Tushda daraxt ko'rsa nimani bildiradi

Tushda daraxt ko'rsa nimani bildiradi
Tushda daraxt ko'rsa nimani bildiradi


Tushda daraxt-tushda daraxt ko‘rish xayrli hisoblanadi. Agar tushingizda qanday daraxt ekanini bila olmayotgan bo‘lsangiz siz ibodat ahlidan ekansiz va yaxshilik ko‘rasiz. Tushda mevasiz manzarali, o‘rmon daraxtlarini ko‘rish yaxshilikka yo‘yilmaydi. Tushga zaytun daraxti kirishi foydalidir. Agar siz tushingizda anor daraxtini ko‘rsangiz qo‘lingizga halol mol keladi. Shirin ta’mli anorni ko‘rish foydadan darakdir.

Tushda daraxt
Sitrus mevalarni (apelsin, mandarin kabi) daraxtlarni ko‘rish yaxshi kishi bilan do‘st tutinish va oila qurishdir. Har tomonlama yaxshi deb ta’bir qilinadi. Kim tushida qovoq palagini ko‘rsa shifokor bo‘ladi. O‘zi ham sog‘-salomat bo‘ladi. Tut daraxti tushingizga kirsa, badavlat va hunarli bo‘lasiz. Tut pishig‘i faslida tush ko‘rgan bo‘lsa unda hamma manfa- at ko‘radi. Qishda tut daraxtini ko‘rish ob-havoning yomonlashishi va bo‘rondan darakdir. Tushida archa va chinor daraxtini ko‘rgan kishining qo‘liga oltin va kumush, pul tushadi. Mushk daraxtini ko‘rgan kishi badavlat va saxiy bo‘ladi. Agar tush ko‘ruvchi ayol kishi shunday tush ko‘rsa boyiydi.


Tushda olma daraxti
Olma pishig‘ida olma daraxtini ko‘rgan kishi kasal bo‘lsa tu- zaladi. Boshqa faslda olma daraxtini ko‘rgan kishi esa kasallikka yo‘liqadi.

Tushda qizil olma
Qizil olma tush ko‘rgan kishining iymoni zaifligidan dalolatdir. Jiyda daraxtini tush ko‘rgan kishi halol rizqqa erishadi. Xurmo daraxtini tushida ko‘rgan kishi manfaat ko‘radi. Nok pishadigan paytda nok daraxtini ko‘rib mevasidan yegan kishi niyatiga yetadi. Boshqa faslda ko‘rilgan shunday tush esa harom moldan da- lolatdir. Tushda shaftoli yeyish yaxshi emas. Anjir daraxtini ko‘rgan kishi boyiydi, ammo boyligi tezda ko‘ldan ketadi. Tushida anjir yegan kishi oila quradi, farzandlar ko‘rib baxtli yashaydi.

Tushda yong‘oq daraxti

Tushida yong‘oq daraxti yegan kishi xushmuomala, biyron bo‘ladi. Yong‘oq pishgan faslda tushida yong‘oq yegan kishi qiyinchilikka duch keladi. Tushida o‘rmon yong‘og‘ini ko‘rib uning mevasidan yegan odamning qo‘liga harom mol tushadi. Tushida majnuntolni ko‘rish yaxshilikka yo‘yiladi. Uzum pishig‘ida oq uzum ko‘rgan yoki yegan kishi badavlat bo‘ladi. Uzum pishmaydigan faslda shunday tush ko‘rgan kishi qiyinchilikka uchraydi. Gilos daraxtini tush ko‘rgan kishi o‘g‘illi bo‘ladi. Gilos pishadigan faslda gilos daraxtini, uning mevasidan yeganini tush ko‘rgan kishinng qo‘liga halol pul tushadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Tulki ko'rsa

Agar tushda ko’rilsa ayyor odam aldamoqchiga o’xshaydi....

Tushda Arslon ko'rsa

Tushda arson ko'rish davlat boshqaruvchisi bilan tag'bir qilinadi. Arslon tishlasa mol-dunyodan ko'riladigan zararga, arslonning quvlashi qo'rquvga, arslon ko'rish uzoq umr ko'rishga, bemor inson uchun olamdan o'tishiga ishoradir....

Tushda QISHLOQ ko'rsa

— farovonlik va baxtiyorlikga ishora....

Tushda SAYYOX ko'rsa

-agar kishi o’z yurtida sayoxat qilib yurgan bolsa o’ngida gam anduxga......

Tushda Turli tillarda gapirish ko'rsa

Bu katta mulkka dalolatdir....

Tushda asal ko‘rsa nima bo‘ladi

Tushda asal- tush ko‘ruvchi tushda asal ko‘rsa halol rizq, meros yoki o‘ljadir. Bemor kishi tushida asal yeganini ko‘rsa sog‘ayib ketadi. Kambag‘al kishi tushida asal yeganini ko‘rsa, hayoti yengillashadi. Agar bunday tushdi boy ko‘rsa, ko‘p kishilarni ish bilan ta’minlaydi....

Tushda Asal. ko'rsa

U tushda halol meros yoki sherikli moldir. Oldida boshqani asali......

Tushda Bekorchilik ko'rsa

Tushda bekor yurganni ko’rish o’ngdagi omadsizlik va umidlarning puchligig......

Tushda Bo’laklab quritilgan gusht ko'rsa

U safarga borishga yo’yiladi....

Tushda Bulut ko'rsa

Tushda Tushdagi bulut Islomga, ilmga, do’stlar va qo’shnilarga, xomilador......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Nilufar
    Nilufar 14 июня 2022 04:45
    Tushda daraxt shohlarida yursa yiqilish hafi bor ln yiqilmasa

Fikr qo'shish