Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - Fransuz shirinligi
Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi.

Kerakli masalliqlar:

  • 200 gramm saryog'
  • 1/2 choy qoshiq tuz
  • 440 gramm un
  • 8 dona tuxum
  • 500 gramm maskarpone
  • 200 ml qaymoq
  • 200 gramm shakar kukuni (vanilin kukuni bilan)
  • 400 gramm shakar
  • 10 ml laym sharbati
Tayyorlash usuli:
1. 500 ml suv quyilgan kastryulkaga tuz va saryog'ni soling. Olovga qo'ying, qaynash darajasigacha olib boring.
2. Olovdan oling, unni solib, asta-sekinlik bilan aralashtiring.
3. Xamir yengil idish devorida qoladigan, bir xil konsistensiyali massa kabi tayyorlanishi lozim.
4. Bir donadan tuxumni qo'shib aralashtiring. Har bir tuxumdan so'ng yaxshilab aralashtiring.
5. Tayyor xamir yumshoq va yopishqoq, shuning bilan birga o'z hajmini ushlab tura oladigan bo'ladi.
6. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga, maxsus konditer qopchasi yoki ikki choy qoshiq yordamida, yong'oq hajmida solib chiqing. Qoshiqni har bir xamirga solishdan avval suvuq suvga botiring. Bu hamir yopishmasligi uchun.
7. Bir pishirish qolipiga 28-35 dona sharcha sig'adi. Shuni unutmagan holda, orasidan masofa qoldirib soling.
8. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida, tilla rangga kirgunga qadar pishiring. Tayyor bulochkalarni krem bilan to'ldirishdan avval sovuting.
9. Krem uchun maskarpone, qaymoq va shakar kukunini birlashtirib, ko'pirtiring. Bulochkalarni krem bilan to'ldiring.
10. Tortni yig'ish uchun karamel kerak bo'ladi. Buning uchun: shakarni ozgina miqdorda suv bilan aralashtiring va jigarrang tusga kirguncha qaynating. Laym sharbatini quying.
11. Hajmini ushlab turuvchi tort yig'ish uchun karton qog'ozdan konus yasang. Falga qog'ozi bilan o'rang. Bulochkalarni karamelga botiring va konus atrofi bo'ylab terib chiqing.
12. Tayyor tortni hohishingizga ko'ra bezating. So'nggi bosqichda karamelni cho'zib, huddi ip o'ragandek bezating.
Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish