Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi
Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi


Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

Tushga masjid-agar tushga masjid kirsa bu diniy vazifalarni bajarish, halol va haromni ajrim qiluvchi hakam, insonning tijorat maqsadida tijorat bozorga chiqishiga ishoradir. Tushda masjidda namoz o‘qiganini ko‘rgan odam moddiy to‘kislikka erishadi. Siz tushingizda masjid qurdirganingizni ko‘rsangiz, siz insonlarning yo‘lboshchisiga aylanasiz. Tush ko‘ruvchi masjidga kirganini ko‘rsa ishonchga erishadi. Tushdagi yopiq masjid eshiklari rejadagi ishlar amalga oshmasligini bildiradi. Oilali emas odam masjidni ko‘rishi boy ayolga uylanishiga ishoradir.

Tushda masjid
Shu bilan birga masjid omonlik, baxt va farog‘at ramzidir. Masjid qurdirgan kishi bo‘ydoq bo‘lsa, soliha va iffatli ayolga uylanadi. Oxiriga yetmay qolgan masjid qurilishini nihoyasiga yetkazgan kishi buzilay deb turgan oilasini asrab qoladi. Masjid oila, xonadon ramzi hamdir.


Tushda masjid ko'rsa
Chiroyli, ozodaligi uyning chiroyli ozodaligiga, iflos, xarobligi uyning iflos, xarobali ekaniga qiyos qilinadi. Masjid ulug‘ va hikmatli kishilarni ham ifoda etadi.

Tushda masjid ko‘rish baxt-saodatga erishishni ifo- da qiladi. Tushida masjid qurdirgan kishi bo‘ydoq bo‘lsa, soliha, iffatli ayol bilan turmush quradi. Chala qolgan masjidni bitirganini ko‘rgan kishi buzilish arafasida turgan oilani asrab qoladi. Masjid uy-joy, oila demak- dir. Tushda ko‘rilgan masjidning go‘zalligi va ozodaligi tush ko‘rgan kishining uyidagi shinamlik va ozodalikka iflos va tartibsizligi esa uydagi pala-partishlikka nis- bat beriladi.

Tushda ko‘rgan masjidda namoz o‘qigan kishi hammaga ma’qul bo‘ladigan ish qiladi. Masjid ichida sham va qandil yoqqanini ko‘rgan kishining farzandlari yaxshi xulqli va itoatkor bo‘ladi.

Biror kishi tushida masjid- ning mezanasi va minorasini ko‘rsa yoki shu joylarni ta’- mirlasa, martabasi oshadi va maqsadiga yetadi. Minoraning yiqilganini ko‘rish shahar ulug‘larining yomonlik qilishi va xalqning diniy hayoti yomonlashishiga ishoradir.

Tushda Masjidi Aqsoda namoz o‘qiganini ko‘rgan kishi merosga ega bo‘ladi va yaxshilikka erishadi. Masjidi Aqsoda qibladan boshqa tomonga qarab namoz o‘qigan kishi haj qyladi. Masjidi Aqsoda sham yoki chiroq yoqqanini ko‘rgan kishi bolalari tufayli aziyat chekadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Bukri ko'rsa

Tushda bukri odamni yoki tush sohibining o’zi bukri bo’lganini ko’rish o’ngdagi boylikka ishora....

Tushda Zuhal sayyorasi. ko'rsa

Tushda Zuhal sayyorasi. ko'rsa Tushda Zuhal oyga tutashgan bo'lsa, hokimiyat yoki......

Tushda Balo-musibat ko'rsa

U yomon holatdan keyingi xotirjamlik va xursandchilikka dalolat qiladi....

Tushda OMBOR ko'rsa

tushida ombor ko’rsa agar bemor bolsa shifo topadi sog’lom......

Tushda o'rgimchak ko'rish - hasharot chaqishi, to'ri, uni o'ldirish ta'biri

Ko’pchilik insonlar o’rgimchaklardan qo’rqishadi va hatto bu hasharot ularni tushda ham ta’qib qilishi mumkin. Tushda o’rgimchak ko’rsa nima bo’ladi — quyida dunyodagi eng mashhur kitoblar bo’yicha batafsil talqin....

Tushda To’y ko'rsa

Tushda To’y korsa Agar ashula va qo’shiqchilar bo’lsa, to’y bo’layotgan uydan biror kishi vafot etadi....

Tushida Hisobchi ko'rsa

Hisobchi. U azob egasidir....

Tushda Sholg’om ko'rsa

Bu fazilat sohibi, sabr-bardoshli ayol, agar sholg’om o’sib chiqsa, farzandga dalolat....

Tushda RANDA ko'rsa

tushda randa ko’rish tashvish va siqilishga yo’yiladi ammo chekkan......

Tushda SARIMSOQ ko'rsa

-sarimsoqni ko’rsangiz o’ngingizda extiyod bo’ling bu tush xarom mol topishga yo’yiladi....

Izohlar 7

  1. Офлайн
    Salah
    Salah 6 июля 2024 05:27
    Tushimda Al Aqso masjidini koʻrdim.Odamlar qator boʻlib turishibdi.Ichiga kirolmay.Yonimdan uchta darveshsurat odamlar oʻtdi.Masjidga qarab qanaqadr nolalar qilib kirib borishardi.Masjid yonida katta bino qulayman deb turibdi.Uch darvesh kirib ketdi.Men yigʻlab yubordim.
  2. Офлайн
    Gulnoza
    Gulnoza 23 апреля 2024 19:45
    Men tushimda juda chiroyli va juda ballad masjidni koʻrdim.Lekin u masjid Oʻzbekistonda emas Germaniyada ekan.Boshqa mamlakat va umuman boshqa dinku deb uyonganimdan keyin oʻylanib qoldim.Masjid lekin juda juda baland edi.Tabiri qanaqa ekan aaa
  3. Офлайн
    Азиза
    Азиза 20 апреля 2024 02:14
    Туши да мажид да одамлари намоз укияпти
  4. Офлайн
    Dilshoda
    Dilshoda 29 марта 2024 06:47
    Tushimda pasdan tepalikga qiynalib chiqtim yarmiga kelganida chiqolmayman dedim va harakat qilib chiqdim lekin masjid borligini bilmagan edim oxiriga masjid chiqdi tepada judaham chiroyli yop yorug' masjid edi va men turgan joyda bir narsa yozilgan narsa bor edi masjidni nimasidur men shuni o'pdim olloximga shukur debman
  5. Офлайн
    Oydin
    Oydin 11 марта 2024 06:10
    Men tushimda masjid yonida turibman erkaka ayol qizlar xam bor xammani qo‘lida qur‘on kitob bor kitob opqishyapti xatm qilgani keldik va masjidga kiryapmiz domlani quro‘n kitobidan o‘qiyotgani eshitilib turibdi
  6. Офлайн
    Jamshid
    Jamshid 1 января 2024 10:33
    Tushimda majid kurdim bir odam nomozda ulganni kurdim
  7. Офлайн
    Shahnoza
    Shahnoza 17 августа 2022 06:40
    Assalamu aleykum
    Juda chiroyli tarifla👍👍

Fikr qo'shish