Kokosli keks

Kokosli keks
Kokosli keks


Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir! U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi.

Kerakli masalliqlar:

  • 170 gramm margarin
  • 250 gramm un
  • 3 ta tuxum
  • 270 gramm kefir
  • 75 gramm kakos qirindisi
  • 1.5 choy qoshiq qabartma
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 225 gramm shakar
  • 1 choy qoshiq vanil shakari
  • 125 gramm shakar upasi
  • 25 millilitr limon sharbati
  • ustiga sepish uchun kakos qirindisi
Tayyorlash usullari:
1. Tog'orachaga yumshagan margarin va shakarni solib, mikserda oqargunga qadar yaxshilab, taxminan 3 daqiqa ko'pirtirib olamiz.

2.Vanilin shakari, tuxumni bittadan solamiz.

3. Un, qabartma va tuzni aralashtirib olamiz.

4. Unli aralashmani uchga bo'lib, kefirni ikkiga bo'lib, navbati bilan solamiz.

5. Kokos qirindisini sepib, aralashtirib olamiz.

6. Qolipga yog' surtib, un sepamiz. Xamirni qolipga quyib, 175 C darajada qizigan pechda 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

7. Pishgan keksni biroz qolipida sovutib, so'ng pech panjarasiga qo'yib, to'liq sovutib olamiz. Keksni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 3 kungacha xona haroratida saqlash mumkin.

8. Limon sharbati va shakar upasini aralashtirib, keksning ustidan quyamiz va shakar qirindisini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Paxlava

Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi....

Shokoladli pirog

Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel' aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo'shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo'lib, yog'langan listga qo'l yordamida yoyib chiqiladi. So'ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o'rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib,...

O'zbekcha Paxlava

E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap....

Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler – fransuzcha desert, qaynatma xamirdan tayyorlanadigan yumshoq shirinlik. Ko’pincha nachinka sifatida qaynatma krem ishlatiladi, biroq o’zgacha ta’mlarni xush ko’radiganlar uchun maqolada shuningdek pishloq va tvorogdan tayyorlanadigan krem turlari ham keltirib o’tiladi....

Rogalik bulochka

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o'rab qo'yiladi. Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo'lakka bo'linib, har bir bo'lak yoyiladi......

Biskvit tayyorlash - retsepti, sirlari, kerakli masalliqlar, pishirish usullari

To’g’ri biskvit ko’tarilgan va havodor bo’lishi kerak. Ammo u har doim va hammada ham shunday chiqavermaydi. Axir biskvit bu ajoyib tort, pirojnoe va pechenyelar asosi hisoblanadi....

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    sanobar
    sanobar 11 февраля 2022 15:36
    Juda ajoyib retseplar

Fikr qo'shish