Turkcha biskvit

Turkcha biskvit
Turkcha biskvit


Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap.

Kerakli masalliqlar:

  • 1 stakan sut
  • 2-3 stakan o'simlik yog'i
  • 1 stakan shakar
  • 2 stakan un
  • 2 dona tuxum
Vanilin
  • 1 choy qoshiq qabartma
  • 1 osh qoshiq kakao kukuni

Ushbu retseptda diametri 24 sm bo'lgan pishirish qolipidan foydalanilgan.

Tayyorlash usuli:

1. Tuxum oqdan sariqlarini ajrating. Tuxum sariqlari va shakarni aralashtiring. O'simlik yog'i va isitilgan sutni quying va aralashtiring.

2. Kakao kukunini oz-ozdan sutli massaga solib, aralashtiring.

3. Qabartma, un va vanilinni birlashtiring va sutli massaga soling. Bir xil konsistensiya hosil bo'lgunga qadar aralashtiring.

4. Tuxum oqlarini oppoq, yengil, hajmini ushlab turuvchi massa holigacha ko'pirtiring. Sutli massa bilan birlashtiring. Juda ham extiyotkorlik bilan aralashtiring.

5. Pishirish qolipini saryog' bilan surting va un seping. Biskvit xamirini soling va tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiring.

6. Pishirish vaqti davomida hech ham gaz pechini ochmang. Belgilangan vaqt o'tib, biskvitni tish pichog'i bilan tekshiring.

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Momiq shirinligi

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So'ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo'yiladi....

Bodom

Bodom  Bodomning achiq va chuchik turlari  mavjud. Abu Ali ibn Sino achiq bodomning urug'i va moyi yo'talda, astmada, o'pka silida qon tupirishda ishlatgan. Ishlatish uchun Achiq bodom yog'idan siqib yog'i olinadi va shu yog'dan bir choy qoshiqdan kuniga 3-4 maxal ovqatdan yarim soat oldin ichib turiladi. Moy (yog') olishni iloji bolmasa Achiq...

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pechenya "Kivi"

Stol ustida bunday qiziqarli, hushbo'y va mazali pechenyalarni ko'rgan bolajonlar hayratdan lol qolishlari turgan gap. Aziz bekajonlar tez tayyorlanadigan mazali pechenyalarni tayyorlagan zaxotingizdayoq ular o'z-o'zidan g'oyib bo'lish hususiyatiga ham ega. Shu sababli pechenya retseptini saqlab qolishni unutmang!...

Kokos-bananli keks

Yaqinlaringizni hushbo'y va mazali shirinlik bilan mexmon qilmoqchimisiz? U holda e'tiboringizga nozik va mazali keks retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Paxlava

Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi....

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    iroda azimova
    iroda azimova 26 июля 2020 07:44
    judayam zo`r menga yoqdi

Fikr qo'shish