Tushda gul ko'rsa

Tushda gul ko'rsa
Tushda gul ko'rsa


Tushda gul ko‘rish yaxshilik alomati. Gullar ayol va farzand deb ta’birlanadi. Ko‘rilgan gullarining rangi ham ahamiyatlidir. Qizil gul g‘am-anduh, sariq rangli gul kasallik, moviy tusdagi gul rohat-farog‘at, oq gul xursandchilik va xushxabar, pushti gul uzoq davom etmaydigan baxtdan darakdir.

Rayhonning gullarini ko‘rish farzand, sevimli ayol, umr yo‘ldosh. Uning shoxchasini sindirib olish esa yig‘i va g‘amdir. Nilufar ko‘rish xizmatchi qiz yoki kotibaga ishoradir. Biror ayol kimgadir nilufar berganini ko‘rsa, undan ayriladi.

tushda gul
Oilali kishi uchun bunday tushning ta’biri farzanddir. Binafsha o‘sadigan faslda binafsha ko‘rish ayol sevgi izhori va ulardan ko‘riladigan nafdir. Asl vatani boshqa o‘lkalar bo‘lgan gullar sirli ayol demakdir. Yasmin farzand kutayotganlar uchun o‘g‘il daragi. Shuningdek, nolai faryodga sabab bo‘ladigan qayg‘uga ishora ham.


Daraxtlarning gullari ezgulik ramzi sanaladi. Gullarni ular bo‘ladigan fasldan boshqa vaqtda ko‘rish yaxshi emas.

Agar tushungizga gullarni yig‘ayotganingizni ko‘rsangiz-xayotda gullab yashnashingizga ishora. Hamma boshlagan ishingizda omadli bo‘lasiz.

tushda gul ko'rish
Millerning tush ta’birida gullar

Agar siz tushungizdabog‘cha yorqin rangdagi gullarni ko‘rgan bo‘lsangiz o‘z ishingizdan mamnunlanasiz. Oq gul-xafachilikka. Quruq kolgan gulni tushda ko‘rish kiyinchilik. Agar yosh ayol tushida xar xil rangdagi gullar to‘plamini olsa oshiqlari ko‘p bo‘ladi. Unmaydigan yerda gullarni ko‘rish mushkul ishga. Lekin tush shu bilan birga o‘zini irodasi bilan bu qiyinchilikdan tez chiqib olishini ham aytadi.

Loffa tush ta’birida
Gullar bu-keng ma’noli go‘zallik ramzidir. Siren guli-kassallik, zaxar. Arxideya –chiroyli ko‘rinish,ko‘ngilchanglik. Qizil atirgul-sevgi. Sariq atigul do‘stlik.

Svetkova ta’biri

Ko‘p gullar ko‘rish-qayg‘u-alam, bitta dona gulni ko‘rish xursandchilik, oq gul-to‘y yoki yangi ish, gulni xidlash-yordam, sovg‘a qilish ayriliq, tuvakda gul-yangi kashfiyot. Qish masumida ko‘rish-to‘siqga-qiynchilikka.

Vanga tush ta’birida
Agar siz sizga sovg‘a qilingan gulni tikoni kirib ketsa-yaqin odamingiz tufayli qayg‘uga botasiz.

Tushingizda bog‘ingizni toptalganini ko‘rsangiz-sizni dushmanlaringiz bor kuchini ishga soladi, siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotni bilmasligingizga. Agar xonangizda ko‘pgina tuvak gularni ko‘rsangiz-bu yashirin bo‘lgan xissiyotni bildiradi. Bog‘da ko‘pgina betakror gullarni ko‘rsangiz va xidlasangiz-sizni xissiy uchrashuv kutadi. Siz bog‘ingizga gullar ekayotganingizni ko‘rsangiz- unda siz yaxshi ishlar bilan bandsiz.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Yashin, momaqaldiroq. ko'rsa

Bu o'ngdagi shov-shuvga sabab bo'ladigan muvaffaqiyatga erishadi.yana dushmanlar bo'lsa zarar keltira olmaskan....

Tushda yong'oq ko'rish - uni chaqish, yeyish, terish va boshqalar ta'biri

Tushda yong’oq ko’rish – siz o’z organizmingizga bee’tibor bo’layotganingizdan darak, buning oqibatida jinsiy salomatligingizga jiddiy zarar yetishi mumkin. Yong’oq yeyish, iste’mol qilish – yaqin orada yaqindan tanish bo’lmagan kishi bilan muloqot qilish davomida ijobiy his-tuyg’ularni boshdan kechirishingizga....

Tushda Daraxt ildizi ko'rsa

Agar tushda daraxt yo biron usimlik ildizini ko'rsangiz, o'ngda ko'ngilsiz voqealarni bartaraf etish......

Tushda mashina ko'rish ta'biri - haydash, sotish, sotib olish, avariya qilish

Tushda mashina ko’rish turli narsalarni bildirishi mumkin. Oq mashina – kuchli tashvish alomati. Yorqin rangli transport vositalari – ularni “uchirib” haydash va yo’lda hech qanday to’siq va chuqur (yama) larga tushmaslik – muvaffaqqiyat va sharafga erishish belgisi. Yangi mashina – hodisalar rivoji sizning foydangizga bog’liq ravishda bormoqda....

Tushda Bekorchilik ko'rsa

Tushda bekor yurganni ko’rish o’ngdagi omadsizlik va umidlarning puchligig......

Tushda ZAG’CHA ko'rsa

xavfli do’st....

Tushda Bo’rsiq ko'rsa

Tushda bo’rsiq ko’rish aldov va pul yo’qotishga ishora....

Tushda Uloqcha ko'rsa

Tushda bolaga ishora. So’yilga uloqcha bola vafotiga ishora. Agar so’yilgan uloqcha iste’mol qilinsa, farzandi tomonidan boylikka erishadi....

Tushda Buzilgan quduq

Tushda Quduqning buzilishi ayolining o’limiga ishoradir....

Tushda Kalit ko'rsa / Тушда Калит курса

Kalit muammolarni xal etish borasidagi izlanishlar, muammolarni birmuncha oson yo'llar bilan hal etish istagini bildiradi. Tushda kalit bilan eshik ochish - kelgusida barcha bilimlar soxasida buyo'q kashfiyotlar qilinishidan dalolat beradi....

Fikr qo'shish