Dedilar: Sevmoq gunoh sevgi haqida sher

Dedilar: Sevmoq gunoh
Dedilar: Sevmoq gunoh

Dedilar: Sevmoq gunoh
Ollohdan boshqasini.
Dedim: Men ishq tufayli
Ko‘rdim Uning aksini!..

Dedilar: Sevgi – yolg‘on!
Ishonma cho‘pchaklarga!..
Dedim: Dunyo qurilgan
Aslida ertaklarga.

Dedilar: Ko‘zingni och,
Osiya bo‘lgaydirsan!..
Dedim: Faqat men bilan
Baxtingni qurgaydirsan!..

Dedilar: Oxiri yo‘q!
Bu yo‘lingdan qayt axir!..
Dedim: Menga hislaring,
Ayt ularga, ayt axir!..

Dedilar: Afsus... Shayton
Egallabdir jismingni!..
Dedim: Tirikmanki to,
Takrorlayman ismingni...

Dedilar: Eh, devona!..
Qaranglar tilagiga!
Dedim: O‘lsam bir kuni...
Ko‘minglar yuragiga!

Fikr qo'shish