham to‘g‘ri bo‘lmaydi, unga ishonib ish qilish noto‘g‘ri. Tushlar sizni kayfiyatingizni va ko‘p charchoqdan keyingi tushlar bo‘lishi ham mumkin. Ya’na shu bilan birga e’tibor berish kerak, bu fasllarga.

Yoz oyida tushlar eng to‘g‘ri tushlar deb aytiladi. Siqilgan yoki charchoq vaqtidagi tushlar to‘g‘ri xisoblanmaydi, ular bu omillarning mevasi deyiladi. Olimlarning fikricha tushlar 10% to‘g‘ri, 90% turli sabablar tufayli kelib chiqqan ruhiy va jismoniy bezovtalik.

E’tibor bergan bo‘lsangiz yaxshi tushida mamnun bo‘lsalar joyida qimirlamay yotishadi, xuddi g‘aroyib narsalarni ko‘rib yotganday. Ularni tushi o‘zgarganda esa ular holatlarini o‘zgartirishadi, yonga yonboshlashadi. Ko‘zi sal ilingan ham tush ko‘radi va esda koladi. Sizni shirin tushdan uyg‘otib yuborishsa siz tushingizni chala eslab kolar ekansiz.

Yosh bolalar tush ko‘rishigae’tibor bersak, ular ko‘p tush ko‘rishadimi yoki biz kattalarmi? Bu esa bizga xali-ham jumboq bo‘lib kelmoqda. Amma biz shuni bilamizki kattalar va bolalar tushlari bir-biridan butkul farq qiladi.

Yosh bolalarni kuni bilan ko‘p xarakatlari va maktabdan keyin charchab tush ko‘rishlari tabiiy. Ularni tushlari , tushunarsizroq desa ham adashmagan bo‘lamiz, bu ularning kuni bilan qilgan harakatlari evaziga.

Bu 3-13 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalarga tegishlidir. Biroq 13-17 yoshdagi o‘smirlar, balog‘at davriga kirish vaqti bo‘lgani uchun jiddiy tushlar ko‘rishadi. 13 yoshgacha va undan kattalarni jismoniy mehnati bir biridan farq qiladi.

Masalan: kattalar tushlarida ot minsalar martabaga erishishlariga yo‘yilsa, bolalarniki biroz boshqacha talqin qilinadi; bolalar tushlarida ot minsalar kimningdir yordami bilan o‘zlarining oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishadilar. Aslida tush ko‘rish va uning ta’biri inson ruhiyatiga bogliq.Tushunarsiz tushlarga xozir sabab internet deyishadi, olimlarimiz.

Yoki tushda olma ko‘rish kattalarning tushlarida janjalga yo‘yilmaydi, ammo o‘smirlar olma ko‘rsalar, o‘nglarida kimlar bilandir janjallashadilar yoxud urishadilar. Binobarin, bolalarning ruhiyati bilan katta yoshdagilarning ruhiyati bir xil emas.

Kayfiyat shunday narsaki, tush ko‘ruvchiga olamni chiroyli taraflarini ko‘rsatadi. Aytishlaricha, dunyodagi 12% insonlar oq-qora rangda tushlar ko‘rar ekanlar. Qolgan insonlar tushlarini rangin ko‘radilar. Faqat, bolalar har doim rangin tush ko‘radilar.

Bu dunyofiy tarafdan qaralganda. Diniy tamondan qaralganda tushlar kirishi bo‘yicha 3-guruhga bo‘linadi.

Xushxabar tushlar.
Ogohlantiruvchi tushlar.
Bashorat mazmunidagi tushlar.
Xushxabar tushlar

Mehribon Robbim bandalariga tush ko‘rish uchun farishta yaratibdi. Bu farishta u “Tush farishtasi” dey ataladi.

Tush farishtasi Allohning amri bilan, dunyo va oxiratga oid xushxabarlarni odamlargan yetkazadi. Bunday tush ko‘rganlar Allohga beadad shukurlar aytishi kerak. kambag‘allarga imkon darajasida sadaqa berishi o‘rinli amaldir. Bu esa qo‘rqinchli tushlar ko‘rishdan qutuladi.

OGOHLANTIRUVCHI TUSHLAR

Agar odam xatolarga qilsa yoki Allohni eslashdan uzoqlashsa, Mehribo Robbim tush farishtasi bilan bandasini o‘ziga keltirish uchun ogohlantiruvchi tushlar ko‘rsatadi. Albatta aqlli banda bunday tushdan keyin tavba qiladi, Yaratganga eslaydi. Bandalik vazifalarini ado etishga etadi.

BASHORAT TUSHLAR

Allohning amri bilan tush farishtasi bandalarining bashorat beruvchi tushlar ko‘rishini ta’minlaydi. Inson tushida haj ziyoratiga boradi. Qur’on o‘qiydi, toat-ibodat, zakot va sadaqa, namoz, ro‘za kabi farzlarni ado etadi. Ko‘pgina savobli ishlarni qiladi. Bunday tushlar Tangrining bandasiga bashorat tushlari deyiladi

Kimning tushlari to‘g‘riroq bo‘ladi.

-payg‘ambarlarniki

-podshohlarniki

-kambag‘aldan ko‘ra boyniki

-bemor kishidan ko‘ra, sog‘lomniki

-dinsiz kishidan, ko‘ra dindorniki

-ilmsizdan kishidan ko‘ra, ko‘ra ilmli kishini tushlari to‘g‘ri bo‘ladi.

Agar inson yomon tush ko‘rsa nima qilishi kerak?

Chap tamoniga 3- marta tupurish kerak va Allohdan panoh tilasin.
Suvga borib tushini aytsin va shunday deb aytsin: suv qayerga oqsa bu tush yomonligi ham uzi bilan oqqizib ketsin.
Suga tuz solib uni aralashtirib shunday deb aytsin: tuz yo‘q bo‘lib ketgani kabi yomonlik ham yo‘q bo‘lib ketsin
Qog‘ozga yozib yoqib yuborsin
Bu ota bobolarimizdan qolgan maslag‘atlar.

Agar yaxshi tush ko‘rsa.

Oynaga borib tushini aytib berib, tushim amalga oshsin desin

tush ta’biri o‘zbek tilida
 

ÐаÑÑинки по запÑоÑÑ Ð°Ð²Ð°Ð½Ð·Ð°Ð»

Tushda avanzal ko‘rish-tushda aeroportda avanzalni ko‘rsangiz aldovga deb ta’bir qilinadi.

Tushda siz adashsangiz. Agar siz yo‘ldan adashib qolsangiz va u yo‘l topa olmasangiz, boshingizdan turli-xil sarguzashtlarni o‘tkazasiz.

Soviq — Bunday tush janjalga deb ta’bir qilinadi, bu kelishmovchilikda sizning aybingiz yo‘q.

Tushdagi ajdarho — Tushda ajdarni ko‘rsangz, omad va bu katta shov-shuvlar.

Ayol kishi—shuni bilinki tushdagi ayol bu o‘z qalbimiz ekan. Agar siz tushingda orasta, chiroyli ayol ko‘rsagiz, siz o‘zingizni yaxshi his qilmoqdasiz. Agar z tushingizda xunuk ayol ko‘rsaniz, o‘ngingda o‘z qilayotgan ishingizga e’tiborliroq bo‘ling.

Balkon tushda ko‘rsangiz— o‘ngizda ishlaringiz yaxshi bo‘ladi. Qizbola ayvonda o‘tirganini ko‘rsa, uni baxt kutadi.

Agar tushga ayiq kirsa-— Tushdagi ayiq, do‘stingizdan ehtiyot bo‘lingi. Ko‘rinishi siz o‘ylaganday emas.

Agar tushingizga aka-ukalaringiz kirsa—bu tush shuni ta’bir qiladiki, o‘ngingizda sizni sarguzashtlar kutadi

Tushga akvarium ichida baliqchalar kirsa— akvariumdagi baliqchalar, o‘ngingda sizni kichkina ko‘ngilsizlik kutadi va siz lekin bulardan oson qutulib qolasiz.

Tushda akulasangiz—tushdagi akula, xavf. Ehtiyot bo‘ling.

Tushingizda alla eshitsangiz— Tushdagi alla, o‘ngingda kutilmagan quvonchdan darak.

Muallim— muallimani ko‘rsangiz, aldamang bu baribir oshkor bo‘ladi.

Tushda dori ichsangiz— bosh og‘rig‘iga qarshi dori ichsangiz, o‘ngingizda kasalga chalinasiz. E’tiborli bo‘ling.

Ananas mevasini—tushda ananasni ko‘rsangiz, o‘ngingdagi huzur-halovatdan dalolat.

Savolnoma—savolnomani to‘ldirayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling,kimdur sizga qitmirlik uchrashingiz mumkin.

Anor mevasi—tushda anor ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘ngingizga ko‘zyosh to‘kishni bildiradi, nimagadir xafa bo‘lib yig‘laysiz.

Televizor, radio antenasi—bu tush odamlar sizga qanday munosabatda ekanligini bilolmaysiz.

Tushda apelsin mevasini ko‘rish— muxim tanishuv. Sizga bu tanishuv foydali bo‘ladi.

Ariq kirsa— tushingda ariqda to‘lib suv oqsa, o‘ngingda hammaniyatlariz ushaladi.gar suv tiniq bo‘lsa.

Arslon kirsa— tushga arslon bilan birga bir qafasda bo‘lsangizda, mustahkam do‘stlikka.

Archa kirsa—vaqtincha yolg‘izlik.

Asal kirsa— Agar tushingizda qoshiqlab asal yesangiz, bu farovonlik va kelajakdagi baxtni bildiradi.

Tushingizda atir sepsangiz—bunday tush, siz insonlarga qattiq qo‘l ekansiz . muloyimroq bo‘ling.

Tushda atlas ko‘ylak—qiz bola tushida atlas ko‘ylak ko‘rsa, o‘ziga judo ortiq baho berar ekan.

Qimmatba tosh aqiq—muvaffaqiyatga.

Tushda balchiq ko‘rish—hamma qiyinchiligingizga o‘zingiz aybdor ekansiz.

Kartoshkani tushda ko‘rsangiz—qiyin kunlarga ishora.

Tushda baqlajon ko‘rsangiz—baqlajon eksangiz yoki undirayotgan bo‘lsangiz, bu omadga.

Tushda bahor kelganini ko‘rish—agar siz bahor kelganligini his qilsangiz, o‘ngingda ishlaringiz yaxshi bo‘lar ekan.

Nordon behi—ko‘ngilsizlik.
Tadbirkor—tushingda tadbirkorni ko‘rsangiz, o‘ngingda ehtiyot bo‘ling, kimnidur omonatini yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

tushda bodringko‘rsa— bodring ko‘rsangiz, o‘ngingizda biron ishingiz uchun maqtaydilar.

Tushga bozor kirsa—shovqun-suronli bozorni ko‘rsa, o‘ngingda qiziq voqealarga duch kelasiz.

Tushda boylik—siz tushda boylik ko‘rsangiz — siz kim bilandir do‘stlashishizga ishora.

Tushda boyqush ko‘rish—ehtiyot bo‘ling, bu xavf.

Boksni ko‘rish— boks musobaqasini tamosha qilsangiz, o‘ngingizda biron narsani boy berasiz.

Tepalikni tursangiz—bu tush niyatiz ushalishidan darak beradi.

Tushda botqoqlik ko‘rish—bu tush, o‘ngdagi xavfdan dalolat.

Qora bulut-yomonlik yoki janjal.

Tushda burgut ko‘rsa-tushda burgut ko‘rish yaxshilikka.

Semiz buqa ko‘rish— mustahkam sog‘lik, ishlardagi omad.

Tushga bug‘u kirsa— shoxdor bug‘i ko‘rsanigiz, martaba, niyatlaringiz ushaladi.

Tushda bo‘rini ko‘rsangiz—bu tush dushmaningiz ichingizda ekanligi xaqida ogohlantiradi. Ehgiyot bo‘ling.

Tushda bo‘ron turganini ko‘rish— taqdiringda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Tushda ilon ko‘rish— Agar zaharli bo‘g‘ma ilon ko‘rsagiz, ishingiz xaddan ziyod ko‘payib ketadi, xech nimaga vaqt topa olmaysiz.

Velosiped ko‘rgan qiz bola—giybatdan ehtiyot bo‘lsin.

Tushga vodiy kirsa— vodiy bu osuda hayot demakdir.

Tushda gazeta ko‘rsa—yolg‘on va g‘iybatga ishora.

Tushda gilam ko‘rsangiz—chiroyli gilam tushda, baxtga erishishdir.

Tushdagi dazmol— achchiq tanqid va o‘z qilmishlaringdan uyalish.

Gullagan daraxt— umidlarning ro‘yobi.

Tushga daryo kirsa nima bo‘ladi—bu hayot tarzi va taqdiridir. Agar sizni tushingizda daryo bir maromda oqayotgan bo‘lsa, hayotingiz tinch va zerikarli ekan. Agar daryo to‘lqinlanib oqayotgan bo‘lsa, demak, o‘ngingda ko‘p qiziq voqealarni ko‘rasan, tashvishing ham ko‘p bo‘ladi.

Tushda daftar ko‘rish-sizdan nimanidur sir tutishmoqda. Ichi to‘la yozilgan daftar ko‘pchilik bilan suhbat qilar ekansiz.

Tushda delfin ko‘rsangiz--bu do‘stlik ramzi. O‘ngigizda yaxshi do‘stlaringiz paydo bo‘lishiga darak.

Tinch oqayotgan dengiz tushga kirsa— o‘ngingda ham tinchlik-xotirjamlik va hayoting yaxshi bo‘lishiga

To‘lqinli dengiz tushga kirsa—yaxshi va yomon hodisalar ekan.

Tushda deraza ko‘rsa nima bo‘ladi—agar u ochiq bo‘lsa siz ishonuvchi va ochiq inson ekansiz. Agarda deraza yopiq parda bilan to‘silgan bo‘lsa bu xudbinligingizga ishora.

Divan ko‘rish-sokin va erinchoq hayot tarziga ishora.

Dush ko‘rish—tushda dushda cho‘milganizni ko‘rsangiz, chin do‘stlaringiz kam ekan.

Yolg‘on gapirsangiz—o‘ngingizda qilgan ishingizga jazo olasiz

Jo‘jani ko‘rsangiz—bu sizning zaifligingizdan dalolat.

Ziyofat ko‘rish—bu sizga omadsiz.

 Ilon— yovuzlik, dushman, g‘iybat, yo‘l, safar,boylik, mulk.

 Tushdagi it—it sizga qaramasa sovg‘aga.

It akllashi,kimdir sizga dushmanlik qiladi. It agar yengizni tishlasa, o‘ngingda yaqin odamlarizdan biri sizni aldaydi.
Tushda yo‘lbars ko‘rsangiz—yaqin odamingizni xiyonati sizni uzoq vaqt esankiratib qo‘yar ekan.

Tushda kamalak ko‘rsa—bu yaxshilikka, umidlar ushalishiga.

Tushga kelin kirsa— o‘ngingizda sizni yaxshi bir o‘zgarish kutadi.

Tushda kulol ko‘rsa— agar bunday tushni kiz bola ko‘rsa, o‘ngida qivonishidan darak.

