Kuchlikdan ham kuchli bor

Kuchlikdan ham kuchli bor
Kuchlikdan ham kuchli bor


Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi.

Yigit va qiz aynan unga yaqinlashishganida cholning oyog‘i loy suv bilan to‘lgan chuqurga tushib, qizning kiyimlariga ko‘pgina suv sachrab ketdi. Qiz:
- Nimalar qilding, hayvon, befarosat chol, eshak?! - deb chunonam cholning yuziga qichqirdiki... yigit hech narsani o‘ylamay cholga qattiq zarba berib yiqitdi. Nafrat bilan qarashdi.

Chol asta o‘rnidan turar ekan, yigitning baquvvat mushaklari, bo‘y - bastini ko‘rib, javob zarbasini bera olmasligini tushunardi. Hech kim eshitib tushuna olmaydigan, zaif ovozda nimalarnidir pichirlardi. U hali turib ulgurmasdan, chuqurning yonidagi binoga yigit va qiz kirib ketishdi. Binoning zinalaridan ko‘tarilar ekanlar, yigitning bexosdan oyoqlari toyilib yiqildi. U dumalab binodan chiqib, aynan chol yiqilgan chuqurga kelib boshi bilan tushdi. O‘sha zahoti o‘ldi.


Qiz:
- Sevgilim, sevgilim, - deb baqira boshladi.
Cholga qarab:
- Sen uni o‘ldirding! Sen aybdorsan! - deb bor ovozi bilan qichqirdi. Yaqinlarini chaqirdi. Darrov odamlar to‘plandi. Barchalari cholni aybdor deb bilib, qozining huzuriga olib bordilar. Qiz:
- Bu chol, sehrgar, jodugar, u nimalarnidir aytib, pichirlagandan keyin, erim yiqilib o‘ldi! - dedi. Qozi choldan so‘radi:
- Nima bo‘ldi?
Chol dedi:
- Oyog‘im bexosdan suv to‘plangan chuqurga tushib ketdi. Bu qizning ustboshiga sachradi. U bilan birga bo‘lgan yigit mening boshimga qattiq urdi. Unga mening kuchim yetmasdi. Lekin men «Allohim, bu yigit o‘z kuchini menda ko‘rsatdi. Sen ham O‘z kuchingni unda ko‘rsat!» dedim. Hech qancha fursat o‘tmay u o‘sha chuqurga tushib o‘ldi.
Qozi qizga qarab:
- Turmush o‘rtog‘ingni bu chol o‘ldirmabdi.
U sening holingdan g‘azablanib, buni uribdi. Buning Robbisi esa, eringni jonini olibdi! - dedi.

Zulm ko‘rsangiz, Allohga yuzlaning. U Eshituvchi. U Ko‘ruvchi.

Oyoqlaringiz yerda iz qoldirsa, tilingiz qalblarda qoliradi.
Qanday iz qoldirish o‘z ixtiyoringizda.

Hech kimni g‘iybat qilmaydigan, tili bilan ozor bermaydigan, o‘zini o‘zgalardan afzal bilmaydigan bo‘lish, qanday yaxshi!

Bu dunyoda barchamiz musofirmiz. Bir -birimizni ranjitmaylik
© Ummu Abdulloh

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (2-qism)

TUTQUNDA «Mana shu yerdan jilmasligim kerak, — o'yladi Mehmonali uyoqdan-buyoqqa qo'llarida zil-zambil sumkalar bilan o'tib turgan yo'lovchilarga zimdan boqib. — Tursam, kimdir egallab qo'yadi. Undan keyin qaerda mizg'iyman. Ertaga mardikorlikka chiqishim zarur. Aks holda ochdan o'lish hech gapmas....

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurg'ur tinmasdan erta so'ngan sevgimni so'rar.. Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz.. samodagi yulduzim seni juda sog'indim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan.. Farab.. ...

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

Qiz farzand

Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yo'qot ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi......

Olmos

Afrikalik savdogar olmos tosh sotib oldi. Hajmi tuxumning sarig‘idek edi. Ammo uning kamchiligi bor edi. O‘rtasiga darz yetgandi. Bu narsa esa uning go‘zalligi va qiymatiga futur yetkazardi......

Qaytmaydi...

Vaqt topib saytga kirasiz, siz sevgan profil o'chiq... Ko'k chiroq yonishini intizorlik bilan kutasiz, lekin uu yoq......

TANISH KABUTARLAR

Yomg‘irli kunlar uzayib ketdi. Bahor oyi boshlangan bo‘lsa-da, qishning qahri kesilmagandi. Bog‘dan eshitilib turadigan qushlarning ovozi ham siyraklandi. Sakkizinchi qavatning oynavand ayvoni raxiga qo‘ngan bir-ikki qush to‘kilgan non ushoqlarini tez-tez cho‘qilaydi-da, boshini yelkalari orasiga olib, xomush tortadi. — Jonivorlar yegulik...

📙IYMON qadrini bilamizmi?

Bir da’vatchi domla hikoya qiladi: Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida: - Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi......

Xar ayolning boshida ro'moli bo'lsin...

Kunlarning birida ikki yosh avtobusga chiqishdi. Ular chamasi 25-30 yoshlardagi yigit va uning rafiqasi. Bu juftlik shaxardagi boshqa er-hotinlarga xech o'hshamaydi......

O'lim tilamang...

Bir marosimda uch-to'rt kishi u yoqdan bu yoqdan gaplashib o'tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: “O'rtoq, qizingni uzatibsan, endi o'g'lingni xam uylantirarsan?”, dedi......

Fikr qo'shish