Zohid - Lablari g’uncha

Zohid - Lablari g’uncha
Zohid - Lablari g’uncha

Zohid - Lablari g’uncha Текст песни

Xayolimga kirib olding,
Tik qaratib ko‘zlaring.
Bir o‘zing, bitta o‘zing,
Takrorlanmas go‘zalim.

Ayt, nega nozlaring
Meni o‘ziga bog‘lab qo‘ydi?
Ayt, nega ko‘zlaring
Meni o‘ziga avrab qo‘ydi?

Qo‘ydi, qo‘ydi, qo‘ydi o‘g‘irlab,
Sevgi dardiga mani to‘g‘irlab.
Sochlari ortida mo‘ltillab,
Sevgisi bilan sehrlab.

Lab-lablari g‘uncha,
Chiroylisan buncha.
Boshidagi “obodok”ida gulcha,
Yarashib turadi buncha.

Shamol, shamol uchiradi sochlari,
Kamon, kamon, kamondir qoshlari.
Yaxshi ko‘rib qoldim, ko‘zlari munchog‘im,
Sani bir kun ko‘rmasam, tutadi xumorim.

Borim, sanda xayolim,
San mani koinotim, ko‘zlari olmosim.
To‘qqiz milliard odam orasidan topib qo‘ydim,
Sani yorim, diloromim,
Chiroyligim, mani qo‘g‘irchog‘im.

Qo‘ydi, qo‘ydi, qo‘ydi o‘g‘irlab,
Sevgi dardiga mani to‘g‘irlab.
Sochlari ortida mo‘ltillab,
Sevgisi bilan sehrlab.

Lab-lablari g‘uncha,
Chiroylisan buncha.
Boshidagi “obodok”ida gulcha,
Yarashib turar buncha.

Mehribonimsan o‘zing,
Betakrorimsan o‘zing.
Maftun bo‘ldim men senga,
Shu shahlo ko‘zlaringga.

Kel, seni baxtli etay,
Baxtim tengin bo‘lishay.
Teng yarmini ol, senga,
Yarmi qolsin menga.

Fikr qo'shish