Tushdaga kutubxona-bu tush yangi do‘stlar bilan topishishizga ishora.

Ko‘zguga qarasa—o‘z xatolaringizni ko‘rasiz.

Yangi ko‘ylak-bu kiyish hayotning yangilanishi

Ko‘prik—tosh ko‘prik bu, o‘ngingizda sizga yordam beradigan odam ishonchli ekan. Agar ko‘prik yogochdan bo‘lsa yoki osma ko‘prik bo‘lsa, u holda hech kimga ishonmasligingiz kerak. Faqat o‘zingizga ishoning.

Lampochka—agar siz lampochkani burayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingda biron voqeaning sababchisi bo‘lib qolassiz.

Mayiz—mayiz yesangiz,mayda-chuyda ko‘ngilsizliklarga. Agar siz mayizni yuvayotgan bo‘lsangiz,o‘ngingizda g‘iybatga qolasiz. Tushda mayiz sotib olash, o‘ngingda quvonasiz.

Mandarin-yaqinda bo‘ladigan bayramga ishora.

O‘likni narsa berishi—bu tush boylik va soglikka ishoradir.

Maqbara kirsa—eng katta orzularga ishora.

Tushda uyga mehmon kelsa—kutilmagan xabarga ishora

Tushga momaqaldiroq kirsa—momaqaldiroq guldirashini eshitish, o‘ngingda ko‘ngilsiz voqea yoki janjal sodir bo‘ladi.

Tushga mushuk kirsa— bu o‘ngingdagi dushmaningdir va u tez orada sizga hujum qiladi. Agar

Tushda non do‘koni—bunday tush rizqni keng bo‘lishini ta’bir qiladi.

Tushda olma -bu tush janjal, bahslarga ishora.

Tushingizda xursand turgan onangizni ko‘rsangiz— Tushingda onangni ko‘rsang, o‘ngingda ko‘ngilli hodisa ro‘y beradi.

Tushda paypoq—bunday tushlar tez tugaydigan ko‘ngilsiz hodisa.

Paxta— mayda- chuyda narsalarni xarid qilish.

Piyoz— kayfiyatning buzilishi.

Tushda sabzi — bu o‘ngdagi uyalish.

Sayr qilish-bunday tushdang so‘ng, do‘stlaring bilan uchrashar ekansiz.

Sartaroshxona— uyingizdan uzoqqa ketmang.

Sehrgar—bu tush ishongan do‘stingiz sizga xiyonat qiladi.

Sigir— ota-onangiz yaqin orada maosh olar ekan.

Tarvuz ko‘rish— tarvuz ko‘rish o‘ngdagi yangi bir xabar olishga ishora.

Televizor ko‘rish—bu yolg‘on, giybat, tuhmatga deb ta’bir qilinadi.

Tushda tovuq—agar siz tushingda tovuq don cho‘qiyotganini ko‘rsangiz, o‘ngingda hammasi yaxshi bo‘ladi. Agar tushingizda tovuq behudaga qaqolayotgan bo‘lsa, o‘ngingda biroz kasallanishing mumkin yoki qandaydir ko‘ngilsiz hodisaga duch kelasiz.

Tushga toy kirsa-yaxshi kunlarga ishora.

 Tushda tun ko‘rsa—o‘zingizni tunda turganingizni ko‘rsangiz. O‘ngingizda ko‘ngilsiz narsadan dovdirab qolasiz.

O‘lish— umringiz uzoq, soglig‘ing a’lo bo‘ladi.

Tug‘ilgan kunni nishonlash— hasadchilarga ishora.

To‘zon ko‘rsa— o‘ngingizdagi arzimagan narsalarga kayfiyatingiz buziladi. E’tiborsiz bo‘linga harakat qiling.

Tushda to‘lqinlarni ko‘rsangiz— bu shaxsiy hayotingizdan xavfsiraganingizni yoki hayotingizdagi voqealardan hayratingizni anglatadi. Agar tushda to‘lqinlar kulsiz bo‘lsa, biroz notinch bo‘lasangiz yoki hayotingizda bir qancha voqealar sodir bo‘ladi. Agar tushingdagi to‘lqinlar kuchli bo‘lsa, o‘ngingda zarar ko‘rishingizga deb ta’bir qilinadi.


Tushda to‘ng‘iz ko‘rsa-siz o‘ngingizda jaxlingiz chiqadi.

Tushda uzum ko‘rish— ko‘z yoshga ishora bo‘ladi.

Tushdagi uzun soch— juda ham uzun soch, o‘ngingda safarga chiqasiz.

Tushda uy— baland, mustahkam qurilgan uy, o‘ngingizda o‘z kuchingizga ishonasiz va bu muhofazalanganliging alomatidir. Agar tushingda siz kichkina, xarobgina uy ko‘rsangiz, odamlardan uzoida yuring. Agar chayla ko‘rsangiz, taqdir zarbalaridan o‘zingni himoyasiz his qilasiz. Ammo yaxshi kunlar kelishidan umidingiz aslo so‘nmaydi.

Uchar ilon—ishlarning rivojlanishidan dalolat.

Farroshni ko‘rish-tushingizda ko‘cha supurayotgan farroshni ko‘rsangiz, o‘ngingizda do‘stlaringiz va ota-onangiz bilan munosabatlaringizni aniqlashtirib olishingiz kerak.

Folbin ko‘rish-kimdir sizga hasad qilayotganligini anglatadi.

Xiyobon. Tushingda xiyobonda yurgan bo‘lsang, o‘ngingda mayda-chuyda, ammo ko‘ngilsiz muammolarga duch kelasan.

Tushda xona ko‘rish-qizbola chiroyli bezatilgan xonani ko‘rsa, o‘ngida baxt unga hamroh bo‘ladi.

Chiroyli bola— Bunday tushni xoh o‘g‘il bola ko‘rsin, xoh qiz bola, ehtiyot bo‘lsin, yuragiga muhabbat oralayapti.

Tushda xo‘roz ko‘rsa— Agar tushingda xo‘roz qichqirayotgan bo‘lsa, biron odamdan muhim bir yangilik eshitasan. Agar xo‘roz boshqa bir xo‘roz bilan urishayotgan bo‘lsa, o‘ngingda urishayotgan o‘rtoqlaringni yarashtirib qo‘yasan. Xo‘roz shunchaki hovlida gerdayib yurganini ko‘rsang, o‘ngingda yangi libos kiyar ekansan.

Tushda cho‘milganizni ko‘rsangiz—bunday tushlar yaxshilikka yo‘yiladi.

Tushda shamol esganini ko‘rsangiz—bunday tush sizni do‘stlaringiz siz uchun xarakat qila boshlaydi. Agar yuzingizga shamol essa va yurishga qiynalsangiz. Dushmanlaringiz niyatingizga yetishishingizga to‘sqinlik qilishadi.

Tushda sharbat—agar siz tushingda sharbat tayyorlayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingda sizni sovg‘a kutadi, agar sharbat ichayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingda o‘rtoqlaring bilan behudaga gaplashib o‘tirasiz.

 Tush emayotgan go‘dak—tushda emayotgan go‘dakni ko‘rsa — o‘ngdagi ko‘p tashvishlar.

Etik ko‘rsangiz— etik ko‘rsangiz, kiysangiz, safarga chiqishingizga qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Eshik—niyatiz amalga oshishiga ishora.

Tushda yulduzlarni ko‘rsa— tiniq osmondagi yulduzlar porlashini ko‘rsangiz umid va ezgulikka yo‘yiladi. Agar yulduzlar bulutlar ortidan mo‘ralab turganligini ko‘rsangiz, ungingda har qanday muammolarga qaramay, hayotda quvonasiz. Tushingizda yulduz uchib yerga tushsa, o‘ngingda garchi qiyinchilik bilan bo‘lsa ham omadga erishasiz.

Tushda yalangoyoq yurish— yalangoyoq yurganingizni ko‘rsangiz, o‘ngdagi ishonchsizlik.

Yangi libos kiyish-tushda yangi libos kiyish taqdirning o‘zgarishi.

O‘lgan qarindosh yoki tanish. Agar tushingda o‘lgan qarindoshing yoki tanishing biron gap aytsa, o‘sha gapning rostligiga ishoning yoki uning aytgan gapi bashoratdir.

Tushda o‘rmon ko‘rsa— Agar tushingda quyuq ko‘kalamzor o‘rmonni ko‘rsang, o‘ngingda o‘zingni kuchli va g‘ayratli bo‘lasiz. Har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lasiz.

Qaynar buloq ko‘rsa—tushingda qaynar buloq ko‘rishingiz va undan goh-gohida suv otilib chiqayotganligini tomosha qilib turishingiz, o‘ngingda bir kunmas bir kuni yuragingda borini to‘kib solishingizni ta’bir kiladi.

Qaldirg‘och tushda— Tushda qaldirg‘och ko‘rish o‘ngdagi yaxshi xabarga deb ta’bir qilinadi. Agarda tushingizda qaldirg‘och in qo‘yayotganligini ko‘rsangiz, uyga farovonlik va baxg kirib keladi. Tushingda yaralangan yoki o‘lgan qaldirg‘ochni ko‘rsangiz, o‘ngingda qayg‘uni boshdan kechirasiz. Qaldirg‘ochning tinmay vijirlashi ezgu nasihatdir.

Qovoq tushda—agar tushingizda qovoq ko‘rsangiz, o‘ngingizda ushalmagan orzularingiz ham amalga oshadi.

Qovun ko‘rsa— Tushingda qovun ko‘rsangiz, o‘ngingda istaklaringiz bajarilar ekan.

Qoplon ko‘rsa—Tushingda qoplon ko‘rsangiz, bilinki, siz hammani hayron qoldiradigan bir ish qilmoqchisiz, ammo bu qo‘lingdan kelmayapti.

Qorni tushda ko‘rish— Tushda oppoq qorni ko‘rish — qalbingiz yonishini sovutishga ishora. Ehtimol, tushingda qor ko‘rsangiz, o‘ngingizda yaqin odamingizdan hafsalangiz pir bo‘ladi. Tushingda qor yog‘ayotganligini ko‘rsangiz, o‘ngingda tanishlaringizdan biri haqidagi fikringizni o‘zgartirishga majbur bo‘lasiz.

Qochish tushda— Tushingda biron narsadankochsangiz — yong‘indan, suv toshqinidan yoki vahshiy hayvondan qochib ketayotganligingizni ko‘rsangiz, ungingizda har bir ishingizni o‘ylab qilishingiz kerak.

Qo‘y ko‘rsa— Tushingda qo‘y ko‘rsangiz, bilinki, atrofingdagilar sizning xayoliy qobiliyatingizga shubha bilan qarashadi, aslida esa bunday emas.

Qo‘g‘irchoq tushda— Tushingda qo‘g‘irchoq ko‘rsangiz, bilinki, o‘ngingizda siz birovlarning ta’siridan qutulib chiqib ketolmaysiz, deb o‘ylar ekansiz. Lekin kuch to‘plashingiz va boshqalar ta’siridan qutulishingiz kerak.

G‘azab tushda— Tushda o‘zingiz yoki birov g‘azablansa, o‘ngdagi omadsizlikka ishora.

G‘oz tushda— Tushingda g‘oz ko‘rsangiz, ehgiyot bo‘ling. Sizga ochiqchasiga ro‘para kelolmaydigan raqibingiz yashirin zarba bermoqchi. Bu mayda ko‘ngilsizlik bo‘ladi, ammo sizning g‘ururingizga qattiq tegadi.

Tushga hammom kirsa— Tushingda hammom ko‘rsangiz, o‘ngingizda o‘z sog‘lig‘ingizga e’tibor qilishingiz kerak. Hammom xodimi. Tushingda hammom xodimi o‘z vazifasini ado etib turganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda o‘zingizga yoqmagan bir odam bilan tanishasiz. uzilgan orzular bilan yashaydilar. Ularning xayollarida ertangi kun ham xuddi bugungidek quvnoq, chiroyli va ko‘ngilli o‘tadi go‘yo. Abrikos tushga kirsa, ertangi kuningizda xafachilik kuting.

Agar hayotga hushyorlik va voqelikning o‘zidan kelib chiqib nazar tashlasangiz hamda kerakli tad birlarni qo‘llasangiz, xafachilik bo‘lmaydi. Ba’zan tushda abrikosni ko‘rish hayotdagi ishonuvchanligingiz va soddaligingiz tufayli ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘ladi.

Ishonish barobarida tekshirish va tadqiq ham qilish kerak, shundagina siz do‘stlaringiz, yaqinlaringiz, sheriklaringiz bilan munosabatingiz mustahkamlanadi va aldanib qoli- shingizga yo‘l qolmaydi.

Tushda ayvon—Tushingizda ayvonda turganingizni ko‘rsangiz, har qanday xavotirlikka qaramay, boshlagan ishingiz o‘ngingizda muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Agar qiz o‘z sevgilisi bilan ayvonda turganligini ko‘rsa, uni turmushga beradilar va baxtli oila quradi. Agar vayrona bo‘lgan ayvonda turganligingizni ko‘rsangiz, u holda o‘ngingizda ish sohasida ham, muhabbat masalasida ham tushkunlikka tushasiz.

Aka-uka. Agar tushingizda aka-ukangizni ko‘rsangiz,o‘ngingizda uzoqdan biron xabar keladi. Agar aka-ukala- ringiz bo‘lmasa, ammo tushingizda aka-ukangiz ayon bo‘lsa, o‘ngingizda qarindoshlaringiz tomonidan kutilmagan bir voqelik sodir bo‘ladi.

Tushingizda o‘lib ketgan akangizni ko‘rsangiz, uzoq umr ko‘rishingizga, ishlaringizning muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishoradir. O‘lgan akangizni tushingizda ko‘rib, u bilan gaplashsangiz, o‘ngingizda sizga ogir bir ish berishadi va bu ishdan benihoya toliqib qolasiz. Shunday ish berishsa zimmangizga olmaganingiz ma’qul.

Amaki tushda. Tushingizda amakingizni ko‘rsangiz, o‘ngingizda yomon xabarga tayyor turing. Agar amakingiz bilan gaplashsangiz, o‘ngingizda ozgina muvaffaqiyatga erishishingiz uchun ko‘p mehnat qilishingizga t)tri keladi.

Amakingiz kasal bo‘lsa yoki charchagan bo‘lsa, o‘ngingizda oilangizda ko‘ngilsizlik ro‘y beradi va qarindoshlaringiz bilan biroz kelishmovchiliklar sodir bo‘ladi. Agar amakingiz o‘lim talvasasida bo‘lsa, bilingki, o‘ngingizda dushmanlaringiz pay do bo‘ladi. Amakingiz bilan tushingizda urishib qolsangiz, )shgingizda turmushingiz buzilishi mumkin.

Turmush qurmagan ayol uchun bunday tush o‘ngida qarindoshlari bilan doi- miy janjalni anglatadi. Tushingizda amakingiz sizga quvonchli xabar aytsa, hayotingizda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; eringiz yaxshi maoshli biron martabaga minadi. Turmush qurmagan ayolga bu tush o‘ngida ishonchli bir erkakning topilishiga ishoradir.

Ananas. Agar tushingizda maza qilib ananas yesangiz, o‘ngingizda barcha ishlarda, hatto muhabbat mojarolarida ham muvaffaqiyatga erishasiz. Muhimi tushda ananasni to‘yib yemaslikda. Tadbirkor ayollar tushlarida ananas terib savatga joylayotgan bo‘lsalar, o‘nglarida o‘z kasb-korlarida muvaffaqiyatga erishadilar, xizmat pillapoyalaridan tez ko‘tariladilar yoki manfaat ko‘radigan turmush quradilar.

Anor. Tushda ayol kishining anor ko‘rishi va uni yeyishi yengiltaklikka yo‘yiladi.

Archa. Ungda ham, tushda ham archa, agar yana yasatilgan bo‘lsa, quvonch ramzidir. Agar juvon tushida archadagi bezaklar olinayotganligini va archaning ninacha barglari to‘ki- layotganligini ko‘rsa, o‘ngida hayotga hushyor bo‘lib qarashi va o‘zining muammolari ustida o‘ylashi kerak.

Atir. Tushingizda atirning o‘zini ko‘rsangiz, hidlasangiz yoki sepsangiz, o‘ngingizda foyda keltiradigan imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Atlas. Quvonch va katta xarid.

Banan. Agar ayol kishi tushida banan ko‘rsa, hech qanaqa foydasi tegmaydigan odam bilan bekorga vaqt o‘tkazishiga ishora bo‘ladi. Shuningdek, bu tush behuda tashvishlardan ham ogohlantiradi. Tushida banan yesa, o‘ngida boshi aylanib, qilar ishini bilmay qoladi.

Beva tushda. Agar tushingizda bevani uchratsangiz, ungingizda tez orada ziyon ko‘rasiz. Tushingizda ayon bo‘lgan beva bozorga kirib ketayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda pul yoki aldovga uchib biron narsangizni yo‘qotasiz. Tushda o‘zingizni beva ko‘rsangiz, o‘ngingizda yovuz odamlardan ehtiyot bo‘lishingiz kerak.

Bilakuzuk tushda. Tushingizda qo‘lingizda bilakuzuk ko‘rsan- giz, o‘ngingizda sovg‘a olishingizga ishoradir. Agar bu tush chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, yaxshilikka ta’bir qilinadi. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tushingizda bilakuzuk topib olsangiz, o‘ngingizda sizni yutuq kutadi. Agar seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi tushingizda bilakuzugingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, o‘ngingizda bolalaringiz bilan bogliq ko‘ngilsizlik ro‘y beradi.

Bozor. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushda tovarlar bozoriga borish yangi liboslarga ishoradir. Ju- madan shanbaga o‘tar kechasi tushingizda bo‘m-bo‘sh bozorniko‘rsangiz, o‘ngingizda fojiali bir hodisadan dalolat. Tushda bozordan ubu narsalarni xarid qilish o‘ngdagi martabaga intilishni anglatadi, agar shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi bu tush sodir bo‘lsa, u holda siz birovlarning ko‘zlarini o‘yishga harakat qilar ekansiz. Seshanbadan chorshanbaga yoki payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizda oziq-ovqat bozorida sotuvchi bo‘lsangiz, o‘ngingizda qiyin ahvoldan chiqib olish yo‘llarini izlaysiz.

Bolalar tushda. Tushingizda go‘dak ko‘rsangiz, mo‘ljallaganin gizdan ko‘ra ko‘proq pul sarf qilar ekansiz. Agar tushingizda bola boqayotgan bo‘lsangiz, oilangizda «yangi mehmon» paydo bo‘ladi yoki uyingizga kutilmagan mehmon keladi. Lekin bu tush ishlardagi muvaffaqiyatdan ham dalolat berib turibdi, muvaffaqiyatga esa oson yo‘l bilan erishib bo‘lmaydi.

Agar ayol kishi o‘zini tushida ko‘p bolali ona sifatida ko‘rsa, o‘ngida eski tanishlarini uchratadi va bu unga ko‘p tashvishlar keltiradi. Agar bola emizayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda boshlig‘ingiz sizga juda qiyin topshiriq beradi, ammo siz bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajarib, mukofotga ega bo‘lasiz. Tushingizda soqov bolani ko‘rsangiz, o‘ngingizda g‘iybatga nishona bo‘lasiz. Soqov boladan biron narsani so‘rasangiz, o‘ngingizda kimningdir o‘limi haqida xabar topasiz. Bolaning qo‘liga kirgan zirapchani olib tashlasangiz, o‘ngingizda ishingiz bilan bog‘liq ko‘p muammolar- ga duch kelasiz, shuningdek, kattagina ko‘ngilsiz voqeadan qochib qolasiz.

Botqoqlik tushda. Tushda botqoqlikni ko‘rish o‘ziga xos ogohlantirishdir: siz keyingi paytlarda tashabbussiz, ishyoqmas bo‘lib qolgansiz, oqimga qarab suzyapsiz. Faqat taq- dirdan noliganingiz noligan. Agar tushingizda botqoqqa cho‘kib ketayotgan bo‘lsangiz, demak, o‘ngingizda umidlaringiz so‘ngan.

Bosh kiyim tushda. Kimki tushingizda boshingizdan bosh kiyimingizni olsa, o‘ngingizda ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y beradi. Agar bu tush dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi yoki chor- shanbadan payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, o‘ngingizda sizni asabiy va mushkul ish kutadi. Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi tushingizda bosh kiyim o‘lchab ko‘rayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda ish joyingizni o‘zgartirasiz. Tushda chiroyli do‘ppi kiyish yoki ro‘mol o‘rash obro‘-e’tiborga ta’bir qilinadi.

Bog‘ tushda ko‘rish. Agar tushingizda bog‘ kezib yursangiz farovonlikka ishora bo‘ladi. Agar sizning xususiy bogingizda bog‘bon yurganini hamda daraxtlar va gullarni parvarish qilayotganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda oilaviy baxtiyorlikka erishasiz.

Buvi (momo). Tushingizda o‘z buvingizni ko‘rsangiz, ungingizda hayotiy tajribangiz va bilimingiz tufayli qiyin holatlardan chiqib ketishingizni anglatadi. Agar buvin- gizning ko‘zlarida yosh ko‘rsangiz, o‘ngingizda sizni nohaq xafa qiladilar, yaqinlaringiz bilan janjallashasiz. Agar o‘lgan buvingiz tushingizda sizga maslahat berayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda o‘zgarish yuz beradi. Bu o‘zgarish salbiymi, ijobiymi bo‘lishi sizning ishbilarmonligingiz, farosatingizga bog‘liq. Uzingiz tushingizda buvi bo‘lsangiz, o‘ngingizda bolalaringizning sog‘lig‘iga e’tibor qiling.

Tushda bulutlarni ko‘rsa— Har qanday holatda ham tushda bulutni ko‘rish o‘ngdagi sayohatga dalolatdir. Agar tushingizda ko‘rgan bulutlaringiz oq bo‘lsa, o‘ngingizdagi sayohat ko‘ngilli o‘tadi, agar bulutlar qora bo‘lsa, sayohat davomida to‘siqlar paydo bo‘ladi. Agar osmonni to‘la ravishda bulut qoplagan bo‘lsa, o‘ngingizda uyingizdan chiqmasligingiz kerak, chunki halokat ro‘y berishi mumkin.

Tushda burgut. Agar tushingizda parvoz qilayotgan burgutga orqangizni o‘girib o‘tirgan bo‘lsangiz, hayotda yashirin jazmaningiz bor. Bunday tushni haftaning birinchi yarmida ko‘rsangiz, sizni hayratda qoldiradigan voqelikka duch kelasiz. Agar haftaning ikkinchi yarmida ko‘rsangiz, oldingizga qo‘ygan maqsadga erisha olmaysiz.

