Kartoshka shirinligi

Kartoshka shirinligi
Kartoshka shirinligi


Mashhur va barcha uchun sevimli bo'lgan shirinliklardan birini sizga taqdim etamiz. Nozik va yoqimli shirinlik kechki ovqatdan so'ng ajoyib desert o'rnini egallaydi. Tayyorlanish jarayoni esa juda ham oddiy.

Kerakli masalliqlar:

  • 300 gramm pechenya
  • 100 gramm saryog'
  • 2/3 stakan quyultirilgan sut
  • 3 osh qoshiq kakao kukuni
  • Yong'oq yoki martipan (bezash uchun)
  • 1 osh qoshiq konyak
Tayyorlash usuli:
1. Pechenyani go'sht maydalagich yoki blender yordamida non ushog'i holigacha maydalang.

2. Aloxida idishga quyultirilgan sut, saryog' va kakao kukunini birlashtiring.
3. Birlashtirilgan masalliqlarni shokolad pastasi kabi massa hosil bo'lgunga qadar aralashtiring va konyakni quying.
4. Shokoladli massaga ushoqlangan pechenyani soling va aralashtiring.
5. Massani avvaliga qoshiqda so'ng, esa qo'lingizda yaxshilab aralashtiring.
6. Tayyor massani 8-10 qismga bo'ling. Har bir qismga kartoshka shaklini bering. Shakar kukuni va kakao kukunini birlashtirib, aralashtiring. Kartoshkalarni shu aralashmaga yumalating.
7. Tayyorlangan kartoshka shirinligini 20 daqiqa muzlatgichda saqlang. So'ng, bezating va dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ajoyib desert: "Malika" torti

Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo...

Italyancha pechenya

Italya oshxonasining mashhur retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz. Juda ham nozik va og'izda erib ketuvchi ushbu pechenyaning tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bir olam quvonchni taqdim etadi. Dasturxon davrasida chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Malina-shokoladli tort

Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Nyu York chizkeyki

Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish