Nozik tvorogli tort

Nozik tvorogli tort
Nozik tvorogli tort


Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 500 gramm tvorog
  • 300 gramm smetana
  • 30 gramm jelatin
  • 1 stakan suv
  • 200 gramm shakar yoki 3 osh qoshiq asal
  • Ta'bga ko'ra yumshoq mevalar (kivi, qulupnay, chernika)
  • Bezash uchun yalpiz barglari va meva

Tayyorlash usuli:
1. Tvorog va smetanani birlashtiring va bir xil massa hosil bo'lgunga qadar ko'pirtiring.
2. Shakar yoki asalni qo'shing.
3. Jelatinni 5-10 daqiqa xona haroratida turgan suvda uyuting.
4. Jelatin uyigunga qadar tanlangan mevani hohishingizdagidek bo'laklarga bo'ling.
5. Uyutilgan jelatinni o'rta olovda, butunlay erigunga qadar qaynash darajasiga olib boring. Biroq, qaynatib yubormang.
6. Jelatinni tvorogli massaga nozik oqimda quying. Extiyotkorlik bilan aralashtiring va ko'pirtiring.
7. Tort uchun qolipning tag qismiga mevalarni tering va tvorogli massani quying.
8. Tortni 1-2 soatga muzlatgichga qo'ying. Belgilangan vaqt o'tib, tortni extiyotkorlik bilan qolipdan ajrating va yalpiz barglari, mevalar bilan bezating. Dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Mazali krem ​​har doim tortning asosiga urg’u beradi, xoh u biskvit, qumoq yoki boshqa hamir turidan tayyorlangan bo’lsin. Quyida sizga tort uchun 5 ta eng ajoyib kremlar retsepti havola etiladi....

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Rogalik bulochka

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o'rab qo'yiladi. Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo'lakka bo'linib, har bir bo'lak yoyiladi......

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Fikr qo'shish