Tushda kuyov bola ko‘rsa. Qiz bola bo‘lajak erini tushida ko‘rsa, o‘ngida kutilmagan vaziyatga duch keladi. Oilali ayol bo‘lajak kuyovni tushida ko‘rsa, o‘ngida og‘ir xotiralar og‘ushida qoladi. Agar tush sohibi o‘zini o‘ylanayotgan yigit sifatida ko‘rsa, o‘ngida uni tavakkal bir ish kutadi va u ish yaxshi natija bermaydi. Qiz bola tushida qalligining boshqaga uylanayotganligini ko‘rsa, o‘ngida o‘ylagan rejalari amalga oshadi.

Tushda bo‘rini ko‘rish — o‘ngdagi raqiblar bilan olishuvga ishora. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tushingizda bo‘ri ko‘rsangiz, o‘ngingizda yaqin odamingizning kasalligi yoki o‘limi haqida xabar eshitasiz. Yakshanbadan dushan baga o‘tar kechasi tushingizda bu tushni ko‘rsangiz, o‘ngingizda yolgiz qolib gam chekasiz. Sevimli odamlaringizdan ayrilasiz.

Vanna tushda. Agar qiz bola tushida vannada cho‘milayotgan bo‘lsa, o‘ngida mahbubini yo‘qotishdan xavotirga tushib qoladi. Homilador ayol uchun bu tush ogohlantiruvchidir; biron baxtsiz hodisa ro‘y berishi mumkin. Tush sohibasi vannada bir o‘zi yuvinmayotgan bo‘lsa, u holda safar chogida hamrohidan ehtiyot bo‘lishi kerak: undan xiyonat sodir bo‘lishi mumkin. Shuningdek, giybatga qolishi ham kutuladi. Vanna ichida iflos suv bo‘lsa, yovuzlik shundoq biqiningizda turibdi. Irkit suvni kasallikka ham yo‘yadilar.

Vodiy. Tushingizda vodiyda bo‘lsangiz, o‘ngingizda sizga ajoyib istiqbol yuz ochadi. Agar vodiyda bittami, ikki- tami tepalik bo‘lsa, o‘ngingizda sizga xalal beradigan bir- ikkita galamis topilar ekan. Agar vodiy tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lsa, taqdir sizga kulib boqadi.

Vulqon tushda ko‘rsa. Agar tushingizda vulqon otilib chiqqanligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda murakkab hissiyotlarni boshingizdan o‘tkazasiz; rashk, ehtiros, nafrat, qayg‘u shular jumlasidandir. Agar tushingizdagi vulqon olov purkab chiqayotgan bo‘lsa, o‘ngingizdagi hissiyotlaringiz ham portlash oldida. Agar vulqon otilib, toshlar siz tarafingizga tushayotgan bo‘lsa, hayotin gizda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tushingizdagi vulqon paytida siz qatlamlar ichiga kirib ketsangiz, o‘ngingizda aql bilan ish qilishingiz kerak bo‘ladi. Vulqondan sizga toshlar otilayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda ziddiyatlardan qochishingiz kerak, aks holda, hayotingizga salbiy ta’siri bo‘ladi. So‘ngan vulqonni tushda ko‘rish — kasallikka va qalb iztiroblariga ishora.

Gavhar. Har kim tushida gavhar topsa, o‘ngida ko‘p mol topishidan dalolat, agar oq gavhar topsa, farzandlik bo‘lar ekan.

Gilam. Tushda gilam ko‘rish, uning ustida o‘tirish — mo‘lchilikka ishora. Balog‘atga yetgan qiz tushida gilam ko‘rsa, ajoyib bir xonadonga kelin bo‘ladi, erli ayol ko‘rsa, turmushi farovon bo‘ladi. Bozordan gilam sotib olish esa, qo‘lga kiradigan katta foydadan xabar, sotish buning aksidir.

Guldasta tushda. Tushingizda yangi uzilgan gullardan yasalgan guldastani ko‘rsangiz, o‘ngingizda oilaviy farovonlik ko‘ra- siz, qo‘lingizga pullarning oqib kelishi imkoni bo‘ladi. Agar dastadagi gullar so‘lgan bo‘lsa, o‘ngingizda xavf ostida qolgan muhabbatingizni qutqarish uchun bor imkoniyatlaringizni ishga solishingiz kerak, boshqalar uchun sog‘liq haqida uylash lozim bo‘ladi. Agar juvon qo‘lida kelinga atalgan guldastani ushlab turgan bo‘lsa, o‘ngida ko‘ngilsiz bir tashvishdan qutuladi.

Guldon tushda. Agar tushingizda gul to‘la guldon ko‘rsangiz, kutgan mujdangiz o‘ngingizda keladi.

Go‘dak tushda. Kimki tushida o‘ziga tanish bo‘lgan go‘dakni ko‘rsa, xursandchilik bo‘lishiga ishora. Agar notanish go‘dakni ko‘rsa, o‘ngida tashvish va g‘amni boshidan kechiradi hamda tush sohibida ojizgina raqiba paydo bo‘ladi. Kimki tushida katta odamni bola

Daryo. Tushingizda tinch oqayotgan, suvi tiniq daryoni ko‘rsangiz, o‘ngingizda sog‘ligingiz yaxshi bo‘ladi. Agar tushingizda daryo ko‘pirib, toshib oqayotgan bo‘lsa, suvi qanchalik tiniq bo‘lmasin, o‘ngingizda sog‘ligingiz yomonlashadi.

Daryo yoki ko‘lda yuvinish. Tushingizda daryo yoki ko‘l suvida yuvinayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda sizni ko‘plab tashvishlar kutadi va bu narsa sizdan ko‘p kuch sarf qilishingiz- ni talab qiladi. Agar daryoning yoki ko‘lning suvi tiniq bo‘lsa, o‘ngingizda istalgan mushkul ishni osonlik bilan hal etasiz, suv loyqa bo‘lsa, ogir sinovlarga tayyor turishingiz kerak. Toshqin daryo suvida yuvinayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda shamollashdan ehtiyot bo‘ling.

Tushda tinch oqayotgan dengizni kuzatish — o‘ngingizda arzimagan sabablar bilan yaqinlaringiz va qarindoshlaringiz bilan munosabatlaringiz soviydi. Quturayotgan dengizni ko‘rsangiz, o‘ngin- gizda ishingizda ham, oilangizda ham notinchlik ro‘y beradi.

Dur. Tushda dur ko‘rish — foydali tijoratga va shaxsiy turmushda muvaffaqiyatga ishora. Qizga qalligi tushida dur sovg‘a qilsa, unga to‘q va farovon turmush, sadoqatli er nasib etadi. Ayol tushida dur yo‘qotsa, biror sabab bo‘lib o‘ngida qayg‘uga qoladi. Tushda kimdir dengiz tubidan dur olib chiqayotgan bo‘lsa, qahatchilikka ishora. Durni bittalab ipdan o‘tkazish zerikish va yolg‘izlikdan dalolat. Tushda yo‘ldan dur topib olish o‘ngda ko‘z yoshi to‘kishga ishora bo‘ladi.

Agar erkak kishi durni yo‘qotib qo‘ysa, o‘ngda biron ko‘ngilsiz ishning bo‘lishidan darak. Kimki tushida noyob dur sotib olsa, tush sohibining katta kuchga egaligidan va u qachondir hayotda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ta’sirida odamlar nazariga tushishidan dalolat beradi.

Do‘kon. Tushingizga do‘kon kirib, unda xarid qilinadi- gan narsalar benihoya ko‘p bo‘lsa, bu farovonlik va omadga ishoradir. Bunday tushni jumadan shanba kunga o‘tar kechasi ko‘rsangiz, o‘ngingizda yaqin orada safarga chiqasiz.

