Tushda inson ko'rsa nima bo'ladi

Tushda inson ko'rsa nima bo'ladi
Tushda inson ko'rsa nima bo'ladi


Tushda inson kursa nima buladi

Tush ko‘ruvchi tushida notanish insonni ko‘rsa, u inson hech kimga o‘xshamasa, tush ko‘rgan kishining nafsi, deb ta’bir qilinadi. Tushga agar chiroyli libosdagi insonlarni ko‘rgan odam biror narsadan xursand bo‘ladi, davlatdan kutganiga erishadi. Sevgilisini bo‘yi o‘sganini ko‘rish yaxshilikka deyiladi.

Boshi yuvilgan insonni ko‘rrgan kishi dushmanlarini engadi. Tushda soch qirqgan insonni ko‘rish, yaxshilik alomati emas. Bunday tush ko‘rganni umr yo‘ldoshi eri vafot etadi yoki er- xotin ajrashadi. Biror kishi tushida soqoli yulinganini ko‘rsa yoki ularni o‘z qo‘llari bilan yulsa, ishlari o‘z yo‘liga tushadi.

Tushida soqoli oqargan insonni ko‘rgan kishining obro‘yi ortadi. Soqoli kindigagacha tushgan kishini, ko‘rgan kishi qo‘shnisiga qarshi ish kiladi. Shunday tush ko‘rgan yosh kishi merosga ega bo‘ladi.


Tushda inson
Soqolidan tuklar kamaygan kishini, ko‘rgan kishining davlati kamayadi, tinchi yo‘qoladi. Oyoqlarida tuklar juda ko‘p insonni, ko‘rgan kishining birodarlari va farzandlari ko‘p bo‘ladi. Badanni tuk bosgan kishining o‘ta sodiq o‘g‘li bo‘ladi. Badanidagi tomirlarni ko‘rgan kishi ota-onaning boyligi bilan qudratli bo‘ladi. Biror kishi tushida qornidan et yoki teri chiqqanini ko‘rsa, boyiydi.

Biror kishining yuragini chiqarib eganini tush ko‘rgan odam mol-mukka ega bo‘ladi. Boshidan qon oqqanini ko‘rgan kishi ham shunday. Badanini tuk o‘smaydigan joylarini tuk bosganini ko‘rish boylik va obro‘ga ishoradir. Beldan yuqoridagi tana a’zolarida kamchilik borligini ko‘rgan kishi azobda qoladi.

Tushda odam
Ayol kishi shunday tush ko‘rsa, eri bilan ajrashadi. Tushida rangi oqarganini ko‘rgan kishi kasal bo‘ladi. Tanasining biror joyida ortiqcha a’zo bor- ligini ko‘rgan kishi boyiydi. Semirganini ko‘rgan kishi

dushmanidan ustun keladi. Sochi uzun bo‘lib ketganini ko‘rgan kishi farzandli bo‘ladi. Sochini qo‘li bilan kesgan ayolning eri ko‘p o‘tmay vafot etadi. Tushida inson go‘shtini eyish g‘iybat, yomon so‘zdir.

Tushda joynamoz
Tushida joynamoz ustida o‘tirganini ko‘rgan kishi hajga boradi. Ipak joynamozda o‘tirgani va namoz o‘qiganini ko‘rgan kishi namozda va ishlarida riyokor, munofiq, hashamatga berilgan bo‘ladi. Tushda joynamoz ko‘rish iffatli ayolga ega bo‘lish, deb ham ta’bir qilinadi.

Tushda zaytun
Tushda ko‘rilgan zaytun halol mol, deb ta’bir qilinadi. Zaytun daraxtini ko‘rish oila va bolalar uchun hurmatli erkakdir. Tushda sariq zaytun ko‘rish imondagi nuqson, g‘amdir. Zaytun yog‘i ko‘rish ilm, shifo va baraka, deb ta’bir qilinadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Hamyon ko'rsa

Tushda Hamyon ko'rsa O'ngda farovonlik va oilaviy tinchlikka ishora. Agar topib olinsa va uning ichiga to'la pul bo'lsa, o'ngda boyishga ishora....

Tushda SICHQON ko'rsa

-kimki tushida uyida sichqon nimanidir kemiryotgan bolsa umrining qisqarganliga ishora....

Tushda Quski ko'rsa

Olgan narsani qaytarish kerak....

Tushda Yomon hid ko'rsa

Yomon hid- ko’ngilsizlik...

Tushda ilon ko'rsa nima bo'lishi xaqida to'liq ma'lumat

Ilon ko‘rsa Tushda ilon ko‘rish yashirin dushman. Ayol, farzand, beklik, kundalik hayotning yaxshilanishiga ishora. Yostig‘i yoki yotog‘i ustida ilon o‘ldirish xotinining vafot yetishi bilan ta’bir qilinadi. Bu tush turli-xil yomonlikni ham anglatadi. Agar tashlangan otilgan ilonni ko‘rsa xayot uchun kurashni anglatadi. Yana vijdonizga ham...

Tushda bit ko'rsa nima bo'ladi

Tushda bit ko‘rsa nimani bildiradi Bit boyib ketishga ishora. Boshingiz bitlab ketganini ko‘rsangiz qo‘lingizga pul tushadi....

Tushda Namat ko'rsa

Tushingizda namat ko’rsangiz, o’ngda barcha ishlar sizning foydangizga hal bo’ladi....

Tushda TOSHBAQA ko'rsa

-agar tushingizda toshbaqa ko’rsangiz o’ngingizda dinga kirib kelasiz va taqvodor bo’lasiz....

Tushda eshakyem, toshmali bezgak ko'rsa

Bunday dardni tushda ko’rish-tez fursatda boyish va xursandchilik ichra......

Tushda Olma ko'rsa / Тушда Олма курса

Tushda katta pishgan olmani ko'rish - tez fursatlar ichida bu yo'q kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. ...

Fikr qo'shish