Hamdam Sobirov - Osmonlarda

Hamdam Sobirov - Osmonlarda
Hamdam Sobirov - Osmonlarda

Hamdam Sobirov - Osmonlarda Текст песни

Seni uzatishdi boshqaga,
Ko‘rib turib, ketayabman orqaga.
Ko‘nglimni so‘ramadi hech kimsa,
Aytaqol sevishingni boshqaga.

Ayrilgan kunimizdan bo‘lmadi menda halovat,
Yuragimga otilgan o‘q, bitmayapti jarohat.
Qancha yana davom etar o‘rtadagi adovat ayt, ayt?

Bilmadim ne kechadi holatim, o‘ylama faqat,
Balki bizga berilgan muhabbatdan tugadi vaqt.
Uyingdagilar orzusi seni baxting emas taxt, ha, ha.

Yig‘layverma, ko‘rishamiz
Osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda.
Jimgina, kel yashaylik
Xayollarda, xayollarda, xayollarda.

O‘rtada yo‘q ishonch, gapir ayblaringni,
Parchalangan muhabbat sen taraf, men taraf.
O‘zingni qo‘lga ol, endi sevgi uvol,
Tushunmasdan ko‘ngil, sen taraf, men taraf.

Senga berdim savol, kutaman – yo‘q javob,
Sinib bo‘lgan sevgi sen taraf, men taraf.
Hey, sen taraf, men taraf.

Dardlarimni aytolmadim, sog‘inganda borolmadim,
Seni baxtli qilolmadim, o‘zimni kechirolmadim.
Ko‘z yoshlaring artolmadim, bag‘rimga to‘yib bosolmadim,
Sochlaringni silolmadim, o‘zimni kechirolmadim.

Yig‘layverma, ko‘rishamiz
Osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda.
Jimgina, kel yashaylik
Xayollarda, xayollarda, xayollarda.

Fikr qo'shish