Payshanbadan jumaga yoki yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi tushingizda do‘kondan xarid qilsangiz, o‘ngingizda o‘zingizning g‘ayratingiz va do‘stlaringizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ishlaringiz gurillab ketadi. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushingizda do‘konga kirsangiz va unda hech narsa bo‘lmasa, o‘ngingizda janjal tagida qolasiz.

Yomg‘ir tushda. Umuman tushda yomg‘irni ko‘rish ko‘z yoshlarga ishora. Yomg‘ir to‘xtab-to‘xtab yog‘sa, o‘ngdagi ko‘ngilsizliklardan dalolat. Yemgir tomchilari loyqa bo‘lsa va sekin tushayotgan bo‘lsa, o‘ngdagi xiyonatga ishoradir. Yemg‘ir tomchilari qum ustiga tushib singib ketgan bo‘lsa, demak, eringiz allaqachondan beri sizga xiyonat qilar ekan.

Tomchilar qum ustida ko‘lmak hosil qilsa, o‘ngingizda bu xiyonat sizga oshkor bo‘ladi. Tomchilar suv ustiga tushayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda sevikli kishingiz bilan ajrashasiz. Yomgir shiddat bilan yog‘sa, o‘ngingizda ishxonangizda ham, shaxsiy hayotingizda ham ko‘ngilsiz voqealar bo‘ladi.

Zaharli qora ilon. Agar tushingizda zaharli qora ilonni o‘ldirsangiz, o‘ngingizda boylik topasiz, agar ilon biron kishini chirmab olgan bo‘lsa, atrofingizda o‘zini do‘st ko‘rsatadigan raqiblaringiz bor ekan. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushingizga zaharli qora ilon kirsa, o‘ngingizda mayda-chuyda muammolar paydo bo‘ladi. Agar tushingizda zaharli qora ilon o‘lgan bo‘lsa, sizga yoqmaydigan bir odam uyingizga keladi.

Zilzila tushda. Tushda zilzila bo‘lganini ko‘rish — hayotdagi o‘zgarishlarga, kasallik va kutilmagan xabarga ishora. Agar tushingizda yer qimirlaganiga shohid bo‘lsangiz, o‘ngingizda yaqinlaringizdan biri yordamga muhtoj. Agar zilzila oqibatida yer surilayotganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda moliyaviy masalalarga e’tibor berishingiz kerak bo‘ladi.

Tushingizda kimnidir qutqarayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingiz da kimnidir qo‘llab quvvatlaysiz, ehtimolki moliyaviy yordam berasiz. Agar oyogingiz toyilayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda oilaviy masalalarni hal qilishingiz, darz ketgan munosabatlarni joyiga keltirishingiz kerak.

Tushingizdagi zilzila oqibatida ustingizga tosh va tuproq yogilayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urishingiz lozim ekan. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi tushingizda zilzila kirsa, o‘ngingizga hujjat ishlariga ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Jumadan shanbaga o‘tar kechasi tushingizga zilzila kirsa, o‘ngingizda oila a’zolaringiz sizning e’tiboringiz va mehringizga muhtojdirlar.

Zirak. Tushda zirak ko‘rish yaxshi xabarga va uydagi ko‘ngilli tashvishlarga ta’bir qilinadi. Agar chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushingizda zirak ko‘rsangiz, o‘ngingizda mehmon kelishini kuting. Seshanbadan chorshanbaga yoki jumadan shanbaga o‘tar kechasi tushingizga singan zirak kirsa yoki uni ehtiyotsizlik bilan sindirib qo‘ygan bo‘lsalar, o‘ngingizdagi g‘iybatlar sizga zarar yetkazadi. Tushingizda qulog‘ingizga kimdir zirak taqsa va u juda chiroyli bo‘lsa, o‘ngingizdagi martaba va farovon hayotga ta’bir qilinadi.

Ilon. Tushda ko‘rsang — ganj, o‘ngda ko‘rsang, yanch, degan maqol ilonga tegishli. Agar tushingizda ilon qimirlamay yotgan bo‘lsa, sizga muhim bir ishni topshiradilar. Ilon payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizga kirsa, o‘ngingizda do‘stlaringizdan kimdir sizni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlar ekan.

Kampir tushda. Kimki tushida qari xotinni yosh bo‘lib qolganligini va kayfiyati ko‘tarinki ekanligini ko‘rsa, o‘ngidagi ishlari o‘z ko‘nglidagidek amalga oshadi; agar kampirni xa- fahollikda ko‘rsa, iqtisodiy jihatdan qiynaladi, g‘am-anduhga botadi.

Kanop. Agar ayol kishining tushiga kanop ekilgan dala kirsa va u unda kezib yurib, polizga yiqilib tushsa, o‘ngida dugonasi bilan urishib qolib, ajrashadi.

Kapalak. Tushda gullar va maysalar ustida uchib yurgan kapalakni ko‘rish boylikka ishoradir. Agar bunday tushni qiz bola ko‘rsa, yaxshi joyga kelin bo‘ladi.

Kaptar. Agar tushingizda kaptar kelib yelkangizga qo‘nsa, bilingki, yaqinlaringizdan biri og‘ir kasal ekan. Kaptar tushingizda dasturxoningizga kelib qo‘nsa, o‘zingiz bemor bo‘lasiz. U daraxtga qo‘ngan bo‘lsa, o‘ngingizda tabiat qo‘yniga chiqing.

Tushingizda u machit gumbaziga qunsa, Xudo sizga ruhiy olam borligi haqida, marhumlarni eslab turish kerakligi, sadaqa va zakot berish lozimligi haqida eslatayapti. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasidagi tushingizda kaptar voqe bo‘lsa, anchadan beri yugurib yurib bitirmoqchi bo‘lgan ishingiz bitmay qoladi. Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi tushingizda kaptar voqe bo‘lsa, o‘ngingizda barcha muammolaringiz hal bo‘lib, tarixiy bir voqeada ishtirok etasiz

Kiyik tushda. Tushingizda sizga qarab yugurib kelayotgan kiyik o‘ngingizda hayotiy qiyinchiliklarni anglatadi. Qochib borayotgan kiyikni ko‘rsangiz, o‘ngingizda siz istiqomat qila- yotgan shaharda shunday bir voqea bo‘ladiki, u sizning hayotingizga ta’sirini o‘tkazadi. Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi bunday tush ko‘rsangiz, o‘ngingizda aqlingiz va tadbirkorligingiz tufayli jamiyatda yuksak maqomga ega bo‘la- siz.

Kiyim tushda kiyim. Yaxshi va ozoda kiyimni tushda ko‘rish — ayollar uchun qobil va boy erga ishora; agar ayol kishi tushida toza va chiroyli kiyim kiygan bo‘lsa, o‘ngida yaxshi odamga turmushga chiqadi. Eski, kir kiyim — qashshoqlikdan dalolat. Tushida o‘zini kiyimsiz ko‘rsa giybatlarga nishon bo‘ladi. Boshqalarni kiyimsiz ko‘rish — xafachilik. Ko‘ylak.

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizda chiroyli tikilgan ko‘ylak ko‘rsangiz, o‘ngingizda sinfdosh- laringiz bilan uchrashasiz. Chorshanbadan payshanbaga yoki yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasidagi tushingizda ko‘yla- gingiz yirtilsa, yomon fe’lingiz va ishlaringiz uchun dakki eshitasiz. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasidagi tushin- gizda egningizga ko‘ylak o‘lchab ko‘rayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda raqibangiz borligini eshitasiz.

