Bolaga xorijiy tillarni qanday o’rgatish mumkin?

Bolaga xorijiy tillarni qanday o’rgatish mumkin?
Bolaga xorijiy tillarni qanday o’rgatish mumkin?


Zamonamiz bolalari o’z davriga mos ravishda har sohada ildam qadam tashlashga o’rganib bormoqdalar. Endigina tili chiqqan bolalarning uyali aloqa vositalarini bemalol ishlata bilishi, kompyuter va shu kabi texnologiyalardan hech bir qiyichiliksiz foydalana olishini kuzata turib hayratdan yoqa ushlashigiz tabiiy.

Ayrim ota-onalar esa o’z farzandlariga bolalikdanoq bir necha xorijiy tillarni o’rgatishga harakat qilishadi. Zero, til bilish kishi dunyoqarashini kengaytiradi, til o’rganish asnosida kishida ushbu xalq tarihi, madaniyati va turmush tarziga bo’lgan qiziqish ortib, bilim olishga ishtiyoq yanada kuchayadi. Til o’rganishning bunday muhim jihatlarini bolakayga qay yo’l bilan tushuntirish mumkin? Uni horijiy tillarga qiziqtirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak?

Farzandingiz til o’rganishdan bosh tortishi – uni o’z holiga tashlab qo’yish uchun yetarli sabab bo’la olmaydi. Bordi-yu bolada qo’shimcha darslar va boshqa mashg’ulotlarga qiziqish sezilmasa, uni o’zingiz qiziqtirishga urinib ko’ring. Buning uchun bolangizga biror matndan qiziqarli parcha o’qib bering yoki shu tilda biror o’yin o’ynashni taklif eting. O’yin mobaynida uni xorijiy tildagi notanish so’zlar bilan tanishtirib, farzandingizga shaxsiy namuna ko’rsating va bu so’zlarni tez-tez takrorlab turing.

Ko’pchilik ota-onalar bolalarni o’z tengdoshlari bilan solishtirishga harakat qilib, ularni o’qishga undamoqchi bo’lishadi. Ammo, bunday sharoitda bolada ishtiyoq emas, faqatgina tushkunlik hissining paydo bo’lishiga olib keladi. Yodda tuting, sizning farzandingiz boshqalar kabi emas, u turfa qiziqishlar va o’ta keng bo’lmasa-da, rivojlanish ostonasidagi dunyoqarash sohibi. Har inson bir xil bo’lmaganidek, bir bola hech qachon ikkinchisi kabi bo’la olmaydi. Bu holatda sizning vazifangiz- uni jazolash emas, maqtash orqali ishtiyoqini o’stirib borishdan iborat.
Farzandingizning yoshi biroz kattaroq bo’lsa, unga til o’rganishning foydali jihatlari haqida so’zlab berish tavsiya etiladi. Uning eshitayotgan musiqalari yoki kompyuter o’yinlari ham chet tilida ekanligi orqali uni til o’rganish ishqiboziga aylantirib qo’yish hech gap emas. Horijiy tillarda multfilmlar tomosha qilish ham farzandingizga yaxshi ko’mak berishi mumkin.
Til o’rganishni nacha yoshdan boshlagan ma’qul?
Bu borada pedagoglar, lingvistlar va ruhshunoslar fikri turlicha, shu bois, ularning har biri mashg’ulot, avvalo, bolaning o’ziga yoqishi kerak deya ta’kidlaydilar. Mashg’ulotlar davomida turli ertaklar, tez aytish va topishmoqlardan foydalansangiz nur usiga a’lo nur.

Dunyoning eng mashhur shaharlardagi ko’chalar

Har bir shaharda minglab sonli ko’chalar mavjud. Ammo, shunga qaramay, faqat bittasi yoki ikkitasi mashhurlikka erishmoqda. Negadir odamlar bu ko'chalarga boshqalarga qaraganda tez-tez tashrif buyurishadi. Shunday ko’chalarda bir qanchasini sizning e’tiboringizga havola etamiz....

