Pishirishsiz shokoladli chizkeyk

Pishirishsiz shokoladli chizkeyk
Pishirishsiz shokoladli chizkeyk


Chizkeyk deserti hattoki shirinlikni hush ko'rmaydiganlar uchun ham ma'qul desert. E'tiboringizga tez tayyorlanadigan, nozik va mazali chizkeyk retseptini taqdim etamiz. Dasturxon davrasida shirin suhbat va issiq choy bilan tanavvul qilish uchun ajoyib tanlov!

Kerakli masalliqlar:

  • 250 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
  • 200 gramm nutella
  • 100 gramm shakar
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 500 gramm tez ushoqlanadigan pechenya
  • 100 gramm saryog'
  • 250 gramm qaymoq
  • 50 gramm shokolad
Bezash uchun yalpiz bargi va qulupnoy mevasi (hohishga ko'ra)
Tayyorlash usuli:
1. Saryog'ni eriting. Pechenyani blender yordamida ushoqlang. 20 gramm eritilgan shokolad, yarim banka nutella, saryog', pechenyani birlashtiring. Aralashtiring.

2. Tayyorlangan massani pastki qismi ochiq qolipga, zichlab soling. Ushbu retsept kabi aloxida kichik qoliplarda tayyorlashingiz ham mumkin. Krem tayyorlangunga qadar qoliplarni muzlatgichga qo'ying.
3. Chizkeyk asosini tayyorlashga kirishing. Pishloqni shakar bilan aralashtiring. Qolgan nutella qismini soling. Qaymoqning yarim qismini ko'pirtirib soling. Barcha masalliqlarni blender idishida birlashtiring, o'rta tezlikda aralashtiring.
4. Tayyorlangan massani maxsus konditer qolipiga soling va qolipdagi korj ustiga chiqaring. Ushbu usul bilan desert yanada chiroyli va ishtaxa ochar ko'rinishga ega bo'ladi.

5. Tayyor desertni 1 soatga muzlatgichga qo'ying. Belgilangan vaqt o'tib, chizkeykni yalpiz bargi va qulupnoy mevasi bilan bezating.

6. Nozik va mazali desertni darhol issiq choy yoki qaxva bilan yaqinlaringizga taqdim eting.

Yoqimli ishtaxa!

Rogalik

Unni elab xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalaymiz. Yarim stakan suvga istemol sodasi bilan sirkani (uksus) o’ldirib, aralashtirib olamiz. So’ng un va sariyog’li aralashmaga oz ozdan xamir bo’lguniga qadar solib (xammasini solinmaydi), xamirimizni tayyorlab olamiz va sovutgichga damga qo’yamiz....

Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi resept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni nachinka bilan yoki nachinkasiz tayyorlash mumkin. Nachinka sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Bodom

Bodom  Bodomning achiq va chuchik turlari  mavjud. Abu Ali ibn Sino achiq bodomning urug'i va moyi yo'talda, astmada, o'pka silida qon tupirishda ishlatgan. Ishlatish uchun Achiq bodom yog'idan siqib yog'i olinadi va shu yog'dan bir choy qoshiqdan kuniga 3-4 maxal ovqatdan yarim soat oldin ichib turiladi. Moy (yog') olishni iloji bolmasa Achiq...

Kokosli keks

Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir! U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi....

Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Mazali krem ​​har doim tortning asosiga urg’u beradi, xoh u biskvit, qumoq yoki boshqa hamir turidan tayyorlangan bo’lsin. Quyida sizga tort uchun 5 ta eng ajoyib kremlar retsepti havola etiladi....

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    дилрабо кулдашева
    дилрабо кулдашева 10 июля 2020 06:55
    Салом видеоси билан курсатсангиз яхши боларди

Fikr qo'shish