Yong'oq shirinligi

Yong'oq shirinligi
Yong'oq shirinligi


Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing.

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:

  • 200 gramm un
  • 100 gramm saryog'
  • 180 gramm suv
  • 2 gramm tuz
  • 5 dona tuxum (300 gramm)
Krem uchun:
  • 285 gramm saryog'
  • 100 gramm shakar kukuni
  • 120 gramm quyultirilgan sut
  • 40 gramm suv
  • 4 dona tuxum sarig'i
  • 100 gramm yong'oq
  • 1 osh qoshiq konyak
Bezash uchun:
  • 60 gramm yong'oq, shakarli sirop
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Ko'rsatilgan masalliqlardan zavarnoy xamir tayyorlang. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga, orasidan masofa qoldirgan holda, choy qoshiqda sharchalar soling.
2. 220 darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa, so'ng 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishiring. Tayyor bulochkalarni sovuting.
3. Bezash va krem uchun yong'oqni qovuring. Blenderda maydalang.
4. Krem uchun: tuxum sariqlarini suv bilan aralashtiring. Quyultirilgan sutni qo'shing va past olovda quyuqlashgunga qadar qaynating. Ushbu bosqichni suv xammomida tayyorlash ham mumkin. So'ng, sovuting.
5. Yumshatilgan saryog'ni shakar kukuni bilan oppoq tusga kirgunga qadar ko'pirtiring. Oz-oz qismdan tuxumli massani qo'shgan holda ko'pirtirishda davom eting. So'nggi qismda konyak va yong'oqni soling, ko'pirtiring.
6. Bulochkalarning ichki qismini krem bilan to'ldiring. Bezash uchun avval siropga so'ng, maydalangan yong'oqga botiring.
Yoqimli ishtaxa!

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Italyancha pechenya

Italya oshxonasining mashhur retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz. Juda ham nozik va og'izda erib ketuvchi ushbu pechenyaning tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bir olam quvonchni taqdim etadi. Dasturxon davrasida chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Malina-shokoladli tort

Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli pirog

Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel' aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo'shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo'lib, yog'langan listga qo'l yordamida yoyib chiqiladi. So'ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o'rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib,...

Napoleon tort tayyorlash: uy sharoitida, retsepti, bosqichlari, sirlari, xamiri va kremi

“Napoleon” torti – butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va Fransiyada bu tortni  “ming qatlam” deb atashadi, Belgiya va Niderlandiyada esa shunga o’xshash “Tompus” shirinligi mavjud va u ko’pirtirilgan qaymoq va pushti glazurdan iborat.  Qizig’i shundaki, ko’pincha “Napoleon”  torti, qandolatchilik...

Shokoladli glazur tayyorlash retsepti - bosqichlari, kerakli masalliqlar, tavsiyalar

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Nyu York chizkeyki

Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Fikr qo'shish