Inson xotirasi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Xotira odam hayotida muhim vazifani o’taydi. Usiz inson o’zligini yo’qotadi. Bugungi maqolamiz orqali inson xotirasi haqida bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz!......

Radio haqidagi qiziqarli ma'lumotlar

Bir paytlar radio ixtirosi butun insoniyat taraqqiyotini ancha rivojlantirdi. Yuzlab kilometr uzoqlikdagi odamlar bilan aloqada bo'lish qobiliyati armiyadan tortib to sanoatgacha bo'lgan sivilizatsiyaning barcha sohalariga eng foydali ta'sir ko'rsatdi. Anglaganingizdek, ushbu maqolamiz radio haqidagi bir qancha qiziqarli faktlarga bag’ishlanadi....

Nochor insonlarning boy bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi hayotiy prinsiplar

Ruhshunoslar boy va nochor holatdagi odamlarning fikrlash tarzi hamda hayotiy prinsiplari o‘rtasida juda katta farq bor ekanligi haqida aytishadi. Nochor insonlarning boyib ketishlariga to‘sqinlik qiladigan odatlar va hayotiy prinsiplar aynan nimalardan iborat?......

Albert Eynshteyn haqida qiziqarli ma’lumotlar

Eng taniqli fizik Albert Eynshteyn oddiy odam bo’lmagan. Olimning asosiy ishtiyoqi nimada edi, shaxsiy hayotida qanday voqealar yuz berdi, nega u prezident bo'lmadi, olimning ko'zlari va miyasi hozir qayerda? Shu kabi savollarning javobi quyidagi maqolamizda keltirilgan. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Senga gap olib kelgan odam sendan xam gap olib ketad

☝️Senga gap olib kelgan odam sendan xam gap olib ketadi. ☝️Foydangga guvoxlik bergan odam zararingga xam guvoxlik beradi. ☝️Foydangga jur'at qilgan odam zararingga xam jur'at qila oladi....

Derazasiz xonani qanday qilib yorqin qilish mumkin? Bu borada interyer mutaxassislarining maslahatlari

Derazaga ega bo’lmagan xona barchaga ma’lumki, qorong’i va biroz bo’g’iq bo’ladi. Tabiiy yorug'likning yetishmasligi uni makon va havodan mahrum qiladi. Ammo interer mutaxassislari dizaynerlarning ba'zi professional nayranglarini bilib, siz vaziyatni to'g'rilashingiz va har qanday xonani derazasiz o'zgartirishingiz mumkinligiga aminlar......

Kechasidagi ish samaradorligini oshirish

Odamlar orasida “Ertalabki ishning unumi, barakasi bo’ladi”, degan naql bor. Butun dunyo bo’yicha ham odamlar erta turib, kechgacha ishlab, kechasi dam olishadi. Biroq hamma ham bunday jadvalda ishlamaydi, ko’pgina odamlar kechasi ishlashga o’rganganlar yoki shunga majburlar. Kechasi ishlashning ham o’z afzalliklari bor, shulardan eng birinchisi –...

Bolani tez va tinch uxlatish: Ota-onalar uchun 6 samarali yo‘l

Bola kechasi uxlamay, tunlari sergak yursa, bu faqat bolaning sog‘lig‘iga emas, balki butun oila muhitiga ta’sir qiladi. Ko‘p holatlarda ota-onalar chaqaloqdan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni qanday uxlatishni bilmay qiynaladi. Quyida sizga bola uyqu muammolarini hal qilishga yordam beruvchi 6 ishonchli yo‘lni taqdim etamiz....

Xonalar uchun parda tanlashdagi kichik qoidalar

Yotoqxona, oshxona, mehmonxonadagi pardalar uslubini o’zgartirish haqida tez-tez o’ylab qolasizmi? Bu barchamiz uchun interyerning oddiygina bir buyumi, ammo aynan u uyingiz dizaynini o’zgartirib yuborishi mumkin. Pardalar saloniga yo’l olishdan avval maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing......

Fikr qo'shish