Javohir Zokirov - Donoman

Javohir Zokirov - Donoman
Javohir Zokirov - Donoman

Javohir Zokirov - Donoman Текст песни

“Donoman” deb urinma,
Nodonliging bilingay.
“Oshnoman” deb lof urma,
Shaytonliging bilingay.

Ushlab turib qo‘lda tor,
Bo‘ldim dema san’atkor.
Odamman deb chiranma,
Hayvonliging bilingay.

Inson ne uchun kerak,
Vijdonlari bo‘lmasa?
Zamin ne uchun kerak,
Insonlari bo‘lmasa?

Topganingda go‘zal bog‘lar,
Yo‘qotganingda achinma,
Bu dunyo omonat, bu dunyo omonat.

Osmon ne uchun kerak,
Yulduzlari bo‘lmasa?
Burgut ne uchun kerak,
Juft qanoti bo‘lmasa?

Topganingga xursand bo‘lma,
Yo‘qotganingda achinma.
Bu dunyo omonat, bu dunyo omonat.

Fikr qo'shish