Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam

Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam
Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam

Musaxon Nurmatov - Tobut mingan otam Текст песни

Yo‘lim to‘sma, yolg‘on dunyo,
Ketib olay, poyin tavof etib olay.
To‘xta, ey xalq, yetib olay,
Tobut mingan otam mening,
Hech topilmas donam mening.

Qoch, ey dunyo, tutma qo‘lim,
Yetar, shuncha to‘sding yo‘lim.
Mehrimga zor, mehri bo‘lim,
Tobut mingan onam mening,
Hech topilmas donam mening.

Dunyo dedim, ketdim uzoq,
Shon-obro‘ga qo‘ydim tuzoq. (x2)
Yoydek qaddi, sochlari oq, {x2}
Tobut mingan otam mening,
Hech topilmas donam mening. (x2)

Bir bormadim topib imkon,
Olib to‘rtta ming so‘mlik non. (x2)
Yo‘lim poylab, bergandur jon, {x2}
Tobut mingan otam mening,
Hech topilmas donam mening.

Bilmasamda farzlarimni,
Jim tinglar u arzlarimni.
Qanday to‘lay qarzlarimni? {x2}
Tobut mingan onam mening,
Hech topilmas donam mening. (x2)

U bo‘lmasa, bo‘larmidim?
Bu savlatga to‘larmidim? (x2)
Ko‘nglin olsam, o‘larmidim? {x2}
Tobut mingan otam mening,
Hech topilmas donam mening.

Bugun pushmon boshim yorar,
Ko‘ksim to‘kkan yoshim yorar.
Qabri tomon ketib borar,
Tobut mingan onam mening,
Hech topilmas donam mening.

Fikr qo'shish