Tungi ko‘ylak. Tushingizda o‘zingizni tungi ko‘ylakda ko‘rsangiz, o‘ngingizda yengilgina kasal bo‘lasiz. Agar bunday tushni seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi ko‘rsangiz, o‘ngingizda bolalaringiz quvonch keltiradilar. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tushingizda yaqinlaringizdan birini tungi ko‘ylakda ko‘rsangiz, o‘ngingizda sizni ko‘ngilli sayohat kutadi. Bunday tush yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, o‘ngingizda qaltis bir ishga qo‘l urib, undan muvaffaqiyat bilan chiqib ketasiz.

Ko‘krak. Kimki tushida ayol ko‘kragini ochiq ko‘rsa, farzandga yo‘yiladi.

Ko‘prik. Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizda lopillab turgan ko‘prikdan o‘tayotgan bo‘lsangiz, o‘ngin- gizda sizni qo‘rquv egallaydi. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasidagi tushingizda ko‘prikdan ehtiyot bo‘lib o‘tayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda sizga mas’uliyatli, ammo qiyin topshiriq beriladi.

Dushanbadan seshanbaga yoki payshanbadan jumaga o‘tar kechasi tushingizda ko‘prikdan sakrab o‘tsangiz, o‘ngingizda sizdan qat’iy harakat talab etiladi. Agar oyog‘ingiz tagida ko‘prik cho‘ksa, o‘ngingizda sizga xiyonat qiluvchilar bor ekanligidan dalolat.

Ko‘rshapalak. Agar tushingizda ko‘rshapalaklar sizga hujum qilayotgan bo‘lsa, o‘ngingizda tez orada sizni ogir sinovlar kutadi. Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi tu- shingizda ko‘rshapalak ko‘rsangiz, o‘ngingizda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

Laylak tushda. Yaxshilik keltiradigan qush. Shuning uchun tushda laylak ko‘rish yaxshi xabarga va ezgulikka ta’bir qilinadi. Agar tushingizda laylakni dushanbadan chorshanba kunigacha ko‘rsangiz, bu tush oila ishlariga bog‘liq bo‘ladi, agar payshanbadan shanbagacha ko‘rsangiz, xizmat vazifalariga taalluqli.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi laylak tushga kirsa, bu tush hech narsani anglatmaydi. Agar tushingizda laylak savatda bola olib kelayotgan bo‘lsa, har holda bir hafta davomida sizda bolalar muammosi tug‘ilmaydi. Agar tushingizda laylak sizga havf qilsa, o‘ngingizda qandaydir baxtsizlik ro‘y beradi.

Mehmon tushda. Agar tushingizda uyingizga mehmon kelsa, o‘ngingizda uzoqdan bir xabar olasiz yoki ko‘ngilsiz tasodifiy uchrashuv sodir bo‘ladi. Tushingizda uyingizga ko‘p mehmon- lar kelsa va siz ularning oldiga dasturxon yozsangiz, o‘ngingizda shunday bir ko‘ngilsiz hodisa ichiga tushib qolasizki, undan faqat o‘z kuchingiz va aqlingiz bilan chiqib ketishin- giz mumkin.

Agar tushingizda birdan uyingizga mehmonlar kirib kelsa va dasturxonga qo‘ygulik hech narsangiz bo‘lmasa, o‘ngingizda sarf-xarajat qilasiz yoki aldanasiz. Uyingizga sizga yoqmaydigan biron odam kirib kelsa, o‘ngingizda sevgili kishingiz bilan ajrashasiz va uzoq vaqt azoblanib yurasiz.

Uzingiz birovnikiga mehmon bo‘lib borsangiz, o‘ngingizda bu narsa sizga ancha qimmatga tushadi. Agar kim bi- landir mehmondorchilikda raqs tushsangiz, o‘ngingizda yengil tabiatli bir odam sizni firibgarlik ishiga jalb qiladi.

Mol tushda. Tushingizda mol podasini o‘tlatayotgan bo‘lsangiz, demak, o‘ngingizda bolalaringiz bilan munosabatingiz yaxshi va siz ularning eng yaqin sirdosh do‘stisiz. Chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi bu tush sodir bo‘lsa, ishxonangizda ko‘ngilsizlik ro‘y beradi; o‘zingiz bilmagan narsa bilan sizni ayblaydilar.

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi bu tush ayon bo‘lsa, bolangizni yoki nabirangizni bolalar bogcha- siga berishingiz kerak; u tengdoshlari bilan muomala qilishga o‘rganishi lozim. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi bu tushni ko‘rsangiz, o‘ngingizda shu paytgacha hech kimga aytmagan orzuingiz amalga oshadi.

Momaqaldiroq tushda. Tushda momaqaldiroqning gumburlashi baxtsizlikka ta’bir qilinadi. Tushingizda momaqaldiroq bo‘lsayu yomg‘ir yogmasa, o‘ngingizda muammolaringizni to‘g‘ri fikrlash va harakat bilan hal qilishingiz hamda qiyin holatlardan chiqib ketishingiz mumkin.

Tushingizda qora bulut bosgan osmonni ko‘rsangiz, o‘ngingizda mansab masalalarida kimningdir bosimini ko‘rasiz.

Momaqaldiroq qarsillashi barobarida chaqmoq chaqnasa, ungingizda kuchli raqib bilan kurashishingizga to‘gri keladi. Agar momaqaldiroqdan qochib, biron joyga berkinsan giz, u holda o‘ngingizda himoyaga va kimningdir homiyligiga muhtoj bo‘lasiz.

Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi momaqaldiroqni ko‘rsangiz, o‘ngingizda tez orada ko‘ngilsizlik ro‘y beradi.

Seshanbadan chorshanba kuniga o‘tar kechasi momaqaldiroq sodir bo‘lsa, o‘ngingizda ogir kechinmalar to‘satdan paydo bo‘ladi. Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi sodir bo‘lsa, bu tushga e’tibor bermang; hech narsa bo‘lmaydi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Nafas yollari yallig’lanishi ko'rsa

Agar aktiyorlar, xonandalar, notiqlar tushlarida nafas yo’llari yallig’langanini ko’rsalar, o’nglarida xalqqa keng taniladilar....

Tushda bit ko'rsa nima bo'ladi

Tushda bit ko‘rsa nimani bildiradi Bit boyib ketishga ishora. Boshingiz bitlab ketganini ko‘rsangiz qo‘lingizga pul tushadi....

Tushda jinsiy aloqa ko'rsa nima bo'ladi

Tushda jinsiy aloqada bo‘lish yuqori amalga, mansabga ishoradir. E’tiborli va amaldor, katta ishda ishlaydigan kishi bilan shunday aloqaga kirishgan odam manfaat ko‘radi. Bir necha kishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganini ko‘rish xalqqa nafi tegadigan ezgu ishlar qilishga, siyosatchi bo‘lsa, g‘alabaga erishishga ishoradir....

Tushda Yakshanba. ko'rsa

Bu o'ngda hayotda yaxshi narsalar ro'y berishiga ishora....

Tushda Barmoqlarni yalash

Tushda Barmoqlarni yalagan taom turidan oz yaxshilikka yetishdir....

Tushda Shivit, o’krop ko'rsa

Tushda kelajakda ko’riladigan ish. Kim tushida uni qo’lida ko’rsa, kelajakda samara beradigan ishga duch keladi....

Tushda TOVUS ko'rsa

-xayoldagi adolatli xukmdor....

Tushda Tili soqov bo’lsa ko'rsa

Agar soqov bo’lsa dini fasod bo’ladi....

Тушда Аллалаш. курса

Tushingizda kimdir sizni allalayotgan bo’lsa, o’ngingizda xushyor bo’lishingiz kerak....

Tushda Binafsha ko'rsa

U tushda bilimli, chiroyli ayolga uchrashiga ishora. Yana sabri oz......

Fikr qo'shish