Tvorogli zapekanka

Tvorogli zapekanka
Tvorogli zapekanka


Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda ma'qul bo'ladi. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 500 gramm tvorog
  • 600 gramm qovoq pyuresi (500 gramm asosiga, 100 gr ustki qismi uchun)
  • 190 gramm shakar (100 gr tvorog uchun+70 gr qovoqga+20gr)
  • 5 dona tuxum (2 ta tvorog+2ta tuxum+1ta ustiga)
  • 2 osh qoshiq kraxmal (1 osh qoshiqdan tvorog va qovoq uchun)
  • 25 gramm mak
  • 1 dona apelsin po'sti
  • 100 gramm smetana

Tayyorlash usullari:
1. Makni 15 daqiqa davomida, past olovda qaynating, suvdan ajaratib, makni quriting. Tvorogni 100 gramm shakar bilan blendrda, bir xil massa holigacha aralashtiring. Tvorog, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq kraxmal va makni birlashtiring.
2. Qovoqni gaz pechida pishiring va qovoq pyuresini tayyorlang. Ortiqcha sharbatini ajratish uchun doka yordamida siqib oling. Qovoq, 70 gramm shakar, maydalangan apelsin po'sti, 2 dona tuxum, 1 osh qoshiq kraxmalni birlashtirib, aralashtiring.
3. Pishirish qolipi pastki qismiga pergament qog'ozi soling. Qolip devorlari va pergament qog'ozini yog' bilan surting va un seping. Tayyorlangan massalardan 1 osh qoshiqdan, pishirish qolipi markazidan, navbatma-navbat solib chiqing.
4. Pishirish qolipini extiyotkorlik bilan silkiting. Solingan massa pishirish qolipi bo'ylab yoyilsin.
5. Zapekankani kesganingizdan so'ng, yanada ishtaxa ochar ko'rinishga ega bo'lishi uchun yog'och tayoqchada naqshlar hosil qiling.170 darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishiring.
6. Zapekanka ustidan quyish uchun 20 gramm shakar, 1 dona tuxum va 100 gramm qovoq pyuresini birlashtiring. Belgilangan vaqt o'tib, zapekanka ustidan tayyorlangan massani quying va yana 7-10 daqiqa davomida pishiring. Tayyor zapekankani qolipda sovuting.
7. Belgilangan vaqt o'tib, nozik zapekankani dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo bo’lgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik san’ati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda...

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Хадича
    Хадича 9 июля 2020 05:51
    Манга ёкди уйда таййорлаб кораман рахмат оллох рози болсин

Fikr qo'shish