Koulslo salati

Koulslo salati
Koulslo salati


Yevropa pshxonasining mashhur salatlaridan birin e'tiboringizga taqdim etamiz. Yengil va vitaminlarga boy salat. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mazali va lazzatbaxsh ta'mni sizga taqdim etadi.

Kerakli masalliqlar:

  • 1 ta qizil karam, oq karam
  • 2 dona sabzi
  • 1 banka makkajo'xori konservasi
  • 1 bog' petrushka
  • 100 gramm smetana yoki yogurt
  • 1 osh qoshiq olma sirkasi
  • 3 choy qoshiq shakar, 0,5 choy qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq xantal (gorchitsa)
  • Ta'bga ko'ra murch

Tayyorlash usuli:
1. Oq karamni mayda somoncha shaklda to'rg'ang. Qo'lingiz bilan ezing. Tozalangan sabzini qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
2. Shuningdek, qizil karamni ham mayda somoncha shaklda to'rg'ang. Qo'lingiz bilan ezing. Petrushka ko'katini mayda to'rg'ab, birlashtiring.
3. Makkajo'xori konservasini oching va makkajo'xorini sharbatidan ajrating.
4. Barcha masalliqlarni birlashtiring.
5. Salat uchun sousni tayyorlang. Buning uchun: yogurt, tuz, shakar, xantal, sirka va murchni birlashtiring, aralashtiring.
6. Sousni salatga qo'shing, aralashtiring. 2-3 soatga muzlatgichga qo'ying. Belgilangan vaqt o'tib, mazali salatni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Ushbu salat ozish uchun o'z ustida ishlayotgan insonlar uchun ham ma'qul bo'ladi.

"Qish ziynati" salat

Kartoshka va lavlagi suvda qaynatib olinadi. Oq piyoz ikkiga bo'linib, mayda parrak qilib to'gralib, biroz suvda chayqab olinadi. Shunda piyozning achchig'i ketadi. Ko'k piyoz mayda to'g'raladi. Barcha masalliqlar to'rtburchak qilib to'g'raladi va aralashtiriladi....

Ayol qaysarligi salati

Nomlanishi noan'anaviy bo'lgan mazali va nozik salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Quritilgan baqlajonli salat

Ushbu salat 10-12 kishilik. Qaynab turgan suvga baqlajon solinib, 2 daqiqa qaynatiladi. So'ng baqlajon suvdan silqitib olinadi. Qizigan tovaga yog' solinib, to'g'ralgan piyoz engil o'lgunicha qovuriladi va ustiga qizil qayla solinadi....

Ko'klamoy salat

Shoshilinchda tayyorlash oson va tez bo'lgan vitaminlarga boy baxoriy salat. Bodring va ko'katlar yuvib, mayda to'g'raladi. Ta'bga ko'ra ziravorlar solib, qatiq bilan aralashtiriladi....

Mimoza salati

Idishga konserva baliq solinadi. Ustidan sanchqida bo'laklanadi. Baliq ustiga suvda qaynatilgan va qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka solinadi. Uning ustiga qaynatilgan tuhum oqi qirg'ichdan chiqariladi. Keyingi qatlamga mayonez surtiladi. Ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. Qolgan tuhum sarig'i bilan salat bezatiladi....

Qizil chechevitsali gazak

Vitaminlarga boy va noan'anaviy gazak! Qolaversa juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Barno salati

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, sho'r suvda 4-5 daqiqa qaynatib olinadi. Sabzi, bodring yirik somoncha to'g'raladi. Pomidor 5-6 bo'lakka bo'linadi. Piyoz yirik to'g'raladi. Oldin qozonga yog' solib, piyozni o'lguncha qovuramiz. Uning ustiga sabzini solib, qovurishda davom etamiz. Sabzi o'lgach, ustiga pomidorni solamiz. Pomidor chala o'lgach,...

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qisqichbaqali rulet gazagi

Mo'jizaviy gazak! Nozik va juda ham mazali. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Olivye salati tayyorlash retsepti - kolbasa va go'shtli turi, bosqichlari, sirlari

Olivye – salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti juda oddiy, uni tayyorlash va eslab qolish oson. Aksariyat insonlarda ushbu salat yangi yil shukuhi bilan bog’lanadi. Quyida uning turli tayyorlanish usullari keltiriladi....

Fikr qo'shish