Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar
Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Yengil va to'yimli kotletlar. Har qanday tayyorlangan garnir bilan dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Sabzavotlar va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parxezbop sanalib, semirishga yo'l qo'ymaydi. Tayyorlanishi oddiy bo'lgan ushbu kotletlarni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 1 kg tovuq go’shti (lahm)
  • 1 kg gulkaram
  • 1 bog' petrushka
  • Ta’bga qarab tuz va murch
  • Belab olish uchun maydalangan suxari
  • Qovurish uchun o’simlik yog’i

Tayyorlanishi:
1. Birinchi navbatda tovuq go'shti va gulkaramni go'sht qiymalagichdan chiqarib oling.

2. Petrushka ko'katini mayda to'rg'ab soling. Ta'bga ko'ra tuz va ziravorlar solib, aralashtiring.

3. Tayyorlangan qiymadan kotletlar yasang va non suxarisiga belang.

4. Tovada qizdirilgan o'simlik yog'ida, kotletlarni har tomonlama, qizartirib qovuring.

5. Kotletlarni pishirish qolipiga tering. 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat mabaynida pishirishda davom eting.

6. Belgilangan vaqt o'tib, tayyor kotletlarni garnir bilan dasturxonga torting!

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish